9-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 5-noyabr:

2023-2024 o’quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

9-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 5-noyabr:

2023-2024 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Dala qirqbo‘g‘imining hayot siklida sporadan (a) va zigotadan (b) nima rivojlanadi.

2 / 30

2. Qubba (a), sporangiy (b) va meva (c) kabi organlarga ega bo‘lgan o‘simliklar mos holatda to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) sekvoyadendron; 2) xolmon; 3) riniya; 4) karrak; 5) chinor; 6) qora qarag‘ay; 7) oqqayin; 8) sharq sauri; 9)dala qirqbo‘g‘imi; 10) ginkgo biloba; 11) suv qirqqulog‘i; 12) tangao‘t

3 / 30

3. Chayonning o‘rgimchaklardan farq qiluvchi (a) va o‘xshash (b) belgilarini ko‘rsating.
1 ) oyoq paypaslagichlarning qisqichga aylanishi;
2) to‘rt juft yurish oyoqlarining mavjudligi;
3) po‘st tashlab o‘sishi;
4) faqat o‘pka orqali nafas olishi;
5) o‘pka va traxeya orqali nafas olishi.

4 / 30

4. Odamlarda I qon guruhi IOIO, II qon guruhi IAIA, IAIO, III qon guruhi IBIB, IBIO, IV qon guruhi IAIB holda ifodalanadi. Gomozigota III qon guruhiga ega ayol I qon guruhli erkakka turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug‘ilgan farzandlarning qonida qanday moddalar bo‘lmaydi?
a) agglyutinogen B; b) agglyutinogen A; c) agglyutinin α; d) agglyutinin β

5 / 30

5. Ushbu shajarada retsessiv belgining irsiylanishi ko‘rsatilgan. III-3 va III-4 juftligida kasal bola tug‘ilish extimolini toping.

(Javobni quyidagicha kriting. Masalan: 5,5 )

6 / 30

6. 38400 molekulyar og‘irlikdagi oqsil sintezlashda i-RNKning 20% ishtirok etmagan bo‘lsa, oqsil sintezida ishtirok etgan DNK dagi jami nukleotidlar sonini toping. (oqsildagi bitta aminokislota og‘irligi 120)

7 / 30

7. Odamda oshqozon osti bezidan (a) va oshqozon shilliq pardasidan (b) ajraladigan fermentlarni aniqlang.

8 / 30

8. Ona va ishchi asalarilarning erkak asalaridan farq qiluvchi umumiy belgilarini ko‘rsating? 1) nishtarga ega; 2) og‘iz apparati yaxshi rivojlanmagan; 3) urug‘langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 4) mo‘ylov va ko‘zlari yaxshi rivojlangan; 5) kemiruvchi - so‘ruvchi og‘iz apparati yaxshi rivojlangan; 6) nisbatan yirik.

9 / 30

9. Suv qirqqulog‘i tushunchasi bilan mantiqiy bog‘liq bo‘lmagan atamalarni aniqlang. 1) urug‘; 2) ildiz; 3) ikki jinsli gametafit; 4) sporafill; 5) poya va barg; 6) arxegoniy; 7) urug‘kurtak; 8)endosperm; 9) anteridiy; 10) zigota; 11) spora beruvchi boshoq; 12) sporali meva

10 / 30

10. Nuqtalar o‘rniga mos javobni toping. Arteriya qon tomiri venalardan farq qilib……. 1) yurakka qon olib keladi; 2) embrionning mezoderma qavatidan rivojlanadi; 3) yurakdan qon olib ketadi; 4) devori uch qavatdan iborat; 5) qon bosimi baland

11 / 30

11. Odamning diafragma muskuli haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating. 1) somatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi; 2) diafragmaning pastga tushishi diafragma muskulining qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi; 3) nafas chiqarish jarayonida diafragma pastga tushadi; 4) joylashuviga ko‘ra ko‘krak qafasi muskullari guruhiga kiradi; 5) orqa miya ko‘krak segmenti oldingi shoxidan chiqqan nerv tomonidan boshqariladi; 6) vegetativ nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.

12 / 30

12. Agar o‘simlikda hosil bo‘lgan mikrosporalarning 40% idan chang hosil bo‘lib, changning 50%i urug‘lanishda qatnashgan bo‘lsa hamda o‘simlikda 160 ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa, shu jarayonda ishtirok etgan changdondagi birlamchi jinsiy hujayralar sonini toping.

13 / 30

13. Agar meyoz natijasida hosil bo‘lgan hujayrada 12 ta xromosoma bo‘lsa, shu jarayon interfaza bosqichining G2 davrida hujayrada nechta xromatidalar bo‘lgan?

14 / 30

14. Qoramollarda shoxsizlik geni shoxlilik geni ustidan, qora rang geni qizil rang geni ustidan dominantlik qiladi. Agar ikkala belgi bo‘yicha geterozigotali shoxsiz buqa va sigirlar chatishtirilganda nazariy jihatdan 448 ta buzoq olinsa, ulardan qanchasi ikki belgi bo‘yicha gomozigotali bo‘ladi?

15 / 30

15. Yuksak o‘simliklardagi jinsiy ko‘payish bilan bog‘liq jarayon to‘g‘ri berilgan javobni toping.

1) qirqquloqning soruslarida sporalarning yetilishi;
2) funariyada xaltasimon anteridiyning vujudga kelishi;
3) sershox qirqbo‘g‘imda murtakdan sporofitning hosil bo‘lishi;
4) suv qirqqulog‘ining sporali mevasida har xil sporalarning hosil bo‘lishi;
5) Sharq saurida qubbamevaning shakllanishi; 6) qirqquloqlarda yuraksimon gametofitning rivojlanishi;
7) dala qirqbo‘g‘imining sporofillida sporangiyning joylashuvi;
8) yo‘sinlarda kolbasimon arxegoniyning paydo bo‘lishi.

16 / 30

16. O‘rdakburun va o‘rdak uchun umumiy bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) kloakali hayvon; 2) g‘ozsimonlar turkumi vakili; 3) tuxum qo‘yib ko‘payadi; 4) tumshug‘i muguzdan iborat; 5) urug‘lanish jarayoni ichki; 6) bolasini sut bilan boqadi; 7) dumg‘aza bezlaridan ajralgan suyuqlik bilan patini yog‘laydi; 8) oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor; 9) jo‘jasining ko‘zi ochiq, pat bilan qoplangan bo‘ladi.

17 / 30

17. Norka (a) va turna (b) ga tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
1) issiq qonli organizm;
2) diafragmaga ega;
3) ilik suyagi mavjud;
4) diafragmaga ega emas;
5) miyachada burmalari mavjud;
6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega;
7) tirik bola tug‘adi

18 / 30

18. Ekologik piramida bug‘doy, chigirtka, kaltakesak va lochin tashkil etadi. Agar lochin ozuqasidagi uglevod 25 % bo‘lib, undan ajralgan energiya miqdori 1320 kJ ni tashkil etsa, bug‘doyning massasini hisoblang (kg).

19 / 30

19. Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang.
1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi;
2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi;
3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi;
4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi;
5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi;
6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi;
7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi;
8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi.

20 / 30

20. Ota va o‘g‘ildagi ma’lum bir DNK fragmentlari solishtirilganda, fragmentlar uzunligi teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Otaning mazkur fragmentida 412 ta nukleotid mavjud va ulardan 252 tasi G-C juftligiga tegishli ekanligi aniqlandi. O‘g‘ilning mazkur fragmentida A-T juftligi otasinikidan 1,1 marta ko‘pligi ma’lum bo‘lsa, o‘g‘ildagi mazkur fragmentda nechta vodorod bog‘ mavjud ekanligini aniqlang.

21 / 30

21. O‘simliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.

22 / 30

22. Sichqonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.

23 / 30

23. Odam organizmida venoz qon harakatida ishtirok etadigan qon tomirlarini belgilang. 1) pastki kovak vena; 2) yuqorigi kovak vena; 3) buyrak darvozasidan kiruvchi qon tomir; 4) o‘pka arteriyasi; 5) o‘pka venalari; 6) tojsimon arteriya.

24 / 30

24. Daryo qisqichbaqasining hamda butli o‘rgimchakning umumiy bo‘lgan jihatlarini ko‘rsating. 1) bir juft yuqori jag‘larining bo‘lishi; 2) ikki juft pastki jag‘larining bo‘lishi; 3) bir juft pastki jag‘larining bo‘lishi; 4) uch juft teshikka ega bo‘lgan yurakning boshko‘krak bo‘limida joylashganligi; 5) yurak devoridagi uch juft teshik orqali qonning o‘tishi; 6) 4 juft oyoqlari yordamida harakatlanishi; 7) postembrional davrda tullash jarayonining kuzatilishi; 8) hid va ta’m bilish a’zolari – mo‘ylovlarining mavjudligi.

25 / 30

25. Quyidagi o‘simliklarga xos ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang.
1) to‘pguli murakkab;
2) poyasi yog‘ochlashgan;
3) ko‘p yillik o‘simlik;
4) bargi oddiy;
5) guli to‘g‘ri;
6) chatnaydigan mevaga ega;
a)terakbargli liftok; b) rediska; c) shirinmiya

26 / 30

26. Vertisill mansub organizmlar guruhini qanday fan o‘rganadi?

27 / 30

27. Jadvalning ikkinchi qatoridagi ma’lumotdan foydalanib, jadvalning birinchi qatoridagi bo‘sh o‘rinni to‘ldiring.

(Javobni lotin alifbosida kichik harflarda yozing)

7 characters chapga

28 / 30

28. Diploid navli bug‘doyning (2n=14) 96ta birlamchi jinsiy hujayrasidan hosil bo‘lgan spermiylarning ma`lum qismi urug‘lanishda qatnashdi. Urug‘lanishda qatnashmagan spermiylardagi xromasomalar soni, urug‘lanishda qatnashgan spermiylardagi xromasomalar sonidan 2688taga ko‘p bo‘lsa, tuxum hujayrani urug‘lantirgan spermiylar sonini aniqlang.

29 / 30

29. Jadvalning birinchi qatoridagi ma’lumotdan foydalanib, jadvalning ikkinchi qatoridagi bo‘sh o‘rinni to‘ldiring.

(Javobni lotin alifbosida kichik harflarda yozing)

7 characters chapga

30 / 30

30. Suzgich pufagiga ega bo‘lgan hayvonlar (a) va havo xaltachalariga ega bo‘lgan hayvonlar (b) to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0