10-sinf Biologiya olimpiada №5

0

10-sinf Biologiya olimpiada №5

2022-yil 6-noyabr:

2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang?

2 / 30

2. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang.

3 / 30

3. Qaysi javobda qizilto‘sh yuragining o‘ng yurakbo‘lmasida (a), chap yurak bo‘lmasida (b), chapqorinchada (c) va o‘ng qorinchada (d) qanday qon bo‘lishito‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) arterial; 2) venoz; 3) aralash.

4 / 30

4. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i

5 / 30

5. Xo`rozlarning bo`ynida patning bo`lmasligi qaysi hodisaga kiradi?

6 / 30

6. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on

7 / 30

7. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang.

8 / 30

8. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya

9 / 30

9. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi

10 / 30

10. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan

11 / 30

11. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi

12 / 30

12. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang.

13 / 30

13. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi.

14 / 30

14. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi.

15 / 30

15. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi

16 / 30

16. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1

17 / 30

17. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating.

18 / 30

18. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya

19 / 30

19. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema

20 / 30

20. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan.

21 / 30

21. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi

22 / 30

22. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq

23 / 30

23. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?

24 / 30

24. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez

25 / 30

25. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya

26 / 30

26. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi

27 / 30

27. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

28 / 30

28. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi

29 / 30

29. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang.

30 / 30

30. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0