Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika Cambridge » 9-sinf Informatika №6 Informatika Cambridge 9-sinf Informatika №6 InfoMaster Sentabr 29, 2023 638 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №6 2-bob: Kiritish va chiqarish qurilmalari 6-dars. Maʼlumotni bevosita kiritishda foydalaniladigan qurilmalar. 1 / 25 1. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) nima? A) berilgan kodni kompyuter tushuna oladigan tilga oʻgiradigan kompyuter dasturi. B) printer kabi yordamchi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar. C) sichqoncha yoki trekpad yordamida rangli ekrandagi ikonkalarni bosish rqali kompyuter bilan muloqot qilishning oson usuli. D) buyruqlar qatoriga klaviaturada yozish orqali kompyuter bilan muloqot qilish usuli. 2 / 25 2. Ushbu xotira ma’lumotlarni faqat kompyuter yoniq boʻlganda saqlaydi, lekin kompyuterni oʻchirsangiz, RAMdagi hamma narsa yoʻqoladi. Ushbu jarayon nima deyiladi? A) o’zgarishli jarayon B) vaqtinchalik jarayon C) doimiy xotira D) doimiy jarayon 3 / 25 3. Planshet kompyuterlariga ta’rif bering. A) desktop kompyuterlari kabi moslashuvchan hamda ular kabi quvvatga ega B) koʻp funksiyali mobil telefon. C) internetga kira oladigan va qoʻlda olib yurish uchun yetarlicha kichik boʻlgan kompyuterdir D) Bunday kompyuterlar yo’q 4 / 25 4. Dronlar nima? A) kompyuter tomonidan yaratilgan muhit bo‘lib, ayrim hollarda virtual borliq deb ham ataladi, inson ushbu dunyoga o‘zini tasavvur etishi va turli harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zaro munosabatga kirishishi mumkin. B) inson bajarishi uchun nihoyatda xavfli, zerikarli va takrorlanuvchi vazifalarni ijro etish uchun yaratilgan kompyuter tizimlariga aytiladi. C) uchuvchi apparat boʻlib, robototexnika, aeronavtika va elektronika sohalari birlashuvi natijasida ishlaydi. D) metall, plastik, rezina, sopol, mato va boshqa turli materiallardan foydalangan holda turli jismlarni uch oʻlchamli shaklda yasaygan qurilma. 5 / 25 5. Verifikatsiya- biometrik tizimlardan asosan qanday maqsadlarda foydalaniladi? A) shaxsning chindan ham oʻzi gapirayotganligiga ishonch hosil qilish; B) omma orasidan biror kishini aniqlab olish; C) Bunday tushuncha yo’q D) “qidiruv roʻyxati”da boʻlishi mumkin boʻlgan kishini aniqlash uchun tekshirish. 6 / 25 6. Qoʻlda kiritish qurilmalarini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) sichqoncha, sensorli panel yoki trekerbol kabi manipulyatorlar B) shtrix-kod rider C) raqamli klaviatura va musiqiy klaviaturalar D) joystik yoki rul; 7 / 25 7. Belgilarni optik aniqlash chop etilgan hujjatni skanerlaydi va tasvirlarni kompyuter tushunadigan elektron formatga oʻtkazadigan usulni toping. A) OMR (Optical Mark Recognition) B) OCR (Optical Character Recognition) 8 / 25 8. Odatda skaner maʼlumot kiritishning necha turida qoʻllaniladi? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 9 / 25 9. Barmogʻingiz bosimiga sezgir ekanligini anglatadigan sensorli ekranlar nima deb ataladi? A) sigʻimli B) rezistiv 10 / 25 10. Ekrandagi kursorni harakatga keltiradigan va tugmalarini bosish orqali tanlov qilishga imkon beruvchi qurilma nima? A) Trekbol B) Sichqoncha C) Sensorli panellar D) Joystik 11 / 25 11. Qoʻlda ushlanadigan kichik qurilma boʻlib, TV yoki stereo qurilmalarni boshqarishda ishlatiladigan qurilmani belgilang. A) Veb-kamera B) Mikrofon C) Video kamera D) Pult 12 / 25 12. Tasvirni kiritish qurilmasini belgilang. (Ko’p tanlovli savol: bir nechta javob belgilashingiz mumkin) A) trekbol B) skaner C) Kamera 13 / 25 13. Kiritish qurilmasi necha toifaga boʻlinadi. A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 14 / 25 14. Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalarini belgilang. A) pult B) sensorli ekran C) sensor D) shtrix-kod rider 15 / 25 15. Kiritish qurilmasiga ta’rif bering. A) maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ularni kompyuterga yetkazib beradi. B) maʼlumotlarni nusxalash uchun ularni kompyuterga yetkazib beradi. 16 / 25 16. Elektron filmlarni suratga olishda foydalaniladigan qurilmani toping. A) Video kamera B) Pult C) Veb-kamera D) Mikrofon 17 / 25 17. Inson qoʻli bilan kiritishi kerak boʻlmagan maʼlumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishiga imkon beruvchi qurilmalar nima deyiladi? A) Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari B) Ma’lumotni qoʻlda kiritish qurilmalari 18 / 25 18. Oʻyin jarayonida qahramonni, raketa, mashina yoki boshqa biror jismni kursor sifatida harakatlantiradigan qurilma nima? A) Sichqoncha B) Sensorli panellar C) Trekbol D) Joystik 19 / 25 19. Optik belgilarni oʻqish soʻrovnoma va testlar kabi odam belgilagan maʼlumotni skanerlash jarayoni davomida yozib olish imkonini beradigan usulni toping. A) OMR (Optical Mark Recognition) B) OCR (Optical Character Recognition) 20 / 25 20. Bu bir vaqtning oʻzida ham kiritish, ham chiqarish qurilmasi fazifasini bajaruvchi qurilmani toping. A) Sensorli ekran B) Sichqoncha C) Trekbol D) QWERTY klaviaturasi 21 / 25 21. Eng ommabop klaviaturalar turini belgilang. A) QWERTY klaviaturasi B) OVERLEY klaviaturasi 22 / 25 22. Asosan Laptoplarda manipulyator qurilmasi va klaviaturadagi tekis maydondan iborat qurilma nima? A) Trekbol B) Sensorli panellar C) Sichqoncha D) Joystik 23 / 25 23. Kontrast ranglardan iborat bo‘lgan parallel chiziqlar toʻplami nima deb ataladi? A) QWERTY klaviaturasi B) MIDI klaviatura C) Pult D) Shtrix-kod 24 / 25 24. Test imtihonlari savollarining bir necha variantdagi javoblari berilgan varaqdagi belgilarni izlash yoki saylovdagi ovozlarga oid belgilarni skanerlash uchun ham ishlatish jarayoni nima deyiladi? A) optik belgilarni oʻqish (OMR - Optical Mark Reading) B) optik belgini aniqlash (OCR - Optical Character Recognition) 25 / 25 25. Agar sizda matnli hujjatning qogʻozli nusxasi boʻlsa, uni kompyuteringizga skanerlashingiz va u orqali maxsus dasturiy taʼminot yordamida matn bilan ishlash dasturi ishlov bera oladigan matnga aylantirish jarayoni nima deyiladi? A) optik belgilarni oʻqish (OMR - Optical Mark Reading) B) optik belgini aniqlash (OCR - Optical Character Recognition) 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf IAT.Mavzu: Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №2