Uy » Attestatsiya testlar » Geografiya attestatsiya » Geografiya attestatsiya №16 Geografiya attestatsiya Geografiya attestatsiya №16 InfoMaster Fevral 9, 2024 1223 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 11 0% 5 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Geografiya attestatsiya №16 Attsetatsiya 2024 Geografiya fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Tuxumdan bola ochib, suti bilan boqadigan hayvonlarni belgilang. A) Bug’u, kenguru B) Koala, Lirodum C) Yexidna, O’rdakburun D) Lemming, Rosomaxa 2 / 50 2. Janubiy Amerika tropik iqlim mintaqasining qaysi qismi passat shamollari ta'sirida bo’lib, yog’in ko’p bo'ladi? A) janub B) shimol C) g'arb D) sharq 3 / 50 3. Bobotog’da o’suvchi daraxt turini belgilang. A) archa B) xandonpista C) bodom D) shakarqamish 4 / 50 4. Aniqlanishicha, geografik qobiqning pastki chegarasi qayerga to‘g‘ri keladi? A) Mantiya B) Astenosfera C) G‘ovak jinslarining tag qismi D) Gipotsentr 5 / 50 5. Ekvatordan qutblar tomon qanday yo’nalishdagi oqimlar harakatlanadi? A) tayfun B) sunami C) yuza iliq D) tub sovuq 6 / 50 6. Tabiiy Landshaftlarni ko’rsating. A) baland tog’lar, cho’llar, muzliklar B) muzlar, qumlar, yaylovlar C) baland tog’lar, shaharlar, lalmikor yerlar D) qishloqlar, muzlar, cho’llar 7 / 50 7. Yer osti suvlari qanday hosil bo’ladi? A) yog’inlarning shimilishidan B) qorlarning erishidan C) okean suvlarining shimilishidan D) aysberglarning erishidan 8 / 50 8. Xitoyda IESlarda yoqiladigan yoqilg’ining 3/4 qismi qaysi yoqilg’idan iborat? A) tabiiy gaz B) mazut C) torf D) ko’mir 9 / 50 9. Qaysi sayyoh janubiy qutbni birinchi bo’lib zabt etdi? A) R. Skot B) F. Bellinsgauzen C) M. Lazarev D) R. Amundsen 10 / 50 10. Antarktida materigida hozirgi muzliklar necha yil ilgari hosil bo‘lgan? A) 10 mln yil avval B) 20 mln yil avval C) 40 -50 mln yil avval D) 30 mln yil avval 11 / 50 11. Sanskritchada “Hind” so’zining ma’nosini belgilang. A) okean B) qo’ltiq C) dengiz D) daryo 12 / 50 12. Bir yilda 10 mln sayyoh tashrif buyuruvchi sharsharani ko’rsating. A) Anxel B) Iguasu C) Niagara D) Viktoriya 13 / 50 13. Janubiy o’rmon mintaqasiga tegishli davlatni belgilang. A) Argentina B) Kolumbiya C) Avstraliya D) JAR 14 / 50 14. Molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar qaysi cho’l uchun xos? A) Sahroi Kabir B) Namib C) Somali D) Viktoriya 15 / 50 15. Quyidagi qaysi hududda cho’llashish jarayoni kuzatilmoqda? A) janubiy Osiyo B) g’arbiy Amerika C) Rossiyaning shimoliy qismi D) shimoliy Yevropa 16 / 50 16. Tog’larda balandlik tomon tabiat komplekslarining almashinib kelishiga nima deyiladi? A) tabiat hodisasi B) zonallik C) ritmiklik D) balandlik mintaqalari 17 / 50 17. Negroid irqiga xos xususiyatni ko’rsating. A) tekis soch, jigarrang tusli teri, jag’ining ajralib chiqqanligi B) och tusli teri, yumshoq soch, qirra burun C) qirra va o’rta yapasqi burun, jigarrang tusli teri D) qattiq, jingalak qora tusli soch, yapaloq burun 18 / 50 18. Dengiz soyligi va chuqur cho’kmalar ostida qaysi qatlam yo’q? A) granit B) cho’kinda C) magmatik D) bazalt 19 / 50 19. Kimyogarlar va mashinasozlar shahrini belgilang. A) Quvasoy B) Chirchiq C) Olmaliq D) Taxiatosh 20 / 50 20. Dunyoda birinchi bosmaxona nechanchi asrda tashkil qilingan? A) X asr B) XIX asr C) XX asr D) XV asr 21 / 50 21. Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) masshtabsiz B) tushuntirish C) chiziqli D) yozuvli 22 / 50 22. Ixtisoslashuv bu Nuqtalar o’rnini to’ldiring. A) ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan muhim shakli B) ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli C) ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planishi D) tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli 23 / 50 23. Shri-Lanka, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Madagaskar. Bu davlatlarni qanday xususiyat birlashtirib turadi? A) yarim orol davlatlari B) dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo’lmagan davlatlar C) orol davlatlari D) quruqlik qirg’og’ida joylashgan davlatlar 24 / 50 24. Kichik sayyoralar guruhini belgilang. A) Yupiter, Neptun, Yer, Mars B) Yupiter, Saturn, Neptun, Uran C) Merkuriy, Venera, Saturn, Uran D) Mars, Yer, Merkuriy, Venera 25 / 50 25. Quyidagi rasmda << 1 >> raqami bilan qaysi daryo havzasi berilgan? A) Kongo B) Niger C) Zambezi D) Nil 26 / 50 26. “Batial” so’zining ma’nosini belgilang. A) chuqur B) sayoz C) botiq D) tubsiz 27 / 50 27. Qadimgi Gondvana materigidan ajralmagan materikni belgilang. A) Shimoliy Amerika B) Antarktida C) Avstraliya D) Janubiy Amerika 28 / 50 28. Quyidagi rasmda << 3 >> raqami bilan berilgan osmon jismiga xos xususiyatni belgilang. A) Pifagor sharsimon shaklda ekanligi haqida fikr bildirgan B) tarkibida vodorod 70 %, geliy esa 27 % ni tashkil etadi C) uning radiusi -1738 km, massasi -7,35·10²² kg D) ma’lum bir shaklga ega bo‘lmagan, qirrali, qattiq jismlar 29 / 50 29. Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra, jahon mamlakatlarining birinchi guruhini belgilang. A) ayrim turlari B) mineral boyliklar bilan taminlangan C) taminlanmagan D) ko’p turlari 30 / 50 30. Eng katta deltasi bor materikni ko’rsating. A) shimoliy Amerika B) Afrika C) Avstraliya D) Yevrosiyo 31 / 50 31. Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida nechta monarxiya tuzumiga ega mamlakat mavjud A) 39 B) 47 C) 44 D) 42 32 / 50 32. Nukus shahri O'zbekistonda aholi soni boyicha nechanchi orinda turadi A) 5:1 B) 6: 1 C) 3 :0 D) 4: 3 33 / 50 33. Hind okeanida joylashgan dengizlarni belgilang? A) Andaman, Flores, kosmanavtlar B) Arafur, Dyurvil, Timor C) Hamdostlik, Riser-larsen, banda D) Mouson, Hamdostlik, Yava 34 / 50 34. Markaziy osiyo tabiiy geografik o'lkasining eng baland choqqisi qanday nomlanadi A) Chogori B) Trichmir C) Beluxa D) Jomolungma 35 / 50 35. Abu Rayxon Beruniy o'zining Hindiston asarida Amerika quriqligining mavjudligi X.Kolumb kashfiyotidan qancha oldin aytib o'tgan A) 550 yil B) 500 yil C) 450 yil D) 600 yil 36 / 50 36. Muomalada verbal ta’sir? A) Xatti-harakatlar orqali ta’sir etish. B) Ko’z qarashlari va xissiy ifoda. C) So’z orqali ta’sir etish. D) Nutqsiz ta’sir etish. 37 / 50 37. Talim tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan faylasuf. A) Platon B) Suqrot C) Demosfen D) Sitseron 38 / 50 38. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati D) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. 39 / 50 39. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Demokratik, intelektual. B) Liberal, demokratik, trening. C) Avtoritar, liberal, demokratik. D) Avtoritar ,demokratik. 40 / 50 40. Noverbal nutq turlari to’g’ri keltirilgan qatorni toping? A) So’z mimika aks sado axborot. B) Og’zaki va yozma nutq. C) Mimika, pantomimika nutq, signifikatsiya, daktilogik nutq, morze alifbosi D) Mimika, fantomimika, og’zaki nutq. 41 / 50 41. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Arra» B) «Birgalikda o’qiymiz» C) «Aqliy hujum» D) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» 42 / 50 42. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish B) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim C) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot D) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim 43 / 50 43. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 8 B) 5 C) 7 D) 6 44 / 50 44. Axborotli texnologiyalari bu...? A) O’zaro ta’sirlar B) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi C) Pedagogikada monitoring D) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) 45 / 50 45. O`qituvchi nutq qobilyati – A) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati B) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati C) Verbal qobiliyati D) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. 46 / 50 46. Mahorat bu – A) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. B) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. C) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. D) Pedagogik mehnat samarasi. 47 / 50 47. Metodika bilan pedagogik tehnologiya tushunchalarini izohi qaysi javobda ko`rsatilgan? A) Metodika – metod va usullar majmui, tehnologiya esa ta’lim tamoyillari va qonuniyatlaridir. B) Metodika – bu hususiy pedagogika, tehnologiya esa usullar majmuidir. C) Metodika - bu o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasi; pedagogik tehnologiya – pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shahsini shakllantirish jarayonining loyihalash tashkiliy-pedagogik hatti-harakatlar majmuasi; D) Pedagogik tehnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi 48 / 50 48. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. B) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. C) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. D) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. 49 / 50 49. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. C) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. D) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. 50 / 50 50. Zig-zak metodiga to’gri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Solishtirish, taqqoslash, mustahkamlash. B) Siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri. C) Ilonizi, uzun chiziq, solishtirish. D) Tushuncha, tikish, chiziq. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz