Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №6 Tarix olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №6 InfoMaster Oktabr 22, 2024 478 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №6 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Samarqand shahrida qancha yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud? A) 40 dan ortiq B) 10 dan ortiq C) 70 dan ortiq 4 2 / 30 O‘rta asrlarda chetga dori-darmon, rangli shisha buyumlar, bo‘yoq chiqargan hudud Mirzo Ulug‘bek tomonidan qachon egallangan? A) 1414-yil B) 1425-yil C) 1413-yil 4 3 / 30 Quyidagilardan Franklar davlatida Buyuk Karl hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqeani toping. A) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi B) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi C) O‘g‘uzlar davlati qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketdi 3 4 / 30 O‘rta asrlarda Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo‘ysundirilgan davrda yuz bergan voqeani toping. A) Maderiya, Azor, Kanar orollari kashf etildi B) Oltin O‘rda ulus nomi bilan to‘rtta yirik viloyatga bo‘linib ketdi C) Germaniya Shimoliy dengizda raqobatchisi Daniya qiroliga zarba berdi 1 5 / 30 Qadimgi Italiya hududida yashagan etrusklar nima maqsadda yunon koloniyalari bilan kurash boshladi? A) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun B) Appenin yarimoroliga egalik qilish uchun C) Keng ko‘lamda qurilish ishlarini olib borish uchun 2 6 / 30 Quyidagilardan noto‘g‘ri javobni toping. A) “Husn-u dil” dostonida Raqib, Fasod, Nafs obrazlari salbiy sifatlar sifatida turli yovuzliklar timsoli qilib tasvirlanadi B) “Husn-u dil” asarida yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi C) “Qushlar munozarasi” asarida 12 ta qush o‘rtasidagi bahs tasvirlanadi 3 7 / 30 Fermopil jangining Ahamoniylar davlati uchun muhim bo‘lgan jihatini aniqlang. A) bu jangdan so‘ng forslar O‘rtayer dengiziga chiqishadi va Finikiyani egallashadi B) jangdan keyin forslar O‘rta Yunonistonga yetib borishadi va Afinani egallashadi C) makedoniyaliklarni o‘zlariga qaram qilishadi 3 8 / 30 9. Yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidasini xato ekanligini birinchi bo‘lib kim isbotlagan? A) Jordano Bruno B) hali fanda isbotlanmagan C) Nikolay Kopernik 2 9 / 30 Amir Temur davlatining tarkibiy tuzilishi harbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan bo‘lsa-da ... A) mamlakatdagi barcha boshqaruv mahalliy boshqaruvga asoslanib, yerli aholiga qoldirilgan B) jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi C) boshqaruv faqat qarindoshchilik udumlariga asoslangan edi 2 10 / 30 Afrikadagi Mali davlati nima uchun kuchsizlana borgan va qachon butunlay inqirozga uchragan? A) tashqi dushmanlar hujumi, ularning taxt uchun kurashining avj olganligi va XIV asrda B) feodallarning bir-biriga hujumi, taxt uchun kurashning avj olganligi va XIV asrda C) feodallarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi va XVII asrda 1 11 / 30 Temir davri bilan bog‘liq nomuvofiq javoblarni aniqlang. 1) temir buyumlarning ommalashuvi asta-sekinlik bilan davom etgan; 2) temir davri boshlarida Old Osiyo aholisi bir necha guruhlarga bo‘lingan edi; 3) temirdan birinchi bo‘lib foydalangan xalq Kichik Osiyolik xalqlar edi; 4) O‘rta Osiyoda temir buyumlarning tarqalishi mil. avv. XIV-XIII asrlarga to‘g‘ri keladi; 5) temir davrida ijtimoiy tizim taraqqiyotida hududiy qo‘shnichilik jamoasi shakllandi; 6) temir davrida ona urug‘i davridan ota urug‘i davrida o‘tildi; A) 2, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 3 12 / 30 XX asr boshlarida Fransiya temir rudasi qazib chiqarish bo‘yicha qaysi davlatlarni ortda qoldirdi? A) Rossiya va AQSH B) AQSH va Buyuk Britaniya C) AQSH va Germaniya 4 13 / 30 Rossiyada qaysi hukmdor davrida davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga chek qo‘yilgan? A) Ivan IV B) Yekaterina II C) Pyotr I 3 14 / 30 Andijon qaysi davrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markaziga aylangan? A) XVI asrdan boshlab B) XV asrdan boshlab C) XVII asrdan boshlab 3 15 / 30 1556-yilda Sirdaryonining quyi etagiga ko‘chib kelgan qoraqalpoqlar qaysi xonlik tarkibiga kirgan? A) qozoqlarning O‘rta Juz xonligi B) No‘g‘ay xonligi C) qozoqlarning Kichik Juz xonligi 3 16 / 30 Quyidagi ma’lumotlardan noto‘g‘ri javobni aniqlang. A) Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘ladigan sabablar bo‘lgan. Bu sabablar – o‘z davlati chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini kengaytirish edi B) Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Fors, Ozarbayjon, Iroq, Suriya hududlariga uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlarni amalga oshiradi C) Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo‘lgan. Boyazid qoraqo‘yunlar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada 1402-yilda ikki davlat o‘rtasida urush boshlanadi. Bu jangdagi Amir Temurning g‘alabasi Rus knyazliklarining birlashishlari uchun buyuk ahamiyat kasb etadi 3 17 / 30 “Jorulloh” nomi bilan mashhur alloma yurtida davlat chegarasi janubi g‘arbda qayergacha borgan? A) Iroq B) Badaxshon C) Marv 3 18 / 30 Eronda qaysi shoh davrida demokratik harakatlar ta’siri ostida zamindor zodogonlarning nafaqasi qisqartirilgan va feodal zamonga xos unvonlari bekor qilingan? A) Muhammad Alishoh B) Shoh Muzaffariddin C) Abdulhamid II 3 19 / 30 O‘rta asrlar tarixi bilan bog‘liq noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Xristian katolik cherkovi homiyligida bo‘lgani uchun Muqaddas Rim imperiyasiga “muqaddas” nomi berilgan B) Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida Itil (Volga) daryosi havzasida yashagan turkiy bulg‘or qabilasi janubga ko‘chib, hozirgi Bolqon yarimorolidagi Bolgariyaga borib joylashgan C) Konstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan 4 20 / 30 “Yilnomalar to‘plami” asari muallifini aniqlang A) Muhammad Hakimxon B) Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy C) Mir Olim Buxoriy 2 21 / 30 Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlaridan qaytmagan o‘zbek yozuvchi va shoirlarini aniqlang. A) Usmon Nosir, Oybek, G‘afur G‘ulom B) Obidjon Abdurahmonov, Sulton Jo‘ra, Burhon Tursunov C) Mirtemir, Turob To‘la, Mirmuhsin 3 22 / 30 Amerikada birinchi manufakturalar qachon paydo bo‘ldi? A) XVIII asrning ikkinchi yarmida B) XVIII asrning birinchi yarmida C) XVII asrning birinchi yarmida 1 23 / 30 Yurtimizda F. Xo‘jayev tavalludining 100 yilligi qachon nishonlangan? A) 1994-yil B) 1996-yil C) 2002-yil 3 24 / 30 Quyidagi qaysi javob Livan davlati tarixi bilan bog‘liq? A) Feysalning obroʻsi ortib borib, Eron bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi B) Jahonda aniqlangan neft zaxiralarining 1/4 qismi shu yerda joylashgan edi C) 1975-yil falastinlik jangarilar bilan xristianlar otryadlari oʻrtasidagi toʻqnashuv fuqarolar urushini boshlab berdi 3 25 / 30 Londondagi Tauer ko‘prigining qurilishi tugallangan yilda sodir bo‘lgan voqeani toping. A) Avstriyada hukumat tomonidan ishchilar harakatiga qarshi “Favqulodda qonun” joriy etildi B) R. Dizel tomonidan yonilg‘i siqilganida o‘z- o‘zidan alangalanib ketadigan yangi dvigatel yaratiladi C) Rossiya imperiyasi tomonidan Kushka shahri egallandi 1 26 / 30 Kim Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga raxna solish siyosatini tutdi? A) G‘iyosiddin B) O‘zbek C) Malika Xotun 1 27 / 30 1992-yildagi referendum natijasiga ko‘ra, qaysi mamlakat aholisi bo‘linishga qaror qildi? A) Serbiya-Chernogoriya B) Bosniya va Gersogovina C) Chexoslovakiya 4 28 / 30 Qaysi javobda Afg‘oniston hukmdori Abdurahmon boshqaruvi davrida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘ri berilgan? 1) mamlakatda yagona pul birligi joriy etildi; 2) yagona soliq joriy etildi; 3) mamlakat uchun bir xil tosh-tarozi joriy qilindi; 4) chet el savdosi uchun boj to‘lovlarini oshirdi; 5) mamlakat uchun yagona uzunlik o‘lchovlari joriy etildi; 6) mamlakatni yangi konstitutsiyasini qabul qildi. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 3 29 / 30 Ma’lumki, Xiva xonligi tashkil topgan davrda uning hududi katta bo‘lmagan. Xonlik hududi ... o‘z ichiga olgan. 1) g‘arbda; 2) shimolda; 3) janubda. Orol dengizi havzasini; b) Kaspiy dengizini; c) Atrek daryosi hamda Saraxs atrofigacha bo‘lgan hududini. A) В) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a 3 30 / 30 Buxoro xonligida harbiy qo‘shin qismlari (bo‘linmalari) va ularning harbiy yurishlar vaqtidagi vazifalari o‘zaro to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang.1)chanoh; 2) katta va kichik g‘ullar; 3) manglay; 4) tug‘chi. a)dushman tomonidan asir olib kelish; b) davlat bayrog‘ini qo‘riqlash; c) qo‘shinning qalb qismini dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash; d) qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlash; e) Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilish. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e B) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b C) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6