Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika №17-18 Informatika CambridgeInformatika choraklik 9-sinf Informatika №17-18 InfoMaster Oktabr 31, 2023 2152 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №17-18 1-chorak uchun test 17-18-darslar. Loyiha ishi, Nazorat ishi 1 / 25 1. Qurilma drayveri-? A) sichqoncha yoki trekpad yordamida rangli ekrandagi ikonkalarni bosish rqali kompyuter bilan muloqot qilishning oson usuli. B) printer kabi yordamchi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar. C) buyruqlar qatoriga klaviaturada yozish orqali kompyuter bilan muloqot qilish usuli. D) berilgan kodni kompyuter tushuna oladigan tilga oʻgiradigan kompyuter dasturi. 2 / 25 2. RAM qisqartma so’zining kengatmasini toping. A) Random -Only Memory B) Read Access Memory C) Read-Only Memory D) Random Access Memory 3 / 25 3. Shaxsiy kompyuter va Portativ kompyuterlani farqi bormi? A) Farqi yo’q B) Ha bor, faqat ko’rinishida (hajmida) 4 / 25 4. Bir nechta kompyuterlar orqali bitta printerga buyruq berib chop etish mumkinmi? A) Ha B) Yo’q 5 / 25 5. Virtual reallik nima? A) inson bajarishi uchun nihoyatda xavfli, zerikarli va takrorlanuvchi vazifalarni ijro etish uchun yaratilgan kompyuter tizimlariga aytiladi. B) kompyuter tomonidan yaratilgan muhit bo‘lib, ayrim hollarda virtual borliq deb ham ataladi, inson ushbu dunyoga o‘zini tasavvur etishi va turli harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zaro munosabatga kirishishi mumkin. C) metall, plastik, rezina, sopol, mato va boshqa turli materiallardan foydalangan holda turli jismlarni uch oʻlchamli shaklda yasaygan qurilma. D) uchuvchi apparat boʻlib, robototexnika, aeronavtika va elektronika sohalari birlashuvi natijasida ishlaydi. 6 / 25 6. Inson qoʻli bilan kiritishi kerak boʻlmagan maʼlumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishiga imkon beruvchi qurilmalar nima deyiladi? A) Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari B) Ma’lumotni qoʻlda kiritish qurilmalari 7 / 25 7. Tasvirni kiritish qurilmasini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) skaner B) Kamera C) trekbol 8 / 25 8. Kontrast ranglardan iborat bo‘lgan parallel chiziqlar toʻplami nima deb ataladi? A) QWERTY klaviaturasi B) Pult C) MIDI klaviatura D) Shtrix-kod 9 / 25 9. Test imtihonlari savollarining bir necha variantdagi javoblari berilgan varaqdagi belgilarni izlash yoki saylovdagi ovozlarga oid belgilarni skanerlash uchun ham ishlatish jarayoni nima deyiladi? A) optik belgilarni oʻqish (OMR - Optical Mark Reading) B) optik belgini aniqlash (OCR - Optical Character Recognition) 10 / 25 10. Quyidagi rasmda printerning qaysi turi keltirilga? A) Matritsali printer B) Lazerli printerlar C) Purkagichli printer D) Keng formatli printer 11 / 25 11. Ekranga elektron nurini yoʻnaltirish orqali ishlaydigan monitorlar turini toping. A) CRT (cathode ray tube = katod nurli trubka); B) TFT/LCD (thin film transistor = yupqa tasmali tranzistor); C) LCD (liquid crystal display = suyuq kristalli displey); D) IPS/LCD (planar kommutatsiya); 12 / 25 12. Quyidagi berilgan rasmdan Qattiq diskni ko’rsating. A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 13 / 25 13. Optik ma’lumot tashuvchi maʼlumotlarni qanday saqlaydi? A) maʼlumotlarni yuzada saqlaydi. B) Barcha javob to’g’ri C) magnitlarda D) elektron sxemalarga asoslanadigan va flesh xotiradan foydalanadigan xotira qurilmasida 14 / 25 14. Portativ qattiq disk xotira qurilmalarining afzallik va kamchiligi qisqacha bayon etilgan.Ushbu diskka tegishli ma’lumotlarni belgilang. A) Mustahkamlik: Juda mustahkam B) Portativlik darajasi: Past C) Saqlash hajmi: Juda katta D) Maʼlumotlarga kirish tezligi: Tez E) Narxi: Oʻrtacha 15 / 25 15. CD disk xotira qurilmalarining afzallik va kamchiligi qisqacha bayon etilgan.Ushbu diskka tegishli ma’lumotlarni belgilang. A) Narxi: Qimmat B) Maʼlumotlarga kirish tezligi: Tez C) Mustahkamlik: Mustahkam D) Portativlik darajasi: Yuqori E) Saqlash hajmi: Katta 16 / 25 16. Magnitli va optik xotira qurilmasini farqi bormi A) Yo’q B) Ha 17 / 25 17. Kompyuterning qattiq diskida qanday maʼlumotlar saqlanadi? A) Dasturlar B) Media ma’lumotlar C) Operatsion sistemalar (OS) D) Hujjatlar 18 / 25 18. Tarmoq boʻylab maʼlumot paketlarini uzatish uchun ishlatiladigan qurilma nima deb nomlanadi? A) Wi-Fi B) Router C) Modem D) Ethernet 19 / 25 19. LAN tarmoqdagi simli signalizatsiyani belgilovchi eng keng tarqalgan standart nima deb nomlanadi? A) Router B) Wi-Fi C) Ethernet D) Modem 20 / 25 20. Butunjahon internet tarmogʻida maʼlumot topish va koʻrishda foydalaniladigan dasturlar nima deb nomlanadi? A) Email B) brauzer C) Intranet D) Bilmadim 21 / 25 21. Audio-konferensiya nima? A) Bilmadim, eshitmaganman. B) internet orqali jonli suhbatlashish uchun tashkil etish C) alohida abonentlar orasida telefon uskunasi orqali oʻtkaziladigan majlisdir D) turli manzillarda boʻlgan kishilarga kamera va mikrofon oldida oʻtirgan holda bir-birini koʻrib, gaplashish imkonini beradi 22 / 25 22. Veb-konferensiya nima? A) Bilmadim, eshitmaganman. B) turli manzillarda boʻlgan kishilarga kamera va mikrofon oldida oʻtirgan holda bir-birini koʻrib, gaplashish imkonini beradi C) internet orqali jonli suhbatlashish uchun tashkil etish D) alohida abonentlar orasida telefon uskunasi orqali oʻtkaziladigan majlisdir 23 / 25 23. Ovozni internet orqali yuborish protokoli nima deb ataladi? A) VOIP B) TPC C) MOOC D) HTTP 24 / 25 24. Xodimning ishni oʻziga qulay vaqtda bajarishi qanday ataladi? A) Erkin ish grafigi B) Siqilgan ish soatlari C) Ish joyini boʻlishish D) Toʻliqsiz ish kuni 25 / 25 25. Zamonaviy televizorlarda siz boʻlmagan paytda sevimli dasturingizni yozib olish imkoniyati bormi? A) Ha B) internet aloqasi C) Yo’q 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf IAT.Mavzu: Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №2