Pedagogik mahorat №10

30-aprelgacha tushgan savollar

0%
0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

Pedagogik mahorat №10

Attsetatsiya 2024

30-aprelgacha tushgan savollar

Pedagogik mahoratni aniqlash bo'yicha test savollari 

1 / 50

1. Ziddiyatlarni hal qilish sinfda muloqot qilish uchun ijobiy muhit yaratishda qo’llaniladigan faoliyatlarni belgilang. 1. Odob-axloq haqida davra suhbatlari uyushtirish 2. Do’stona muhitni qo’llab quvvatlash 3. Bolalarni maktabdan tashqari to’garaklarga yo’naltirish 4. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’quvchilarning jinsi, Yoshi, madaniy xususiyatlarini inobatga olish 5. O’quvchilarda bag’rikenglik, odob-axloq va hayotga tayyorgarlik bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish

2 / 50

2. [ Опрос : [50/62 Tanaffus vaqtida ikkita o’quvchi tadbirga boshlovchi bo'lish uchun o’zaro tortishib qolishdi. Bu holatning ustiga kelib qolgan o’qituvchi vaziyatni yumshatish uchun qanday yo’l tutgani ma'qul?

3 / 50

3. O'qituvchi darsda mavzuga oid holatni barcha tafsilotlari bilan tasvirlab berdi. Bu vaziyatda o'qituvchi nutqning qaysi shaklidan foydalandi?

4 / 50

4. Sinf rahbari bir o'quvchisining ba'zi fanlardan orqada qolayotganini aniqladi. Bolaga darslarni o'zlashtirishga yordam tariqasida uni darsdan keyingi faoliyatga jalb etdi. Nima deb o'ylaysiz, sinf rahbari o'quvchini ta'limni tashkil etishning qaysi yordamchi shakli bilan shug'ullanishga yo'naltirgan? To'g'ri bo'lishi mumkin bo'lgan variantlarni belgilang. 1. Fan to'garaklari; 2. Fakultativ mashg'ulotlar 3. O'qituvchi maslahati; 4. O'quv ekskursiyalari 5. O'quv konferensiyalari

5 / 50

5. O’qituvchi o’quvchilarga bir qoida aytdi va unga mos misollar keltirishlarini so'radi. O’qituvchi qaysi usuldan foydalandi?

6 / 50

6. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida ishontirish nimalarni talab etadi?

7 / 50

7. Pedagogik amaliyotda yosh o’qituvchilarning pedagogik texnikasida uchraydigan juziy kamchiliklarni aniqlang. 1. O‘quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so'zlasha olmaslik. 2. G’azabni to’xtata olmaslik yoki uni o’z o’rnida ishlata olmaslik. 3. O’zini erkin tutish va xushmuomala bo'lish. 4. Nutqni ravon bayon eta olmaslik. 5. Ortiqcha qattiqqo'llik. 6. Monotonbir ohangda so’zlash, nutqining zerikarli, jonli emasligi. 7. Juda tez gapirish (ayniqsa darsda) 8. Ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo’llarni qayerga qo'yishni bilmaslik.

8 / 50

8. Biologiya o'qituvchisi darsni maktab issiqxonasida o'tdi va bolalarga vazifalarni taqsimlab berdi.Bolalar topshiriqlarni bajarish bilan birga mavzuni tushunishdi. Dars turini aniqlang.

9 / 50

9. Pessimist insonga mos javoblarni toping. 1. Tushkunklikka moyil. 2. Qiyinchilikga oson yengiladi. 3. Orzusiga qanday erishishni biladi. 4. Xushchaqchaq bo’ladi. 5. Hamma narsaga qodirligini aytoladi. 6. O’ziga ishonmaydi.

10 / 50

10. Moslikni toping. 1. Kreativlik.2. Kommunikativlik. A. O’qituvchining o’quvchilar bilan to’g’ri muomala qila olishi va muloqot o’rnatish qobiliyati; B. Kelib tushayotgan axborotni mulohaza qilib, baholab, kuzatuv va tajribalarga asoslanib qabul qilish qobiliyati. C. Yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga moyillik, nostandart fikrlash va boy tasavvurga ega bo'lish qobiliyati.

11 / 50

11. O’qituvchi sinfdagi o’quvchining matematikaga qobiliyati borligini inobatga olgan holda uni fan olimpiadasiga tayyorlamoqchi bòldi. O’quvchi esa boshqa fandan olimpiadaga qatnashishga xohish bildirdi. Ammo o’qituvchi o’z fikrini o’zgartirmay o’quvchini aynan matematika fanidan ishtirok etishini ta'kidladi. Bunda ta'lim-tarbiya jarayonining qanday tamoyili buzilgan?

12 / 50

12. Monitoring so‘zining ma’nosi nima?

13 / 50

13. Moslashtiring. 1. Dars vaqtidan oqilona foydalanish. 2. O’qitishning faol usullaridan foydalanish. 3. Sinfda samarali muloqotni ta'minlash. a. Dars bosqichlarini, sinfdagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi turli ekanligini hisobga olgan holda rejalashtirish. b. Dars jarayonlarida ta'limiy maqsadlarga erishish uchun turli pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish. c. Darsning turli bosqichlarida savol-javob, fikr almashish, qayta muloqot usullaridan foydalanish. d. Darsning turli bosqichlarida o’quvchilarning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan suhbat o’tkazish.

14 / 50

14. Bir ona maktabga e'tiroz bilan keldi. U bolasi doimiy ravishda past baholar bilan uyga qaytishi, sinfdoshlari uning ustidan kulishlarini aytib, o’qituvchilar xonasida janjal ko'tardi. O’quvchining sinf rahbari yosh bo'lishiga qaramay, bu ona bilan xushmuomala bo'ldi va uni tinchlantira oldi. Bu o’qituvchi ayni vaziyatda qo'llagan og’zaki ta'sir qilishning xushmuomalalik mezonlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorlarni aniqlang: 1. Shirinsuxanlik va insoniylik tuyg'ularini namoyish etish. 2. Suhbatining barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo'lishi. 3. O’zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko'nikmalar va malakalarning mavjudligi. 4. Ta'lim va bilim olishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirish. 5. Mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirish.

15 / 50

15. Ta'lim samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi darsda ko'rgazmali qurollardan foydalanishni rejalashtirdi. Qo’l ostida ko'rgazmali va tarqatma materiallar juda ko'p edi. O’qituvchi tomonidan to'g'ri tanlangan tarqatma materiallar qatorini belgilang.

16 / 50

16. O’quvchilar o’zlarini juda yomon tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, urishmoqdalar, bir-birlariga turli qog'oz qushchalarni otmoqdalar va xokozo. O’qituvchiga nisbatan betoblik (ehtiyotkorona, tòg’ridan-to’g’ri emas) qilmoqdalar. Bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak? 1. O’quvchilar diqqatini qiziqarli ma'lumotlar bilan jalb etish kerak. 2. Darsni shu holatda davom ettirish kerak. 3. Ko’proq qiziqarli o’yinlar o’tkazish orqali o’quvchilarning diqqatini darsga qaratish zarur. 4. O’quvchilarga tartib intizom va o’quvchining majburiyatlari haqida talab qo'yishi mumkin.

17 / 50

17. Ta’lim vositalariga kiruvchi javob variantlarini tanlang. 1. O’quv qo’llanmalari 2. Namoyishli qurilmalar 3. Texnik vositalar 4. O’qituvchining ish rejasi 5. Ko’rgazmali qurollar 6. O’quv ustaxonasi jixozlari 7. Darslik

18 / 50

18. Ota-onalarni ta’lim jarayonida ishtirok etishga jalb etish uchun o’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo’lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari 4. Inkluzivlik

19 / 50

19. O'qituvchi darsda bir o'quvchining topshiriqni tezda bajarib unga sezdirmasdan rasm chizib o'tirganini ko'rdi. Fan o'qituvchisi darsdan so'ng uni tasviriy san'at o'qituvchisining oldiga olib borib shu o'quvchining qiziqishlari haqida gaplashdi. Yakunda o'quvchi tasviriy san'at to'garagiga yozildi. Mazkur holatda o’qituvchining qanday qobiliyati namoyon bo’lgan?

20 / 50

20. Kasbiy faoliyat turlari va mehnat vazifalarini moslashtiring. 1. O’z-o’zini rivojlantirish va kasbiy o’sish. 2. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish. 3. Hamkasblar va ta'lim oluvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik. 4. Ta'lim samaradorligini ta'minlash. A. Òzaro darslarda qatnashish, ularni tahlil qilish, undan o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish. B. Ziddiyatlarni hal qilish, sinfda va undan tashqarida muloqot qilishi uchun ijobiy muhit yaratishda muloqot o’tkazish. C. Tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o’quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislarni maktab hayotiga jalb qilish. D. O’quvchilarning jamoaviy va hamkorlikdagi loyihaviy ishlarini tashkil etish. E. Darsdan tashqari turli madaniy tadbirlarda ishtirok etish.

21 / 50

21. Ota-onalarni ta'lim jarayonida ishtirok etishga jalb qilish uchun O’qituvchi qanday zarur bilimlarga ega bo'lishi lozim? 1. Samarali ijtimoiy muloqot asoslari. 2. Insoniyatni o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy nazariyalari. 3. Yosh pedagogikasi, psixologiya asoslari. 4. Inklyuzivlik tamoyilini amalga oshirish usullari.

22 / 50

22. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarga o'tilgan mavzular yuzasidan savollar berdi. So'ng o'quvchilar olgan bilimlarini qo'llash maqsadida kichik guruhlarda amaliy topshiriq bajardilar. Dars yakunida oʻrganilgan mavzu yuzasidan o'z xulosalarini taqdimot qildilar. Shunda o'qituvchi qaysi dars turidan foydalandi?

23 / 50

23. O’qituvchi o’quvchilarga zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida to’g’ri faoliyat (kerakli ma’lumotlar tahlili) yuritishni o’rgatdi. Shunda o’qituvchi “Ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarish kasbiy faoliyat turining qaysi mehnat vazifalarini bajardi?

24 / 50

24. O’quvchilar Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbir uyushtirmoqchi bo'ldilar. Bunga boshqa sinf o’quvchilarini ham jalb etmoqchi ekanliklari haqida o’qituvchiga ma'lum qildilar. O’qituvchi bu vazifani ular mustaqil bajarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Shunda o’qituvchi tarbiyaviy faoliyat turining qaysi yo'nalishini amalga oshirgan bo’ladi? 1. O’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil qilishda yordam berish va qo'llab-quvvatlash. 2. O’quvchilarga zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam berish. 3. O’quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, fuqarolik pozitsiyasi madaniyatini rivojlantirish. 4. O’quvchilarda fuqarolik kompetensiyalari va media savodxonlikni shakllantirish.

25 / 50

25. Pedagogik muloqotbu...

26 / 50

26. O’qituvchi maktab faoliyatida o’quvchining ota-onasi bilan tortishib qoldi. Mana shu vaziyatda pedagog qanday hodisaga duch keldi.

27 / 50

27. Bir o‘quvchining onasi o’g’lining xatti-harakatlarida o’zgarish sezganligini, qo'pol muomalada bo'lishini, onaga nisbatan hurmatsizlik qila boshlaganini aytib, sinf rahbaridan maslahat so'radi. O’qituvchi oiladagi muhit bilan tanishib, bu ota-ona orasidagi munosabatlarning oqibati ekanligini angladi va onaga o'z maslahatlarini berdi. Shu bilan birga o’quvchining fikrlari, xohish-istaklari, qiziqishlari, intilishlarini o’rganish hamda unga yordam berish maqsadida u bilan suhbatlar olib bordi. Bunda o’qituvchining ta'lim jarayoni ishtirokchilariga qanday munosabati aks etgan?

28 / 50

28. Qadimda ushbu kasb egalari qonuniyatlarga amal qilgan holda o’quvchilarga, ya'ni "tinglovchilarga halovat bag’ishlash" orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlik, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo'lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Qaysi kasb egalari haqida fikr yuritilyapti?

29 / 50

29. Yosh mutaxassis maktabda ish faoliyatini boshladi. Lekin o'quvchilarini boshqara olmadi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha o'rinbosari yosh mutaxassisning darsini kuzatdi va kommunikativ madaniyat pedagogik faoliyatida juda muhim o'rin egallashini uqtirdi. Pedagogning kommunikativ madaniyatı qanday bo'lishi kerak? Berilgan qatorni toping.

30 / 50

30. Òqituvchi oʻquvchiga xatti-harakati uchun tanbeh berdi. Òquvchi ustozga eʼtiroz bildirib gap qaytardi, Òqituvchi òquvchining ota-onasini chaqirtirib, ularning oldida oʻquvchi bn gaplashdi. Oʻqituvchi ta'lim amaliyotida qanday jazo chorasini qolladi?

31 / 50

31. “Dars vaqtini oqilona tashkillashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarini aniqlash” o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasining qaysi mehnat vazifasidagi ko‘nikmalariga kiradi?

32 / 50

32. O’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzuni ma'ruza tarzida tushuntirib berdi. Dars davomida o’qituvchi faol bo'lib, o’quvchilarga qaratilgan nutq so’zladi. Bunda o’qituvchi faoliyatida kuzatiladigan nutqning qanday shakli namoyon bo'ldi?

33 / 50

33. Pedagogik faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish usullarini aniqlang. 1) pedagogik tahlil; 2) o’rganish 3) mashq qilish; 4) tarbiyalovchi vaziyatlar 5) musobaqa; 6) rag’batlash.

34 / 50

34. Refleksiyabu....

35 / 50

35. Yosh o’qituvchi dars davomida bir hil ohangda so’zladi, natijada uning nutqi zerikarli va jonli bo'lmadi. O’qituvchi pedagogik texnikasida yo’l qo'ygan kamchilik nima deb ataladi?

36 / 50

36. Boshlang’ich sinf o’quvchisi so’nggi paytlarda ish jarayonida o’zining emotsional holati barqaror emasligini kuzatdi. Shu masala yuzasidan maktab psixologiga murojaat qildi. Psixolog o’zini-o’zi tarbiyalashni maslahat berdi. O’zini-o’zi tarbiyalash tushunchasi to’g’ri izohlangan qatorni toping.

37 / 50

37. Boshlangi’ich sinfning bir o’quvchisi darslarda o’zini yomon tutishi va o’qituvchisiga sinfdoshlari oldida gap qaytarishi kuzatildi. Sinf rahbarining alohida suhbatlari natija bermadi. O’qituvchi bolani tarbiyalashda uning or-nomusi, izzat-nafsi, his-tuyg’ularini ehtiyotkorlik bilan o’stirish kerakligini inobatga olgan holda uni koyidi. Bola qilgan ishidan hijolat bo’ldi. Shunda sinf rahbari motivatsion metodlarning qaysi biridan unumli foydalangan?

38 / 50

38. Yosh mutaxassis hamkasbining tajribasini o’rganish va ta'lim jarayonini tahlil qilish maqsadida uning darsini kuzatdi. Dars davomida hamkasbi mavzuni oddiydan murakkabga tomon tushuntirgani, barcha berilayotgan mavzular ilmiyligi, yangi axborotlarning hayotiyligini qayd qilib o’tdi. Yosh mutaxassis qanday dars tahlili usulidan foydalandi?

39 / 50

39. O'qituvchi o'quvchilar bilan maslahatlashib tadbir rejalashtirdi, har bir bola o'zi uchun rol tanlab oldi. Bu qanday ta'lim turi?

40 / 50

40. Yosh o'qituvchi dars davomida turli vaziyatlarga duch keladi. Masalan, dars jarayonida yangi mavzuni tushuntirish, o'quvchiga ba'zi holatlarda tanbeh berish va hokazolar. Bunday holatlarda o'qituvchi pedagogik ta'sir o'tkazish bo'yicha e'tibor berishi kerak bo'lgan jihatlarning to'g'ri ketma-ketligini aniqlang. 1. Pedagogik ta'sir ko'rsatish. 2. Optimal metodlarni tanlash. 3. Murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo'lgan variantlarini saralash 4. Vaziyatni tahlil qilish.

41 / 50

41. Quyida ko’rsatilgan tadbirlarning qay biri mustaqil kasbiy rivojlanishga omil bo’la oladi? 1. Onlayn kurslarda o’qish; 2. Hamkasblarning darslarini kuzatish; 3. Fanga oid maqolalar bilan tanishish; 4. Seminar, trening, konferensiyalarda ishtirok etish; 5. Hamkasblar bilan hordiq chiqarish; 6. Xayriya tadbirlarida ishtirok etish;

42 / 50

42. Taʼlim vositalari bu – .......

43 / 50

43. Darsda boshlang'ich sinf o'quvchisi havoning ifloslanishi rasmlarini ko'rsatdi va uning sabalarini tushuntirdi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilar bilan kelajakda ifloslanishning oldini oldini olish va kamaytirish yo'llarini muhokama qildi. Eng yaxshi yechimlarni doskaga yozishdi. Ushbu darsda qanday o'qitish strategiyasi qo'llanildi?

44 / 50

44. O’qituvchi darsdan tashqari vaqtda bolalar bilan maslahatlashib faoliyat yuritadi. Biror tadbir o’tkazishdan avval kim qaysi vazifani bajarishi haqida kelishib oladi. Bu sinf o’quvchilari doimo faollik bilan ajralib turadi. Bu uslubda o’qituvchi jamoa fikriga tayanadi, har bir òquvchining qiziqish va qobiliyatlari hisobga olinadi, har bir o’quvchi taqdirlanadi, tashabbusga keng yo’l ochiladi. Bunday usul qanday nomlanadi?

45 / 50

45. - kasbiy faoliyat uchun òqish va shaxsiy tajriba vositasida ma'lumotni o’zlashtirish natijasi.

46 / 50

46. Ta'lim vositalariga kiruvchi javob variantlarini tanlang. 1. O’quv qo’llanmalari 2. Namoyishli qurilmalar 3. Texnik vositalar 4. O’qituvchining ish rejasi 5. Ko’rgazmali qurollar 6. O’quv ustaxonasi jixozlari 7. Darslik

47 / 50

47. Ta'lim tòg’risidagi Qonunning nechanchi moddasida òqituvchilarning kasbiy darajasini tizimli oshirib borishi aytilgan.

48 / 50

48. O‘qituvchi o’quvchilarga biror vazifa, topshiriq beradi, ularga tushintiradi va o’quvchilarning fikriga ham quloq soldi, so‘ng o‘zlari mustaqil ishlashga qo‘yib berdi. Bu qanday muloqot turi?

49 / 50

49. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarni turli yo'nalishlarda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 4K usulidan samarali foydalandi. Bunda u ta'lim samaradorligini ta'minlashda qanday mehnat harakatlarini amalga oshirdi?

50 / 50

50. Kechqurun ustozga maktab rahbariyati qo'ng'iroq qilib, boshlag ich sinf o'qituvchisi betob bo'lib qolgani va ertaga uning o'miga ishga chiqish lozimligi haqida xabar berdi. Shu kungacha bu ustoz faqat 5-7 sinflarga dars berib kelgan edi. Darsga tayyorgarlik ko'rish uchun bu o'qituvchi to'g'ri tanlagan faoliyat turini aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0