11-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 11-noyabr:

2023-2024 o’quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

11-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 9-noyabr:

2023-2024 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

Allopatrik yo‘nalishida turlar paydo bo‘lishiga doir misollarni aniqlang. 1) qirg‘ovul kenja turlari; 2) xrizantemaning poliploid turlari; 3) Afrika va Hindiston fillari; 4) Amudaryo va Missisipi daryolaridagi soxta kurakburun baliq turlari; 5) olcha va tog‘olchaning duragayi – olxo‘ri turi

2 / 30

Quyida berilgan ozuqa zanjiri asosida tulkilar populyatsiyasidagi individlar sonini aniqlang (bitta tulkining vazni 10 kg).

3 / 30

Kakku (a) va ko‘l baqasi (b) ning embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) ikkinchi marta ekvatorial bo‘linishdan so‘ng 32 ta blastomer hosil bo‘ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) uchinchi marta meridional bo‘linishdan so‘ng 8 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo‘lishi bilan tugallanadi.

4 / 30

Edvards sindromida 18-xromosoma trisomiyasi kuzatiladi. Trisomiya-E sindromi bilan tug‘ilgan qiz bolaning somatik hujayrasida mitozning metafaza bosqichida autosoma xromosomalari (a), jinsiy xromosomalar (b) va jami xromatidalar sonini (c) aniqlang.

5 / 30

Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javoblarni tanlang. Plastidalar mitoxondiyalar singari….. 1) tarkibida DNK uchraydi; 2) ATF sintezini amalga oshiradi; 3) barcha prokariot va eukariot organizmlarda uchraydi; 4) tashqi va ichki membranlari mavjud; 5) boshqa organoidlar hisobiga hosil bo‘lishi; 6) ko‘p energiya sarflaydigan hujayralarda ko‘p uchrashi,

6 / 30

Retrotranspozonlarga tegishli bo‘lgan xususiyatni aniqlang.

7 / 30

Gametogenez jarayonining qaysi bosqichlarida meyoz (a) va mitoz (b) bo‘linishlar kuzatiladi?

8 / 30

Ma’lum bir hujayrada mitozning anafaza davrida 9-, 10- va 13-juft xromosomalar chap qutbga tarqalmay qoldi. Shu hujayraning o‘ng qutbdan hosil bo‘lgan hujayrada xromosomalar soni 63 bo‘lsa, u holda dastlabki hujayraning profaza davridagi autosomalar sonini aniqlang.

9 / 30

Oqsil funksiyalariga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 1) EcoR I restriktazasi DNK molekulasini “yopishqoq” uchlar hosil qilib kesadi; 2) EcoR I restriktazasi DNK molekulasini “to‘mtoq” uchlar hosil qilib kesadi; 3) iskabtopar qonida gemosianin O2 va CO2 ning transportini ta’minlaydi; 4) siklop qonida gemosianin O2 va CO2 ning transportini ta’minlaydi; 5) tubulin oqsili hujayraning sitoskelet elementlarini hosil qiladi.

10 / 30

Qorabayr va Hisor zotlarining o‘zaro o‘xshash (a) va farqli (b) jihatlarini aniqlang. 1) toq tuyoqlilar turkumiga mansub; 2) yuragi to‘rt kamerali; 3) ixtisoslashgan tishlarga ega; 4) oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 5) ko‘richak o‘simtasi juda uzun; 6) juft tuyoqlilarga mansub; 7) qoziq tishlari kuchli rivojlangan; 8) karkidon bilan bitta turkumga mansub; 9) oshqozonida mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar yashaydi; 10) ikkita siydik yo‘lining qovuqqa ochilishi

11 / 30

Ekologik piramida fitoplankton, zooplankton, baliq va pingvindan iborat. Piramida asosi 1 tonna va uning tarkibida 30% oqsil mavjud bo‘lsa, pingvin tanasidagi oqsildan ajralgan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.

12 / 30

Tut ipak qurtining “uyqu” davriga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) lichinkalik davrida amalga oshadi; 2) g‘umbaklik davrida kuzatiladi; 3) ontogenezida bir marta sodir bo‘ladi; 4) ontogenezida bir necha marta sodir bo‘ladi; 5) tullaydi; 6) o‘sadi; 7) yangi organlari paydo bo‘ladi; 8) organogenez amalga oshmaydi; 9) oziqlanmaydi, harakatlanadi; 10) oziqlanadi, harakatlanmaydi.

13 / 30

Ko‘p hujayralilarning jinssiz ko‘payishini aks ettiruvchi jarayonlarni aniqlang.

14 / 30

Xromosoma obberatsiyasi natijada DNK ma’lum bir qismi (15%) yo‘qotildi. Yo‘qotilgan qismi 138 ta aminokislotani sintezlangan bo‘lsa, dastlabki xromosoma DNK sidagi dezoksiriboza molekulalari sonini aniqlang.

15 / 30

Rangni ajrata olmaslik kasalligiga chalingan ayol (onasi va akasi rangni normal ajrata oladi) sog‘lom erkakka turmushga chiqdi. Ushbu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang.

16 / 30

DNK tarkibda umumiy 500 ta vodarod bog‘i mavjud. DNK ning uzunligi 68 nm ga teng bo‘lsa, quyidagi qaysi tenglik ushbu DNK ga mos keladi?

17 / 30

Yosh seleksioner tajriba maydonida digomozigota sariq silliq no‘xat bilan yashil burushgan no‘xatni chatishtirdi. F2da 3120 ta no‘xat olindi. Ularning 1745 tasi sariq silliq, 605 tasi sariq burushgan, 580 tasi yashil silliq, 190 tasi yashil burushgan bo‘ldi. Nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan sariq silliq no‘xatlarning tajribada olingan sariq silliq no‘xatlardan farqini toping.

18 / 30

Olxo‘ri o‘simligining changdonidagi 80 ta diploid to‘plamli hujayra gametalar hosil qilishda ishtirok etdi. Agar o‘simlikda 128 ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan spermiylarning necha foizi markaziy hujayralarni urug‘lantirishda qatnashgan?

19 / 30

Erkakning otasi daltonizm bo‘yicha sog‘, onasi esa daltonizm bilan kasallangan. Shu erkak somatik hujayrasining mitoz sikli metafaza bosqichida D (I) va d (II) allellari sonini aniqlang.

(Javobni quyidagicha kriting: 1;2)

20 / 30

Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi urug‘chisida arxeosporaning meyoz bo‘linishini anafaza I bosqichida mutatsiya tufayli 2- va 6- juft gomologik xromosomalar tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa va shu qutbdan yirik hujayra rivojlansa, hosil bo‘lgan murtak xaltadagi hujayralardagi jami xromosomalar sonini aniqlang.

21 / 30

Sxemadan foydalanib, yorug‘likning ko‘chatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsata boshlagan darajasini aniqlang.

22 / 30

Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a) bezgak paraziti; b) uy pashshasi

23 / 30

Urug‘lanish ona organizmida ketuvchi (a) va embrional rivojlanish tashqi muhitda boruvchi (b) issiqqonli organizmlarni ko‘rsating. 1) qorayaloq; 2) o‘rdakburun; 3) triton; 4) ko‘rgalak; 5) zog‘ora baliq; 6) kvaksha; 7) kabarga; 8) morj; pingvin; 10) manta; 11) qum bo‘g‘ma iloni; 12) gekkon.

24 / 30

Hayvon hujayrasida glukoza to‘liq va chala parchalandi. Shu vaqtda o‘simlik xloroplastida ATF hosil bo‘ldi. Agar o‘simlik plastidasida hosil bo‘lgan ATF glukozaning chala parchalanishida hosil bo‘lgan ATF dan 2 marta katta, to‘liq parchalanishida hosil bo‘lgan ATF dan 2 marta kichik bo‘lsa, mazkur jarayondagi aerob sharoitda hosil bo‘lgan ATF miqdorini (mol) aniqlang. (Jami hosil bo‘lgan ATF molekulalari soni 133 ta).

25 / 30

Odam organizmida moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning siydik ayirish organlari orqali chiqib ketish ketma-ketligini to‘g‘ri aniqlang. 1) buyrak jomi; 2) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi bo‘shlig‘i; 3) buyrak arteriyasi; 4) Malpigi chigali; 5) Genle halqasi; 6) yig‘uvchi naychalar; 7) birlamchi ilonizi naycha; 8) buyrak venasi; 9) kosachalar; 10)ikkilamchi ilonizi naychalar; 11) so‘rg‘ichlar; 12) siydik yo‘li; 13) so‘rg‘ich naychalari.

(Javobni quyidagicha kriting: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13)

26 / 30

Rasmda berilgan meva turiga ega o‘simliklarni aniqlang. 1) yantoq; 2) bodring; 3) turp; 4) bug‘doy; 5) shirinmiya

27 / 30

To‘g‘ri fikrni aniqlang. Odamda yurakning chap qorinchasidan qon …..

28 / 30

Gomologik organlar keltirilgan to‘g‘ri javobni aniqlang.

29 / 30

Avtotrof organizmlarni aniqlang.

30 / 30

Tajriba maydonlarining birida oddiy g‘o‘za, qalampir va jaydari g‘o‘za, yana bir boshqa tajriba maydonchasida esa karam, Misr g‘o‘zasi va Meksika g‘o‘zalari o‘stiriladi. Bu tajriba maydonlarida jami nechta populyatsiya (a) va nechta tur (b) mavjud ekanligini aniqlang.

(Javobni quyidagicha kriting: 1;2)

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0