Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №22 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №22 InfoMaster May 1, 2024 82 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №22 25-29-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 2-variant 1 / 25 SSSR qo’shinlari Afg’oniston hududidan olib chiqib ketilgan yilda Turkiya prezidenti etib kim saylangan? A) Turg’ut O’zol B) Ahmet Sezer C) Abdulla Gul D) Sulaymon Demirel 2 / 25 Pokiston prezidenti bosh vazir Benazir Bxuttoni qaysi yilda, qanday ayb bilan lavozimidan ozod etgan? A) 1991-yilda, AQSh bilan hamkorlikda B) 1990-yilda, korrupsiyada C) 1990-yilda, Hindistonga yon bosishda D) 1989-yilda, G’arbdagi urushda mag’lubiyatda 3 / 25 Afg’onistonda Muhammad Dovud davrida amalga oshirilgan eng muhim tadbir nima bo’ldi? A) harbiy qo’shin qaytadan tashkil qilindi B) mamlakat hududiga chet el investitsiyasi kiritilishiga ruxsat berildi C) savodsizlikni tugatish bo’yicha davlat boshqarmasi tuzildi D) umumiy afv to’g’risida qonun qabul qilindi 4 / 25 Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilingan tarixiy sanani aniqlang. A) 1976-yil yanvar B) 1979-yil fevral C) 1983-yil aprel D) 1973-yil oktabr 5 / 25 Quyidagilar orasidan tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan variantni toping. A) 1980-yillarda Afg’onistonning katta qismi jangari mujohidlar tashkiloti tomonidan nazorat qilinayotgan edi B) Urushdan so’ng “sovuq urush” yillarida Turkiya SSSR bilan birga boldi C) Muhammad Rizo Pahlaviy davrida Eronda sanoatning mashinasozlik, stanoksozlik va boshqa sohalari jadal rivojlangan D) 1990-yillarning boshlarida Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi 6 / 25 XX asrning 60-70-yillarida Osiyo qit’asining qaysi mamlakatida bir qator harbiy to’ntarishlar amalga oshirilgan? A) Xitoy B) Eron C) Hindiston D) Turkiya 7 / 25 Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Turkiya prezidenti kim edi? A) Sulaymon Demirel B) Ismet Inyonyu C) Elchibey D) Ibrat Guseynov 8 / 25 Turkiyada 1980-yil sentabrda amalga oshirilgan harbiy to’ntarishga kim rahbarlik qilgan? A) B. Gursul B) K. Evren C) Yahyoxon D) A. Menderes 9 / 25 Eronda referendum o’tkazilib, shoh mamlakatda islohotlar o’tkazish taklifini kiritgan yilda O’zbekistonga qaysi davlat rahbari tashrif buyurgan? A) Kuba rahbari Fidel Kastro B) Pokiston prezidenti Ayubxon C) Afg’oniston prezidenti Muhammad Dovud D) Xitoy rahbari Mao Szedun 10 / 25 Muhammad Dovudni umrbod prezident deb e’lon qilgan konstitutsiya qaysi yilda qabul qilingan? A) 1972-yil B) 1977-yil C) 1973-yil D) 1979-yil 11 / 25 Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy tomonidan amaiga oshirilgan islohotlar tarixga qanday nom bilan kirgan? A) “Sharafli inqilob” B) “Aprel inqilobi” C) “Oq inqilob” D) “Islom inqilobi” 12 / 25 XX asrning ikkinchi yarmida qaysi mamlakatda dindor mutaassiblar ta’siri ostida alkogol iste’mol qilish, musiqa, raqs, kino, shaxmat o’yini, kitoblar ta’qiqlangan, ayollar islom an’analari bo’yicha kiyinishga, chodra o’rab yurishga majbur qilingan? A) Pokiston B) Turkiya C) Eron D) Afg’oniston 13 / 25 Hindiston qaysi davrga kelib g’alla bilan o’zini-o’zi ta’minlay boshladi? A) 1990-yillar B) 1980-yillar o’rtalari C) 1970-yillar ikkinchi yarmi D) 1980-yillar oxiri 14 / 25 Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Afg’onistonda hokimiyat tepasida turgan shaxslarni ketma-ketlikda joylashtiring.1) Nur Muhammad Tarakiy 2) Muhammad Najibullo 3) Muhammad Zohirshoh 4) Abdul Qodir 5) Muhammad Dovud 6) Hafizullo Amin A) 3, 5, 4, 1, 6, 2 B) 3, 5, 1, 4, 2, 6 C) 3, 5, 1, 6, 4, 2 D) 3, 5, 2, 4, 1, 6 15 / 25 XX asrning ikkinchi yarmida butun dunyoda xalqaro terrorizm va islom fundamentalizmi o’chog’i deb qaralgan mamlakatni ko’rsating. A) Afg’oniston B) SSSR C) Pokiston D) Eron 16 / 25 Afg’onistonda hokimiyatni egallagan tarixiy shaxslardan qay biri avval xavfsizlik xizmatining boshlig’i bo’lgan? A) Muhammad Najibullo B) Abdul Qodir C) Muhammad Dovud D) Hafizullo Amin 17 / 25 Afg’oniston harbiy- havo kuchlari qo’mondoni poikovnik Abdul Qodir boshchiligidagi harbiylar davlat to’ntarishini amalga oshirib, Muhammad Dovudni hokimiyatdan chetlatgan sanani belgilang. A) 1979-yil 21-dekabr B) 1978-yil 27-aprel C) 1973-yil 28-dekabr D) 1981-yil 11-yanvar 18 / 25 Eron Islom Respublikasi diniy rahbari Oyatilloh Ruhulloh Humayniy vafot etgan yilda .... A) SSSR o’z qo’shinlarini Afg’oniston hududidan olib chiqib ketdi B) Pokistonda hokimyatga Benazir Bxutto boshchiligida Xalq partiyasi keladi C) Afg’onistonda siyosiy hokimiyat tepasiga Muhammad Najibullo keladi D) Turkiyada bosh vazir lavozimini Sulaymon Demirel egallaydi 19 / 25 Iroq-Eron urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan? A) 1977-1985-yillar B) 1980-1988-yillar C) 1982-1990-yillar D) 1979-1989-yillar 20 / 25 Urushdan keyingi yillarda Afg’onistonda qaysi davlatlar bilan hamkorlikda korxonalar quriladi? A) Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh B) Yaponiya, Germaniya va Hindiston C) Turkiya, Italiya va Gretsiya D) SSSR, Fransiya va Xitoy 21 / 25 Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Turkiyada bosh vazir lavozimini Turg’ut O’zal egallaydi; 2) Eronda referendum o’tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o’tkazish taklifini kiritdi; 3) Afg’onistonda Muhammad Zohirshoh taxtdan ag’darifib, Muhammad Dovud prezident deb e’lon qilinadi; 4) Afg’oniston Konstitutsiyasi qabul qilinadi; 5) Hafizullo Amin murojaatiga javoban Afg’oniston hududiga sovet qo’shinlari kiritiladi; A) 5, 3, 1, 2, 4 B) 2, 3, 5, 4, 1 C) 1, 2, 5, 4, 3 D) 2, 3, 4, 5, 1 22 / 25 Turkiya uzoq yillardan buyon qaysi xalqaro tashkilotga a’zo bo’lishga intilmoqda-yu, ammo bunga erisha olmayapti? A) NATO B) OPEK C) Yevropa Ittifoqi D) Qo’shilmaslik harakati 23 / 25 XX asrning 50-yillarining birinchi yarmida Eron siyosati asosan nimaga bag’ishlangan edi? A) Neft sanoatini milliylashtirishga B) Madaniy hayotni demokratlashtirishga C) Bozor iqtisodiyotini joriy qilishga D) Armiyaning qaytadan tashkillashtiriiishiga 24 / 25 Buyuk Britaniya va SSSR qo’shinlari Eron hududidan olib chiqib ketilgan yilni aniqlang. A) 1950-yil B) 1949-yil C) 1956-yil D) 1946-yil 25 / 25 Turkiyada bosh vazir Turg’ut O’zol qanday iqtisodiy islohotlarni amaiga oshirgan? 1) Davlat sektorini keng xususiylashtirish boshlandi; 2) Erkin iqtisodiy zonalarni tuzish to’g’risida qonun qabul qilingan; 3) Erkin bozor siyosati cheklandi; 4) Iqtisodda davlatning roli pasaydi; 5) Eksportni rag’batlantirish to’g’risida qonun qabul qilingan; 6) Davlat soliqlari kamaytirilgan; A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 5, 6 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz