Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 InfoMaster May 4, 2023 152 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №4 16-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)Abulxayrxon o'zidan madad so'ragan temuriyzoda Abu Saidga yordam berish bahonasida Movarounnahrga yurish boshladi; 2)Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar: Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O’zgan, Suzoq shaharlarini bosib oldi; 3)Davlatshayx vafoti bilan Shaybon ulusidagi kurash yanada avj olib ketdi; 4)Abulxayrxon “O’zbek ulusi” nomli davlatga asos soldi. A) 4, 3, 1, 2 B) 3, 4, 1, 2 C) 3, 4, 2, 1 D) 2, 1, 3, 4 2 / 40 2. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o'rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi? A) Marv B) Balx C) Ray D) Hirot 3 / 40 3. Buxoro xonligida ashtarxoniylar davrida xondan keyingi o‘rinda qaysi lavozim egasi turgan? A) devonbegi B) naqib C) otaliq D) qo'shbegi 4 / 40 4. Ma’lumki, Ubaydultaxoning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko‘rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxonning xizmatlarini e’tirof etadi? 1)manbalarda yozilishicha, ikki qo‘ltig‘iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan; 2)mamlakatni Ismoil Safaviy va eronliklarning hujumini ularning harbiy siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; 3)tarixchi, musiqachi, ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi 4)Buxorodaning markaz sifatidagi nufuzi o'sdi; 5)o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qiidi; 6)mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; 7)Hirot eronliklardan tortib olindi; 8)oltin va kumushdan tangalarzarb qildirdi. A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 4, 6 5 / 40 5. Shayboniyxon Buxoro shahrini egallagandan so‘ng shaharni kimga topshirgan? A) Ahmad Mirzoga B) Abdulaziz Mirzoga C) Ubaydulla Sultonga D) Maxmud Sultonga 6 / 40 6. Moslashtiring 1)ixrojot 2) zobitona 3) madadi lashkar 4) yasoq a) mehnat majburiyati b) harbiy soliq hukmdor uchun yig`iladigan maxsus soliq c)xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun soliq A) 1-d,2-c,3-b,4-a B) 1-b2-c,3-d,4-a C) 1-d,2-b,3-c,4-a D) 1-d,2-c,3-a,4-b 7 / 40 7. Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishi kimlarning nomi bilan bog‘liq; va undan keyin qaysi hukmdorlar ham nisbatan faol aloqa amalga oshirganlar ? A) Bobur va Ubaydullaxon; Avrangzeb va Subhonqulixon B) Akbarshoh va Abdullaxon II; Shoh Jahon va Abulfayzxon C) Bobur va Ko‘chkunchixon ; Akbarshoh va Abdullaxon II D) Bobur va Shayboniyxon; Ko`chkunchixon va Murodbaxsh 8 / 40 8. Qaysi omillar Rossiyaga XVI asrda savdo yo‘llarini nazorat qilish imkonini berdi ? A) Qozon xonligi (1558-yil), Hojitarxon xonligi (1552), Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olindi B) Qozon xonligi (1552-yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olindi C) Qozon xonligi (1556-yil), Hojitarxon xonligi (1552), Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olindi D) Qozon xonligi (1552-yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo‘ylari va Sharqiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olindi 9 / 40 9. Quyida keltirilgan bayt kimga tegishli: Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir, Bir ishki, yo‘q ortida malomat – shuldir A) Shayboniyxon B) Ubaydullaxon C) Bobur D) Ko`chkunchixon 10 / 40 10. Yuqoridagilardan matematiklarni aniqlang. A) 3,8,9 B) 2,3,9,10 C) 3,9,10 D) 2,4,7,8 11 / 40 11. Buxoro amiri Shohmurod davri bilan bog`liq bo`lgani qaysi javobda keltirilgan ? A) Barcha mang`it beklariga yerlarni tanho qilib berdi B) Shahrisab va Urgut bekliklarini bo`ysundirdi C) Muntazam qo`shin tuzdi D) Buxoro aholisiga tarxon yorlig`i yozib berdi 12 / 40 12. Quyida berilgan mulohaza to`g`rimi? “Podsholar gulshani” asarining muallifi XIX asrning birinchi yarimida ijod etgan. A) Noto`g`ri B) To`g`ri 13 / 40 13. Moslashtiring 1)Farg`ona vodiysi Buxoro xonligidan ajralib chiqdi 2) Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar Samarqandni egalladilar 3)Ubaydullaxon II taxtga chiqdi 4)Abulfayzxon hoimyatni egalladi a)1723-yil b) 1709-yil c) 1711-yil d) 1702-yil A) 1-b,2-a,3-d,4-c B) 1-c,2-a,3-d,4-b C) 1-b,2-d,3-a,4-c D) 1-a,2-b,3-d,4-c 14 / 40 14. Buxoro amirligining tashqi siyosatida elchilik vazifasini bajargan shaxslar faoliyatiga mos keluvchi bandni belgilang 1)Buxoro-Eron o`rtasida urush kelib chiqqudek bo`lsa,birgalikda harakat qilish taklif etildi 2)Buxor-Usmonli davlati munosababtlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligi bilishga urinildi 3)har ikki davlat o`rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar qaror topishi uchun astoydil harakat qildi a)Doniyolbiy tomonidan yuborilgan Ernazar Maqsudov b)Amir Nasrullo tomonidan yuborilgan Polvonquli qurchi c)Amir Haydar tomonidan yuborilgan Niyozbek parvonachi d)Shohmurod toonidan yuborilgan Polvonquli qurchi A) 1-d; 2,3-a B) 1,2-a; 3-c C) 1,2-c; 3-d D) 1-b; 2,3-d 15 / 40 15. Buxoro xonligi va Xiva xonligi o`rtasidagi qarama-qarshilik qaysi davlat hukmdorlari davrida kuzatilgan ? A) Subhonqulixon-Abulg`oziyxon; Imomqulixon- Anushaxon B) Abdulazizxon-Anushaxon; Boqi Muhammad- Sherg`ozixon C) Abdulazizxon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon D) Imomqulixon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon 16 / 40 16. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Zarafshon daryosi bo`ylari B) Marv yaqinida C) Sirdaro bo`ylari D) Amudaryo qirg`oqlari 17 / 40 17. Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining Buxoro xonligini boshqargan vakillarini to`g`ri ketma- ketlikda belgilang 1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Subhonqulixon A) 1,4,3,2 B) 4,2,1,3 C) 2,3,1,4 D) 3,1,4,2 18 / 40 18. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma`lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4 19 / 40 19. Quyida berilganlardan qaysi biri shayboniy Ubaydullaxon hukmronligining so`nggi yili sodir bo`lgan ? A) Navro`z Ahmadxon amakivachchasi Abdulatifxon bilan birlashib Buxoroni egalladi B) Abdullaxon II amalda hokimyatni egalladi C) Abdulatifxon vafot etdi D) Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlandi 20 / 40 20. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o'rniga mos keluvchi ma’lumotni qo’ying. l) Navro'z Ahmadxon ibn Suyunchxo'ja yordamida Abdulatifxon Buxoro taxtini egalladi 2) Nodirshoh 3) 1736-yil 4) vafot etdi 5) 1502-yil 6) Ismoil Safaviy 7) 1563-yil 8) 1569-yil A) a-5, b-6, c-1, d-7 B) a-3, b-7, c-6, d-4 C) a-3, b-8, c-6, d-5 D) a-2, b-8, c-1, d-7 21 / 40 21. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri Amir Nasrullo davrida sodir bo`lmagan ? A) she`rlaridan 2 devon , bizgacha 3 ming misra she`rlari yetib kelgan ijodkorning vafoti B) " Tarixi jahonkushoy " asarining yozilishi C) Buyuk Britaniyaning Afg`onistonga harbiy harakatlarni boshlashi D) Aleksandr Byorns boshchiligidagi navbatdagi ingliz missiyasining Buxoroga tashrifi 22 / 40 22. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping. A) Olloqulixon – pul islohoti – Dishanqal’a B) Olimxon – Turkiston – “amir al-muslimin” C) Amir Shohmurod – ta’lim islohoti – “amiri ma’sum” D) Ubaydullaxon – Buxoro – Mir Arab madrasasi 23 / 40 23. Quyida tasvirlangan shaxs vorisi kim edi ? A) Muhammad Temur B) Ko`chkunchixon C) Abdulmo`min D) Shohbudog` 24 / 40 24. Buxoro shahriga oid qaysi berilgan statistik ma`lumot noto`g`ri ? A) har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan B) 100 dan ortiq madrasa mavjud bo`lgan C) 60 mingga yaqin aholi yashagan D) shaharga 18 darvozadan kirilgan 25 / 40 25. " Tangrining jamoli " deb ulug`lanadigan shahar qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Toshkent B) Buxoro C) Samarqand D) Qarshi 26 / 40 26. Buxoro amirligida mavjud yer o`lchovlarini belgilang 1) 300 tanob va undan kam yerga ega hudud, aholi yashasa-yashamasa 2)bitta katta ariq bilan sug`oriladigan ellik ming tanob yer ming tanob sug`oriladigan yerga ega qishloq a)obikori b) marza c) hazora A) 1-b,2-a,3-c B) 1-a,2-c,3-b C) 1-a,2-b,3-c D) 1-b,2-c,3-a 27 / 40 27. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirgan; b) o’z hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi kurashgan; c) aholidan yig’ib olinadigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirgan; d)Badaxshon viloyatiga hokim bo’lgan; e)mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab bergan; f)akasidan keyin taxtga chiqqan; g) uning davrida qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirgan; h)Xiva xonligini Buxoro tasarrufiga kiritdi A) I-c; II-b; III-f; IV-d B) I-g; II-e; III-h; IV-f C) I-h; II-e; III-d; IV-b D) I-a; II-b; III-c; IV-g 28 / 40 28. Qaysi hukmdor Buxoro xonligini ikki yilcha idora qilgan ? A) Pirmuhammad II B) Abdulmo`min C) Abulfayzxon D) Ubaydullaxon II 29 / 40 29. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a)Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirgan; b) Xiva xonligini Buxoro tasarrufiga kiritdi; c) aholidan yig’ib olinadigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirgan; d) Balx viloyatiga hokim bo’lgan; e) mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab bergan; f) uning davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlangan; g) uning davrida qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirgan; h) o’z hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi kurashgan A) I-h; II-e; III-d; IV-b B) I-a; II-f; III-e; IV-h C) I-a; II-b; III-b; IV-d D) I-c; II-b; III-f; IV-d 30 / 40 30. Shayboniy va ashtarxoniylar davri ta`lim tizimiga mos kelmaydigan bandni begilang A) Shayboniylar davrida bolalarga 6 yoshdan ta`lim berilgan,maktabda ikki yil o`qitilib madrasaga o`tkazilgan B) Shayboniylar davrida madrasa ta`limi uch bosqichli bo`lgan, 7 yildan har bir bosqichda ta`lim berilib jami 21 yil davom etgan C) Ashtarxoniylar davrida ham bola maktabga 6 yoshdan berilgan va uch yil davomida maktabda ta`lim olgan D) Ashtarxoniylar davrida madrasa ta`limi 7-12 yil davom etgan 31 / 40 31. Rossiya Sibir xonligiga qarshi qaysi yili va kim boshchiligida qo`shin yubordi ? A) 1584-yil ,Ivanov B) 1581-yil,Yermak C) 1601-yil ataman Nechay D) 1591-yil, Ko`chimxon 32 / 40 32. Quyida berilgan qaysi asar ashtarxoniylar davrida yozilmagan ? A) " Tarixi jadidayi Toshkand" B) " Tarixi Muqimxoniy " C) " Abulfayzxon tarixi " D) " Ubaydullanoma" 33 / 40 33. Kimning ekispeditsiyasi natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o`rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o`zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo`ldilar? A) Volf B) Ebbot C) Murkford D) Byornis 34 / 40 34. 1843-yili Buxoro amirligi qaysi hudud uchun kurash olib borgani qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Balx,Nishopur-Eron; Kichik Juz-Rossiya B) Marv-Qo`qon bilan ;Xo`jand va O`ratepa-Xiva bilan C) Karmana va Shahrisabz-Qo`qon; Qiyot-Xiva D) Xo`jand va O`ratepa-Qo`qon bilan; Marv- Xiva bilan 35 / 40 35. Qaysi Buxoro amiri davrida barcha fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta`lim joriy etildi ? A) Muhammad Rahimbiy B) Amir Nasrullo C) Amir Haydar D) Shohmurod 36 / 40 36. Buxoro amirligida bugungi kun voqeligi bo`yicha aytganda Oliy sud raisi lavozimiga teng amaldor qaysi edi ? A) Muftiy B) Shayxulislom C) Qozikalon D) Muhtasib 37 / 40 37. Buxoro xonligida qaysi amaldor amlokdorni o`z vazifasiga tayinlagan ? A) otaliq B) devonbegi C) tuman hokimi D) xon 38 / 40 38. Nima uchun Ashtarxoniylar davrida xonlikning iqtisodiy taraqqiyoti tobora pasayib bordi ? A) devon va dargoh tizimining butunlay tugatilganligi B) markaziy hokimyatning nihoyatda kuchsizligi natijasida siyosiy parokandalik yuz berdi C) muntazam qo`shin saqlay olmaslik D) iqtisodiy tanazzul 39 / 40 39. Buxoro amirligi harbiy ishlariga oid bo`lmaganini aniqlang A) Qo`shinning to`pchilar qismida jami 50 ta to`p mavjud bo`lgan B) Kichik kalibrli " xitoychi " deb atalgan to`p mavjud bo`lgan C) Bosh qo`mondon yana lashkarboshi ham deb atalgan D) Porox ishlab chiqaruvchi ustalar dorukash deb atalgan 40 / 40 40. Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida O`rta Osiyo uchun raqobat kuchayib ketgan davrda Buxoroni kimlar boshqarmoqda edi? A) Amir Shohmurod va Amir Haydar B) Amir Nasirullo va Amir Abdulahad C) Amir Shohmurod va Amir Muzaffar D) Amir Haydar va Amir Nasirullo Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz