Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №12 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №12 InfoMaster May 1, 2024 84 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223 10-sinf Jahon tarixi №12 11-14-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 4-variant 1 / 23 Liviyada qarshilik harakati otryadlari harakati bostirilgan yilni aniqlang. A) 1931-yil B) 1936-yil C) 1933-yil D) 1934-yil 2 / 23 Eronda ayollarga chodra yopinib yurishini bekor qilgan(a) va qaytadan joriy qilgan(b) davlat rahbarlarini aniqlang. 1) Oyatilloh Humayniy 2) Muhammad Zohirshoh 3) Rizoxon 4) Muhammad Dovud A) a- 3 , b- 1; B) a- 2, b- 1 ; C) a - 3 , b- 4 ; D) a - 3, b- 2; 3 / 23 Panafrika harakatining ko’zga ko’ringan arboblari, panafrikanizmning “ota”lari hisoblangan tarixiy shaxslarni ko’rsating.1) Silvestr Uilyam 2) Markus Garvi 3) Habib Burg'iba 4) Uilyam Dyubua A) 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 1 , 3 4 / 23 “Sovuq urush” yillarida AQShning “Marshall rejasi”ga kiritilgan, NATOga a’zo bo’lgan, tom ma’noda G’arbning iqtisodiy va moliyaviy yordamiga erishgan Osiyo mintaqasidagi davlatni aniqlang. A) Eron B) Hindiston C) Yaponiya D) Turkiya 5 / 23 Afrika shimoliy qismining qit’aning qolgan qismlardan farq qiladigan xususiyatini aniqlang. A) aholining katta qismi xristianlikka e’tiqod qilgan B) milliy sanoat rivojlanishi ertaroq boshlangan C) doimo Yaqin Sharqqa intilib yashagan D) asosiy davlatlarda respublika tuzumi hukmronlik qilgan 6 / 23 Fransiya mag’lubiyatga uchraganidan so’ng Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirilgan davlatlarni ko’rsating. A) Somali va Efiopiya B) Gana va Kamerun C) Jazoirva Tunis D) Marokash va Senegal 7 / 23 Turkiya respublika deb e’lon qilingan yilda qaysi davlatda konstitutsiya qabul qilingan? A) Tunis B) Misr C) Eron D) Marokash 8 / 23 Hindistonning iqtisodiy ahvoli yanada yomontashgan yillarda qaysi mamlakatda buning aksi kuzatiladi, ya’ni iqtisod barqarorlashib, yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari jadallashadi? A) Yaponiya B) Kuba C) Eron D) Turkiya 9 / 23 Jamiyatni modemizatsiyalashning liberal islohotchilik variantiga XX asrning birinchi yarmida (a) va XX asrning ikkinchi yarmida (b) yaqqol misol bo’la olgan davlatlarni ko’rsating. 1) Braziliya 2) Kuba 3) Meksika 4) Argentina A) a - 4 , b- 3; B) B ) a - 1 , b- 3; C) a - 1, b -2; D) D ) a - 2 , b- 3; 10 / 23 Urushdan keyingi yillarda Afrika jamiyatida kimlarning obro’si hali ham juda yuqori bo’lgan? A) harbiylar B) mahaliiy hunarmandlar va dehqonlar C) mahalliy tabib va kohiniar D) harbiylar va kohiniar 11 / 23 Jahon urushlari oralig'ida Jazoirda (a) Tunisda (b) va Marokashda (c) milliy-ozodlik harakatlariga kimlar boshchilik qilishgan? 1) Farhod Abbos 2) Abdul Karim 3) Habib Burg'iba A) a- 3 , b- 1, c- 2; B) a-1, b-3, с-2; C) a-2, b-3, с-1; D) a-1, b-2, с-3; 12 / 23 Buyuk Britaniya Misr ustidan o’z protektoratini bekor qilib, uning toliq mustaqilligini tan olgan yilni aniqlang. A) 1919-yil B) 1921-yil C) 1922-yil D) 1928-yil 13 / 23 1941-yilda Misr hududiga…. A) Germaniya va Italiya qo’shinlari kiritiladi B) Sovet qo’shinlari kiritildi C) Amerika-fransuz harbiylari kiritiladi D) Buyuk Britaniya qo’shinlari kiritiladi 14 / 23 Ikkinchi jahon urushi yillarida ko’plab afrikalik musulmonlar qaysi davlatni qo’llab-quvvatlashgan? A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Italiya D) Germaniya 15 / 23 Iyerarxiya – bu …. A) Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning jadal rivojlanish tartibi B) Alohida bir shaxsning xohish-irodasini tan olgan siyosiy tizim C) Pastdan yuqoriga qarab amal pillapoyasi bo’yicha bo’ysunish tartibi D) Yakka hukmronlikka asoslangan davlat boshqaruvi 16 / 23 Afrika mintaqasida iqtisodiy rivojlanish sur’atlari jadallashgan davrni aniqlang. A) 30-yillar boshlari B) 20-yillar oxiri C) 30-yillar ikkinchi yarmi D) 20-yillar birinchi yarmi 17 / 23 Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan “Qullik haqida” konvensiya qachon qabul qilingan? A) 1923-yil B) 1919-yil C) 1926-yil D) 1929-yil 18 / 23 Quyidagilardan qay biri Afrika qit’asi iqtisodiyotiga xos jarayonlarga mos emas? A) Aholining katta qismi avvalgidek an’anaviy usulda kun kechirish bilan band edi B) Urug'lar va qabilalar o’rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi saqlanib qolgan edi C) Qishloq xo’jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi D) Bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan band bo’lib, muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi 19 / 23 Mustamlakachi imperiyalardan qay biriga tegishli hududlarda Afrika umumiy aholisining katta qismi istiqomat qilardi? A) Germaniya B) Buyuk Britaniya C) Fransiya D) Ispaniya 20 / 23 Afrika mintaqasi qaysi sohada muvaffaqiyatlar ko’pincha faqat tashqi ko’rinish bilan cheklangan? A) siyosiy B) ijtimoiy C) madaniy D) iqtisodiy 21 / 23 XX asr boshlarigacha qaysi mintaqa tarixi yevropaliklar nazarida faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog'liq deb tushunilgan? A) Osiyo B) Lotin Amerikasi C) Afrika D) Yaqin Sharq 22 / 23 Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiya qaysi davlatning qulay strategik joylashuvidan foydalangan, portlar, aerodromlar, yo’llar qurilgan? A) Efiopiya B) Somali C) Tunis D) Liviya 23 / 23 Quyidagi davlatlarni ularda harbiy davlat to’ntarishlari o’tkazilgan yillar bilan muvofiqlashtiring. 1) Turkiya 2) Pokiston 3) Chili 4) Afg’oniston 5) Kuba a) 1959-yii b) 1973-yil c) 1977-yil d) 1978-yil e) 1980-yil A) 1-e, 2-d, 3-b, 4-c, 5-a B) 1-e, 2-c, 3-d, 4-b, 5-a C) 1-e, 2-c, 3-b, 4-d, 5-a D) 1-b, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz