9-sinf Biologiya olimpiada №5

0

9-sinf Biologiya olimpiada №5

2022-yil 4-noyabr:

2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 15

Qirqbo‘g‘imlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang.

1) zigotadan rivojlanadi; 2) mustaqil oziqlanadi; 3) sporadan rivojlanadi; 4) gametofit hisobiga oziqlanadi; 5) oziq modda to‘playdi; 6) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 7) poya-bargli o‘simlik

2 / 15

Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang.

1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus

3 / 15

Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon

4 / 15

Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.

5 / 15

Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

6 / 15

Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz

7 / 15

Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi

8 / 15

Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang.

9 / 15

10 / 15

11 / 15

Selluloza qobig‘iga ega bo‘lmagan organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot (a) va hayotning hujayraviy shakli bo‘lmagan (b) organizmlarni aniqlang. 1) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; 2) ensefalit qo‘zg`atuvchisi; 3) vertisill; 4) nozema; 5) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 6) qutirish qo‘zg`atuvchisi; 7) leshmaniya; 8) vabo qo‘zg‘atuvchisi

12 / 15

Oq shuvoq (a), oddiy g‘o‘za (b) va no‘xat (c) o‘simliklariga xos bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

13 / 15

Dala qirqbo‘g‘imi va zuhrasoch qirqqulog‘ining hayot sikli uchun umumiy bosqichlar ketma- ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.

14 / 15

Jayron (a) va miqqiy (b) uchun tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) miyacha po‘stlog‘ida burmalari mavjud; 2) jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; 3) urg‘ochisi geterogametali; 4) bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi; 5) oshqozoni to‘rt bo‘lmadan iborat; 6) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat; 7) gomoyoterm organizm; 8) yuragi ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tashkil topgan; 9) embrional rivojlanish davri tashqi muhitda amalga oshadi; 10) ichki urug‘lanish kuzatiladi; 11) yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri ichagi bo‘lmaydi; 12) buyraklari nefronlardan tashkil topgan

15 / 15

Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi; 2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi; 3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi; 4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi; 7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi; 8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0