Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №2 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №2 InfoMaster Iyun 7, 2023 22 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №2 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 2-variant 1 / 30 1. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6 2 / 30 2. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi B) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi C) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 3 / 30 3. Yangi davr boshlarida savdogarlar nima maqsadda aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshlagan? A) o’zlarining manufakturalarini tashkil etish maqsadida B) savdo qilish ruhsatnomalariga belgilangan katta miqdordagi to’lovlarni to’lamaslik maqsadida C) ichki bozorda raqobatdan qutulish uchun D) xavf-xatar katta bo’lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun 4 / 30 4. Xariatada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) 1648-yili Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi B) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi eng katta markazlashgan davlat edi C) XVIII asr oxirida maydoni jihatdan Yevropada uchinchi o’rinni egallagan D) XVII asrda Respublika deb e’lon qilingan 5 / 30 5. Germaniyada reformatsiya jarayonini boshlanishiga nima sabab bo’ldi? A) 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo‘zg‘oloni B) M. Lyuterning Vorms shahar sudidagi nutqi C) Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati D) an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi 6 / 30 6. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi B) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi C) siyosiy tarqoqlik D) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi 7 / 30 7. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan sanasini aniqlang. A) 1496-yil 10-may B) 1492-yil 12-oktabr C) 1494-yil 4-mart D) 1492-yil 6-avgust 8 / 30 8. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) kontrreformatsiya B) protestantlik C) reformatsiya D) lyuterchilik 9 / 30 9. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik C) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi D) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar 10 / 30 10. O’rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan Parij shahrida XVI asrga kelib rivojlanish sekinlashdi. Buning sababi tog’ri berilgan javobni aniqlang. A) yangi ochilgan savdo yo’llaridan chetda qolishi B) shimoldan juda ko’p marotaba chel el bosqinchilarining hujumlari C) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi D) diniy urushlar va vabo epidemiyasi 11 / 30 11. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga B) uch dalali almashlab ekish C) ikki dalali almashlab ekish D) ko‘p dalali almashlab ekish 12 / 30 12. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang. A) 1555-yil B) 1540-yil C) 1517-yil D) 1524-yil 13 / 30 13. Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egallagan yilda dunyo tarixida qanday voqea sodir bo’lgan edi? A) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistondan Portugaliyaga qaytib keldi B) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga yetib keldi C) Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi D) Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. 14 / 30 14. Yevropda Reformatsiyani boshlab bergan davlat xariatada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 16 B) 2 C) 11 D) 14 15 / 30 15. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) lyuteranlik B) provaslav C) katolik D) kalvinizm 16 / 30 16. Yangi davr boshlarida shakllangan aholi qatlamlarini aniqlang. 1) krepostnoy; 2) tadbirkor; 3) proletoriat; 4) mardikor; 5) burjuaziya; 6) ishchi; A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5 17 / 30 17. Kimning ixtirosi temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab bergan? A) T.Edison B) J.Stefenson C) R.Fulton D) J.Uilkinson 18 / 30 18. Yevropada reformatsiya natijasida… 1)milliy cherkovlar paydo bo‘ldi; 2)katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘yildi; 3)bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi; 4)diniy hokimiyat mustahkamlandi; 5)diniy urushlar boshlanib, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi sekinlashdi; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3 19 / 30 19. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini ... deb atagan. A) “San’atlar malikasi” B) “San’atlar ichida birinchi” C) “San’atlar ichida eng ishonarlisi D) “Inson erki uchun kurash” 20 / 30 20. G’arbiy Yevropada Renessans -Uyg‘onish davri boshlangan asrni belgilang. A) XV asr B) XVI asr C) XIV asr D) XVII asr 21 / 30 21. Buyuk Geografik kashfiyotlar atamasi qaysi davrlarda amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatilgan? A) XIV-XVI asrlar B) XIV-XV asrlar C) XVI-XVIII asrlar D) XV-XVII asrlar 22 / 30 22. Yangi davr boshlarida “manufaktura” deb nimaga aytilgan? A) ishlab chiqarishda mashinalar qo‘llaniladigan katta korxonalar B) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga C) ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar D) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga 23 / 30 23. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada XVI – XIX asrlarda shakllangan jamiyat qanday nom olgan? A) buyuk jamiyat B) kapitalistik jamiyat C) teng imkoniyatlar jamiyati D) konservativ jamiyat 24 / 30 24. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 11 B) 2 C) 16 D) 14 25 / 30 25. Quyidagi qaysi asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi. A) XIV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XV asr 26 / 30 26. Rasmda tasvirlangan Uyg’onish davrining yirik namoyandasi yashagan yillarni toping. A) 1483-1520-yillar B) 1606-1669-yillar C) 1547-1616-yillar D) 1452-1519-yillar 27 / 30 27. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi B) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi C) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar D) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. 28 / 30 28. U.Shekspir tug’ilgan yili ... A) Mikelanjelo vafot etdi B) J.Bruno gulxanda kuydurildi C) G.Galiley vafot etdi D) G.Galiley inkivizitsiya sudi oldida javob berdi 29 / 30 29. Ko’rsatib o’tilganlardan qaysi biri kapitalizmga hos emas? A) tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’yilishi B) xususiy mulk C) demokratiya D) bozor munosabatlari 30 / 30 30. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi B) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik C) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish D) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz