Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №13 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №13 InfoMaster May 1, 2024 50 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №13 15-20-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 1-variant 1 / 25 SSSR va Germaniya o’rtasida 10 yil muddatga o’zaro urush qilmaslik to’g’risidagi Molotov- Ribbentrop pakti imzolangan sanani aniqlang. A) 1938-yil 25-noyabr B) 1940-yil 27-sentabr C) 1939-yil 23-avgust D) 1939-yil 28-sentabr 2 / 25 Maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushida qancha kishi halok bo’lgan? A) 60-65 mln B) 50-55 mln C) 110 mln D) 48-50 mln 3 / 25 Sovet Ittifoqi o’z hududini to’liq ozod qilib, Sharqiy Yevropaga kirib kelgan yilni aniqlang. A) 1944-yii B) 1942-yil C) 1943-yil D) 1945-yil 4 / 25 1938-yil 29-sentabrda Myunxen kelishuviga ko’ra ... A) Yaponiya, Italiya va Germaniya o’rtasida sulh tuzilib, Uchlar Ittifoqi tuziladi B) Chexoslovakiyaning kaputilatsiyasi rasmiylashtirilib, Sudet viloyati Germaniyaga o’tkaziladi C) Finlyandiyaning Kareliya bo’g’ozi Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritiladi D) Polshaning Gdansk shahri Germaniya ixtiyoriga o’tkaziladi 5 / 25 Sovet-fin urushi natijalariga ko’ra, ... A) Rossiya Millatlar Ligasidan chiqarildi B) Bessarabiya va Shimoliy Bukovina Sovet davlatiga o’tdi C) Litva, Latviya va Estoniya Sovet respublikalariga aylantirildi D) Kareliya bo’g’ozi Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o’tdi 6 / 25 Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida gitlerchiiarga qarshi koalitsiya davlatlarining o’zaro munosabatlariga oid asosiy masalalar SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya liderlari uchrashuvlarida hal etilgan. Urush davomida bunday uchrashuvlar o’tkazilgan joy nomlarini, ular bo’lib o’tgan tarixiy sanalar bilan muvofiqlashtiring. 1) Potsdam 2) Qrim (Yalta) 3) Tehron a) 1945-yil iyul-avgust; b) 1945-yil fevral; c) 1943-yil; A) 1-b, 2-a, 3-c; B) 1-a, 2-c, 3-b; C) 1-b, 2-c, 3-a; D) 1-a, 2-b, 3-c; 7 / 25 Urush yillarida front oldi hududlardan qancha aholi vakillari O’zbekistonga ko’chirilgan va ularning qancha qismi bolalar edi? A) 800 mingdan ortiq, 300 mingdan ortig’i B) 1 mln. dan ortiq, 100 mingdan ortig’i C) 1 mln. dan ortiq, 200 mingdan ortig’i D) 2 mln. dan ortiq, 100 mingdan ortig’i 8 / 25 “Atlantik xartiya” qachon imzolangan edi? A) 1942-yil oktabrda B) 1941-yil aprelda C) 1943-yil sentabrda D) 1941-yil avgustda 9 / 25 Ikkinchi jahon urushi armiyalari saflariga jami qancha odam safarbar etilgan? A) 65 mln B) 110 mln C) 80 mln D) 67 mln 10 / 25 Qaysi voqeadan so’ng antigitler kaolitsiya davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so’zsiz ustunlikka erishdilar? A) AQSh urushga qo’shildi B) Yaponiya Uchlar ittifoqi koalitsiyasini tark etdi C) SSSR armiyasining o’zini o’nglab olib yana hujumga o’tdi D) Fashistlar tomonidan bosib olingan o’lkalarda Qarshilik harakatlarining avj ola boshladi 11 / 25 Germaniya va SSSR o’rtasidagi do’stlik shartnomasiga ko’ra qaysi davlat jahon xaritasidan butunlay o’chirib tashlanadi? A) Chexoslovakiya B) Polsha C) Norvegiya D) Finlyandiya 12 / 25 “Atlantik xartiya” qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan edi? A) Fransiya va Buyuk Britaniya B) Buyuk Britaniya va AQSh C) Buyuk Britaniya va Rossiya D) AQSh va Rossiya 13 / 25 Ikkinchi jahon urushi davrida tuzilgan “Uchlar ittifoqi” shartnomasiga qaysi davlatlar qo’shilgan edi? A) Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya, AQSh B) Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Chexoslovakiya C) Germaniya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Avstriya, Bolgariya D) Germaniya, Yaponiya, Italiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Slovakiya 14 / 25 Ikkinchi jahon urushining davr chegarasini aniqlang. A) 1939-yil 1-sentabrdan 1945-yil 2-sentabrgacha B) 1939-yil 1-sentabrdan 1945-yil 9-maygacha C) 1939-yil 1-avgustdan 1945- yil 6-sentabrgacha D) 1940-yil 22-iyundan 1945- yil 2-sentabrgacha 15 / 25 Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qilgan sanani toping. A) 5-sentabr B) 3-sentabr C) 9-sentabr D) 2-sentabr 16 / 25 Italyan-German qo’shinlari tomonidan zabt etilgan hududlardagi milliy-vatanparvar kuchlari birlashgan “Ozod Fransiya” qarshilik harakati tuzilgan bo’lib, unga kim rahbarlik qilgan edi? A) E. Dalade B) Delatr de Tassini C) Pol Reyno D) general de Goll 17 / 25 Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag’lubiyati uchun o’ch olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan urush partiyasini aniqlang. A) 1933-yil iyulda Ispaniyada hukumat asosiy o’mini egallagan Ispan falangasi B) 1923-yil noyabrda Germaniyada davlat to’ntarishi o’tkazgan Telman rahbarligidagi kommunistiar partiyasi C) 1922-yil oktabrda Italiya hukumati tepasiga kelgan Benito Mussoli boshchiligidagi fashistlar partiyasi D) 1933-yil yanvarda Germaniyada hokimiyatga kelgan Adolf Giler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi 18 / 25 Ikkinchi jahon urushi davrida Yugoslaviyaning ozodlik harakati boshlig’i kim edi? A) G. Dumerg B) Pol Reno C) I. Broz Tito D) E. Dalade 19 / 25 Avstriya anshlyus qilingandan so’ng Germaniya ni bosib olishga tayyorlana boshladi. A) Polsha B) Daniya C) Chexoslovakiya D) Fransiya 20 / 25 Germaniya 1941-yilning 22-iyunida ... A) Buyuk Britaniyaga qarshi havo hujumini boshladi B) Gretsiyani bosib olib, O’rtayer dengiziga chiqdi C) Yugoslaviyani bosib oldi D) Sovet davlatiga hujum qildi 21 / 25 I. Stalinning urush davomida keltirib chiqargan eng yirik xatosini ko’rsating. A) Tinch okeani havzalari Yaponiyaga qarshi hammadan avval urush boshlab yuborishi B) Germaniya bilan imzlongan do’stlik shartnomasi C) Germaniyaning 1941- yil 22-iyunda SSSR hududiga to’satdan hujum qilishi D) Amerika-ingliz “Atlantik xariyasi”siga qo’shilishi 22 / 25 Ikkinchi jahon urushi davomida bo’lib _ o’tgan quyidagi janglardan qay biri nemis qo’shinlarining urushdagi dastlabki jiddiy mag’lubiyatga uchrashi sifatida qabul qilinadi? A) 1941-yilda Moskva ostonalaridagi jang B) 1940-yilda Jazoir hududidagi jang C) 1941-yilda Oder-Neyse daryolaridagi jang D) 1943-yilda Kursk yonidagi jang 23 / 25 Germaniyaning sovet davlatiga qarshi urush rejasi nima deb atalgan? A) “Vezeryubung” B) “Barbarossa” C) “Dengiz sheri” D) “Gelb” rejasi 24 / 25 1940-yil martda .... A) SSSR va Finlyandiya o’rtasida sulh tuziladi B) AQSh va Buyuk Britaniya o’rtasida urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to’g’risida deklaratsiya imzolanadi C) Fransiya nemis qo’shinlari tomonidan butunlay egallandi D) Sovet qo’shinlari Polsha hududlariga bostirib kirdilar va polyaklarning ancha qismi zabt etiladi 25 / 25 Rossiya Millatlar Ligasidan nima sababdan chiqarib yuborildi? A) Sovet davlati Ruminiyadan Bessarabiyani zudlik bilan qaytarishni va Shimoliy Bukovinani berishni talab etganligi uchun B) Rossiyaning Boltiqbo’yi respublikalariga Sovetlarning harbiy kuchlarini kiritishga rozilik berish talab etilgan ultimatumni topshirganligi uchun C) Germaniya bilan hujum qilmaslik to’g’risida 10 yillik shartnoma tuzganligi uchun D) Sovet armiyasining Finlandiyaga hujum qilganligi uchun 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz