Uy » Attestatsiya testlar » Jismoniy tarbiya attestatsiya » Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 Jismoniy tarbiya attestatsiya Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 InfoMaster Fevral 12, 2024 162 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 1.2. “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy hujjatlari” modulidan test savollari 1 / 40 Qonunosti hujjatlariga quyidagilardan qaysilari kiradi? A) Joriy qonunlar, Qaror, Farmoyish, Buyruq B) Konstitutsiyaviy qonunlar va vazirlikning buyruqlari C) Farmon, Qaror, Farmoyish D) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar 2 / 40 Uzluksiz taʼlim turining 3-yoʻnalishini koʻrsating? A) Oʻrta taʼlim B) Professional taʼlim C) Maktabdan tashqari taʼlim D) Oliy taʼlim 3 / 40 Sport-taʼlim muassasalari fаoliyatini 2025-yilgаchа rivojlаntirish dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini koʻrsating? A) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282 B) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279 C) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281 D) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280 4 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qachon imzoladi A) 2019-yil 26-noyabr B) 2019-yil 8-dekabr C) 2020-yil 26-oktyabr D) 2021-yil 2-mart 5 / 40 Qonunosti hujjatlar toʻliq koʻrsatilgan qatorni toping? A) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari B) Eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hujjatlar C) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar D) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar 6 / 40 Taʼlim olish huquqi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning nechanchi moddasida keltirilgan? A) 5-moddasi B) 4-moddasi C) 9-moddasi D) 8-moddasi 7 / 40 Korrupsiya soʻzining maʼnosi nima? A) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “hokimiyatni buzish” degan maʼnolarni anglatadi B) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “hokimiyat tepasiga chiqish” degan maʼnolarni anglatadi C) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “yemirilish”, “buzilish” degan maʼnolarni anglatadi D) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “toʻntarilish” degan maʼnolarni anglatadi 8 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar qanday qabul qilinadi? A) Oliy Majlis va Adliya vazirligi tomonidan B) Oliy Majlis tomonidan yoki referendum oʻtkazish orqali C) Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan D) Oliy Majlis va Oliy Sud tomonidan 9 / 40 Badminton sport turi boʻyicha muntazam ravishda qanday sport musobaqalari oʻtkazish rejalashtirilgan A) “Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!”, “Rahbar kubogi”, “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” B) “Rekorddan-yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” C) “Sogʻlom tanda-sogʻlom fikr!”, “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” D) “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi”, “Rahbar kubogi”, “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” 10 / 40 Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan Oʻzbekistonda qanday taʼlim tizimi joriy etildi? A) Umumtaʼlim maktablarida 11 yillik majburiy taʼlim tizimi joriy etildi B) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida avvalgi holda tiklandi C) Oliy oʻquv yurtlarida kechki va sirtqi boʻlimlar ochildi D) Umumtaʼlim maktablarida 9 yillik majburiy taʼlim saqlab qolindi 11 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qanday hokimiyatni amalga oshiradi? A) Oʻz-oʻzini boshqaruvchi B) Sud hokimiyatni C) Ijro etuvchi D) Qonun chiqaruvchi 12 / 40 Jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi qaysi? A) Jamoat tashkilotlari B) Boshqaruv organlari C) Sportni rivojlantirish vazirligi D) Vazirlar mahkamasi 13 / 40 Qaror qanday xususiyatga ega meʼyoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi? A) Inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi B) Individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir C) Aniq boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli boʻlib, uzoq muddatga amal qiladi. D) Oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat 14 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida mavjud sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning nechanchi moddasida keltirilgan? A) 17-moddasida B) 23-moddasida C) 31-moddasida D) 20-moddasida 15 / 40 Taʼlim olish shakllari koʻrsatilgan qatorni toping? A) Kichik yoshdagilar taʼlimi B) Dual taʼlim C) Sinfdan tashqari taʼlim D) Maxsus taʼlim 16 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy-meʼyoriy hujjat qaysi? A) Qaror B) Qonun C) Buyruq D) Farmoyish 17 / 40 Qonun hujjatlariga quyidagilardan qaysilari kiradi? A) Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari B) 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari farmoyishlari C) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar D) 2. Taʼlim tizimining qonunosti hujjatlari 18 / 40 Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida NIZOM qachon qabul qilingan? A) 2018-yil 6-aprel 140-sonli QARORI B) 2017-yil 15-mart 187-sonli QARORI C) 2018-yil 6-aprel 187-sonli QARORI D) 2017-yil 15-mart 140-sonli QARORI 19 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilindi? A) 2020-yil 23-sentyabrda B) 2017-yil 21-avgustda C) 2019-yil 5-martda D) 2018-yil 3-yanvarda 20 / 40 Yurtimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash maqsadida qanday sport oʻyinlari muntazam oʻtkazilib kelinmoqda? A) “Umid nihollari”, “Ommaviy sport” B) +“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” C) “Universiada”, “Ommaviy sport” D) “Barkamol avlod”, “Alpomish” va “Barchinoy” 21 / 40 Konstitutsiya soʻzining maʼnosi? A) «Konstitutsiya» tushunchasi inglizcha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, tatbiq etish maʼnosini bildiradi B) «Konstitutsiya» tushunchasi fransuzcha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, amal qilish maʼnosini bildiradi C) «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qoʻllayman degan maʼnosini bildiradi D) «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, oʻrnatish ,joriy etish maʼnosini bildiradi 22 / 40 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning qaysi biri sportga taalluqli A) Toʻrtinchi tashabbus B) Birinchi tashabbus C) Ikkinchi tashabbus D) Uchinchi tashabbus 23 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining tuzilishi qanday? A) 8 ta bob, 66 ta moddadan iborat B) 11 ta bob, 75 ta moddadan iborat C) 5 ta bob, 84 ta moddadan iborat D) 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat 24 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? A) 2012-yil 18-noyabr OʻRQ-682-son B) 2020-yil 8-sentyabrda OʻRQ-682-son C) 2021-yil 20-aprel, OʻRQ-682-son D) 2020-yil 4-dekabrda OʻRQ-682-son 25 / 40 Umumtaʼlim maktablarida sport boʻyicha sinfdan tashqari toʻgaraklarni tashkil etish uchun haftasiga necha soat belgilab berildi? A) 2-3 soatdan B) 3 soatdan C) 2 soatdan D) 4 soatdan 26 / 40 Tayanch oʻrta taʼlim qaysi sinflarni qamrab oladi? A) V-IX-sinflar B) I-IV-sinflar C) I-IX-sinflar D) VII-IX-sinflar 27 / 40 Quyida keltirilgan qaysi huquqiy hujjat jismoniy tarbiya va sportning asosiy huquqiy manbai hisoblanadi? A) Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”dagi qonuni B) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori C) Fuqarolarnining oʻzini oʻzi boshqarishi toʻgʻrisidagi Qonun D) Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalar sporti jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori 28 / 40 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli qaror nomi keltirilgan qatorni koʻrsating A) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qaror B) “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaror C) “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror D) “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qaror 29 / 40 “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmon qachon qabul qilingan? A) 2021-yil 2-sentyabr B) 2018-yil 30-may C) 2020-yil 29-aprel D) 2019-yil 29-aprel 30 / 40 Huquqiy-meyoriy hujjatlarining nechta turi mavjud? A) 7 ta B) 15 ta C) 5 ta D) 10 ta 31 / 40 Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi toʻliq keltirilgan qatorni toping? A) Belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. B) Normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi C) Normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan hujjatga aytiladi. D) Normativ hujjatga aytiladi. 32 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi nechtalik mamlakatlar qatoriga kiritish belgilangan? A) Jahonning birinchi 100 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; B) Jahonning birinchi 500 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; C) Jahonning birinchi 50 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; D) Jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 33 / 40 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik…..? A) Korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir B) Shaxsning oʻz manfaatlarini ustun qoʻyish alomati C) Manfaatlar toʻqnashuvi D) Oʻz xizmat lavozimidan suiisteʼmol foydalanish 34 / 40 Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab necha foizga belgilandi? A) 40% B) 50% C) 30% D) 70% 35 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qanaqa turdagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar chiqarish vakolatiga ega? A) Farmon, farmoyish, buyruq B) Konstitutsiya, farmon, qaror C) Farmon, farmoyish, qaror D) Qaror, farmoyish, qonun 36 / 40 Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining davomiyligi va oʻquv yuklamasining hajmi A) 4 hafta 144 soat B) 4 hafta 150 soat C) 4 hafta 145 soat D) 4 hafta 122 soat 37 / 40 Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va roʼyobga chiqarish qaysi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi? A) Jismoniy tarbiya va sport viloyat boshqarmalari B) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi C) Sport federatsiyalari D) Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi 38 / 40 Qonun qanday xususiyatga ega huquqiy-meʼyoriy hujjat hisoblanadi? A) Oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat B) Individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir C) Aniq boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli boʻlib, uzoq muddatga amal qiladi. D) Inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi 39 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida Oliy vakillik organi toping? A) Vazirlar Mahkamasi B) Oliy Majlis C) Sud hokimiyati D) Prokuratura 40 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb koʻrsatilgan? A) 42-moddasida B) 40-moddasida C) 41-moddasida D) 43-moddasida 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 29 Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 13 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №16
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №15