Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 InfoMaster May 2, 2024 103 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda o‘rin bildiruvchi ravishlar qatori berilgan? A) shu yoqda, o‘rtada, yuqoriga B) hamma yoqda, oldinda, kechasi C) uzoqda, nari, shu kuni D) ichkarida, tashqarida, shu payt 2 / 10 2. Kesim ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) D B) A C) B D) C 3 / 10 3. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) xursand bo‘lmoq − do‘ppisini osmonga otmoq B) lapashang − landavur C) aytib bermoq − bayon qilmoq D) ko‘zini shira bosgan − dimog‘i ko‘tarilgan 4 / 10 4. Qaysi gapda tushum kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Ertasi kuni maktabga borganida kutubxonadan qushlar haqida yozilgan kitobni oldi. B) Narsalarining ichidan o‘zining nomiga yozilgan xatni topib oldi. C) U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘I tushganiga ham e’tibor bermasdi. D) Otam yo‘qolgan qo‘yimizni qidirib tuni bilan mijja qoqmadi, tongga yaqin topib keldi. 5 / 10 5. Qaysi javobdagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) hamon, okeyan B) maqsad, baho C) xarorat, davomad D) avtomat, exson 6 / 10 6. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) taklif//noma, xush//xabar B) hamma//vaqt, to‘q//qizil C) adirma//adir, Bo‘z//suv D) sap//sariq, och//sariq 7 / 10 7. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, ToshDU B) Janubiy koreya, To‘rtko‘l tumani C) 8-Mart − xalqaro xotin-qizlar kuni, Hamza hakimzoda Niyoziy D) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi 8 / 10 8. Qaysi gapda rost so‘zi “adil, tik” ma’nolarida .qo‘llangan? A) Rostini aytsam, bugun ham siz aytgan joyga bora olmayman. B) Musibat ba’zan eng zabardast yigitlarning ham rost qomatini egib qo‘yadi. C) Rost, ba’zi vaqtlarda atrofdagilardan ham to‘yib ketasan kishi. D) Yolg‘onchining rost so‘zi ham atrofdagilar uchun yolg‘ondek tuyulaveradi. 9 / 10 9. Qaysi javobda so‘zlashuv uslubiga oid gap berilgan? A) − Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchabsan. B) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. C) Hazrat Mir Alisher Navoiy Hirot osmonining ma’naviy quyoshi edi. D) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. 10 / 10 10. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Hayotning boshqalar ko‘rmagan tomonini ko‘rish ham − talant. B) Kishini g‘azab yoki shunga o‘xshash his egallasa; uning qabul qilgan qarori albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. C) Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. D) Shunday harakat qilingki − birovga yuk bo‘lmang balki hamroh bo‘ling. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 27 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29