Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №23 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №23 InfoMaster May 1, 2024 94 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718 7-sinf Biologiya №23 VII bob. TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI 7.1 O‘simliklarda moddalar transporti 1 / 18 _____-molekula va ionlarning konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiyasi past joyga o‘tishi A) Diffuziya B) Qayishqoq C) Tarqoqo D) Osmos 2 / 18 Ildiz tukchalari joylashgan zonadan keyingi (pastdan yuqoriga) zonaga tegishli javobni belgilang A) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. B) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. C) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. D) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. 3 / 18 Poyada transport vazifasini _____joylashgan _____va _____dagi ____amalga oshiradi A) ksilemada- elaksimon naylar, floema- o‘tkazuvchi naylar B) floema- elaksimon naylar, ksilemada- o‘tkazuvchi naylar C) floema- o‘tkazuvchi naylar, ksilemada- elaksimon naylar D) ksilemada- o‘tkazuvchi naylar, floema- elaksimon naylar 4 / 18 Yog’ochlik murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (_______), asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan A) Lub tolalari B) Floema tolalari C) Elaksimon naylar D) Kselema tolalari 5 / 18 Gipertonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. B) Izotonik eritmada eritrotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi C) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. D) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda leykotsitlardagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. 6 / 18 Noto’g’ri jumlani toping A) Naylar orasidagi elaksimon to‘siqlar shakarni suvda erigan holda o‘tkazadi. B) Barchasi to’g’ri C) Floema va ksilema ildizda, poyada va bargda yonma-yon joylashadi va mexanik to‘qima tolalari bilan birga nay-tolali bog‘lamlarni hosil qiladi D) Elaksimon nay yadroli tirik hujayralardan iborat. Ular yonidagi yadrosiz yo‘ldosh hujayralar elaksimon naylarni oziq va energiya bilan ta’minlaydi. 7 / 18 Izotonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) Izotonik eritmada eritrotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi B) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. C) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. D) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Leykotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. 8 / 18 Noto’gri jumlani belgilang A) Barchasi to’g’ri B) C Ildizning suv shimishini tushunish uchun uning ichki tuzilishini o‘rganish muhim. C) O‘simlikka suv yetishmaganda so‘lib qolishi, suv quyilgandan so‘ng hujayraning taranglashishi diffusga ko‘ra ta’minlanadi. D) O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni shimib oladi. Suvning ildizga shimilishi ham osmos orqali amalga oshadi. 9 / 18 To’g’ri jumlani toping A) C Diffuziya hodisasiga ko‘ra kislorod hujayraga, karbonat angidrid qonga o‘tadi B) Leykotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgan eritma izotonik eritma deyiladi. C) hujayra venalaridagi qonda kislorod ko‘p, karbonat angidrid kam. Hujayrada esa kislorod kam, karbonat angidrid ko‘p D) Nafas olish jarayonida ham hujayra va kapillyarlar o‘rtasida osmos hodisasiga ko‘ra gazlar almashinadi. 10 / 18 Ildizning qaysi qismidan ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ildiz qinchasi, po‘st hujayralari va o‘tkazuvchi naylarni ko‘rish mumkin? A) o’tkazuvchi B) bo‘linuvchi C) o‘suvchi D) so’ruvchi 11 / 18 Bo’linuvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. B) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. C) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. D) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. 12 / 18 Osimlikning barg og’izchalari orqali amalga oshadigan jarayonlarni belgilang A) Transpiratsiya, fotosintes B) Transpiratsiya,nafas olish C) Nafas olish, fotosintez D) Barchasi to’g’ri 13 / 18 _____-suvning membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi past muhitdan konsentratsiyasi yuqori boʻlgan muhitga o‘tishi A) Qayishqoq B) Tarqoqo C) Diffuziya D) Osmos 14 / 18 Eng yuqori zonada turuvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. B) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. C) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. D) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. 15 / 18 Floema ham murakkab tuzilgan bo‘lib, _____to‘qimalardan tashkil topgan A) A va B javoblar to’g’ri B) O‘tkazuvchi, mexanik (floema tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) C) O‘tkazuvchi, mexanik (kselema tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) D) O‘tkazuvchi, mexanik (lub tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) 16 / 18 So‘ruvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. B) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. C) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. D) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. 17 / 18 Gipotonik eritmga xos xususiyatni belgilang A) 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va leykotsitlartning yorilishiga olib keladi B) Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik eritma hisoblanadi. Eritrotsit hujayrasining ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani uchun bu eritma izotonik eritma deyiladi. C) 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi gipotonik eritma bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi va eritrotsitning yorilishiga olib keladi D) 0,9 % dan yuqori osh tuzi eritmasi gipertonik eritma bo‘lib, bunday muhitda eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrotsit bujmayib qoladi. 18 / 18 O’suvchi zonaga tegishli javobni belgilang A) Hujayralar kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. B) Suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. C) Yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bu zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. D) Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz