Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 InfoMaster May 4, 2023 185 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №4 16-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang. A) Ural daryosi B) Dnepr daryosi C) Kaspiy dengizi D) Qoraqum sahrosi 2 / 40 2. 1503-yilda Shayboniyxon Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egallagach, Turkiston va Toshkentga kimlarni hokim etib tayinlaydi? A) amakilari Ko'chkunchi sulton va Suyunchxo'jalarni B) ukasi Mahmud Sultonni C) Hamza sulton va uning farzandlarini D) jiyani Ubaydullo sulton va Abdullaxon II o‘g‘li Muhammad Temurlarni 3 / 40 3. Buxoro xonligida qaysi unvonni egallagan shaxs davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan? A) shayxulislom B) naqib C) rais D) otaliq 4 / 40 4. Buxoro xonligida Bosh vazir qanday atalgan? A) naqib B) mehtar C) qo'shbegi D) devonbegi 5 / 40 5. Naqib qanday vazifalarni bajargan? 1)u xonning eng yaqin va ishonchlj kishisi bo‘lgan. 2)xon farmonlarida uning nomi birinchi bo‘lib yozilgan 3)xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan, 4)harbiy yurishlar uyushtirgan 5)elchilik vazifasini ham bajargan 6)dargoh ishlari uchun ma’sul hisoblangan, 7)xon farmonlari ijrochisi hisoblangan. A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 2, 3, 5, 6, 7 6 / 40 6. Nodirshohning Buxoro ustidan qozongan g`alabasida qaysi omillar juda qo`l keldi ? A) Xiva xonining Buxoroga yordam bera olmagani B) A,B javoblar to`g`ri C) Nodirshohga qo`shni Afg`oniston hukmdorining qo`shinjo`natishi D) Buxoro xonligining muntazam qo`shini bo`lmaganligi 7 / 40 7. Buxoro va Xiva davlatlari o`rtasidagi bo`lib o`tgan urushda Xiva qo`shini qayerda mag`lubiyatga uchratildi? A) Hazorasp yaqini B) Amudaryo bo`yi C) Zarafshon vodiysi D) Sirdaryo bo`yi 8 / 40 8. Quyida faqat mulki xolis yer egaligi shakliga oid bo`lganini aniqlang 1)davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan 2)yerdan olinadigan daromad xonning xarajatlariga va vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan 3)davlatdan yer sotib olgan kishi shu yerning 2/3 qismini Davlat ixtiyorida qoldirgan 4)masjid va madrasaga tegishli yerlar edi A) 2,3,4 B) 2.4 C) 1,2,3 D) 1.3 9 / 40 9. Shayboniylar davrida …. sohasida ko‘plab yirik asarlar yaratildi ? A) B)tarix B) astronomiya C) adabiyot D) me`morchilik 10 / 40 10. Moslashtiring. 1) Kamoliddin Binoiy 2) Muhammad Haydar 3)Fazlulloh ibn Ro'zbexon 4) Hofiz Tanish al- Buxoriy 5) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy a)„Shayboniynoma” b) “Mehmonnomayi Buxoro“ c) “ Tarixi Rashidiy“ d) ,Abdullanoma“, („Sharafnomayi shohiy“), e) „Tarixi jadidayi Toshkand“ A) 1-a,2-b,3-c,4-d,5-e B) 1-a,2-c,3-b,4-e,5-d C) 1-a,2-c,3-b,4-d,5-e D) 1-a,2-e,3-b,4-d,5-c 11 / 40 11. Moslashtiring 1)Farg`ona vodiysi Buxoro xonligidan ajralib chiqdi 2) Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar Samarqandni egalladilar 3)Ubaydullaxon II taxtga chiqdi 4)Abulfayzxon hoimyatni egalladi a)1723-yil b) 1709-yil c) 1711-yil d) 1702-yil A) 1-a,2-b,3-d,4-c B) 1-b,2-d,3-a,4-c C) 1-b,2-a,3-d,4-c D) 1-c,2-a,3-d,4-b 12 / 40 12. Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida O`rta Osiyo uchun raqobat kuchayib ketgan davrda Buxoroni kimlar boshqarmoqda edi? A) Amir Shohmurod va Amir Haydar B) Amir Nasirullo va Amir Abdulahad C) Amir Haydar va Amir Nasirullo D) Amir Shohmurod va Amir Muzaffar 13 / 40 13. Qaysi hukmdor Buxoro xonligini ikki yilcha idora qilgan ? A) Abulfayzxon B) Abdulmo`min C) Ubaydullaxon II D) Pirmuhammad II 14 / 40 14. Quyida berilgan mulohaza to`g`rimi? “Podsholar gulshani” asarining muallifi XIX asrning birinchi yarimida ijod etgan. A) To`g`ri B) Noto`g`ri 15 / 40 15. Qaysi Buxoro amiri davrida barcha fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta`lim joriy etildi ? A) Amir Haydar B) Shohmurod C) Amir Nasrullo D) Muhammad Rahimbiy 16 / 40 16. Bir yilda hukmronligi tugagan shaxslarni belgilang A) Amir Shohmurod va Rizoquli B) Muhamad Rahimbiy va Nodirshoh C) Ivan IV va Ubaydullaxon II D) Abulfayzxon va Nodirshoh 17 / 40 17. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri Amir Nasrullo davrida sodir bo`lmagan ? A) she`rlaridan 2 devon , bizgacha 3 ming misra she`rlari yetib kelgan ijodkorning vafoti B) " Tarixi jahonkushoy " asarining yozilishi C) Buyuk Britaniyaning Afg`onistonga harbiy harakatlarni boshlashi D) Aleksandr Byorns boshchiligidagi navbatdagi ingliz missiyasining Buxoroga tashrifi 18 / 40 18. Rossiya Sibir xonligiga qarshi qaysi yili va kim boshchiligida qo`shin yubordi ? A) 1601-yil ataman Nechay B) 1581-yil,Yermak C) 1584-yil ,Ivanov D) 1591-yil, Ko`chimxon 19 / 40 19. Buxoro xonligi va Xiva xonligi o`rtasidagi qarama-qarshilik qaysi davlat hukmdorlari davrida kuzatilgan ? A) Imomqulixon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon B) Abdulazizxon-Anushaxon; Boqi Muhammad- Sherg`ozixon C) Abdulazizxon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon D) Subhonqulixon-Abulg`oziyxon; Imomqulixon- Anushaxon 20 / 40 20. Quyida berilganlardan qaysi javob ashtaxoniy hukmdor Subhonqulixon o`g`lining boshqaruv davriga oid ? A) Mahmudbiy otaliqqa Balx hokimligini topshirdi B) Ibrohimbiy va Rajab Sulton qo`zg`aloni kuzatildi C) Siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tufayli taxtdan voz kechadi D) Poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi 21 / 40 21. Quyidagi me`moray inshoot qaysi yili va kim tomonidan qurilgan ? A) Ubaydullaxon 1533-1536-yillar davomida B) Yalangto`sh Bahodir, 1619-yil C) Abdullaxon, 1577-yil D) Shayboniyxon,1507-yil 22 / 40 22. Kimning ekispeditsiyasi natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o`rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o`zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo`ldilar? A) Volf B) Ebbot C) Byornis D) Murkford 23 / 40 23. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirgan; b) o’z hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi kurashgan; c) aholidan yig’ib olinadigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirgan; d)Badaxshon viloyatiga hokim bo’lgan; e)mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab bergan; f)akasidan keyin taxtga chiqqan; g) uning davrida qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirgan; h)Xiva xonligini Buxoro tasarrufiga kiritdi A) I-g; II-e; III-h; IV-f B) I-c; II-b; III-f; IV-d C) I-a; II-b; III-c; IV-g D) I-h; II-e; III-d; IV-b 24 / 40 24. Samarqand qaysi hukmdor davrida baland devor bilan o`raglan? A) Amir Shohmurod B) Amir Nasirullo C) Doniyolbiy otaliq D) Amir Haydar 25 / 40 25. Buxoro amirligining tashqi siyosatida elchilik vazifasini bajargan shaxslar faoliyatiga mos keluvchi bandni belgilang 1)Buxoro-Eron o`rtasida urush kelib chiqqudek bo`lsa,birgalikda harakat qilish taklif etildi 2)Buxor-Usmonli davlati munosababtlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligi bilishga urinildi 3)har ikki davlat o`rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar qaror topishi uchun astoydil harakat qildi a)Doniyolbiy tomonidan yuborilgan Ernazar Maqsudov b)Amir Nasrullo tomonidan yuborilgan Polvonquli qurchi c)Amir Haydar tomonidan yuborilgan Niyozbek parvonachi d)Shohmurod toonidan yuborilgan Polvonquli qurchi A) 1-b; 2,3-d B) 1,2-a; 3-c C) 1-d; 2,3-a D) 1,2-c; 3-d 26 / 40 26. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Sirdaro bo`ylari B) Amudaryo qirg`oqlari C) Marv yaqinida D) Zarafshon daryosi bo`ylari 27 / 40 27. Quyida tasvirlangan shaxs vorisi kim edi ? A) Ko`chkunchixon B) Muhammad Temur C) Abdulmo`min D) Shohbudog` 28 / 40 28. Buxoro xonligi aholisi manbalarda qaysi asrda o`zbek va tojiklardan iborat ekanligi aytilgan ? A) XV asr boshlari B) XIV asr oxiri C) XVII asr oxiri D) XVI asr boshlari 29 / 40 29. Quyida berilgan amaldorlar va ularni turli ishlarga buyurgan hukmdorlarni mos ravishda belgilang A) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohimbiy B) Amir Shohmurod-Polvonquli qurchi; Amir Haydar-Ernazarbiy C) Amir Nasrullo- Ernazarbiy; Amir Haydar- Polvonquli qurchi D) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohim parvonachi 30 / 40 30. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping. A) Amir Shohmurod – ta’lim islohoti – “amiri ma’sum” B) Olimxon – Turkiston – “amir al-muslimin” C) Olloqulixon – pul islohoti – Dishanqal’a D) Ubaydullaxon – Buxoro – Mir Arab madrasasi 31 / 40 31. Quyida berilganlardan qaysi biri shayboniy Ubaydullaxon hukmronligining so`nggi yili sodir bo`lgan ? A) Abdulatifxon vafot etdi B) Abdullaxon II amalda hokimyatni egalladi C) Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlandi D) Navro`z Ahmadxon amakivachchasi Abdulatifxon bilan birlashib Buxoroni egalladi 32 / 40 32. Buxoro amiri Shohmurod davri bilan bog`liq bo`lgani qaysi javobda keltirilgan ? A) Shahrisab va Urgut bekliklarini bo`ysundirdi B) Muntazam qo`shin tuzdi C) Barcha mang`it beklariga yerlarni tanho qilib berdi D) Buxoro aholisiga tarxon yorlig`i yozib berdi 33 / 40 33. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o'rniga mos keluvchi ma’lumotni qo’ying. l) Navro'z Ahmadxon ibn Suyunchxo'ja yordamida Abdulatifxon Buxoro taxtini egalladi 2) Nodirshoh 3) 1736-yil 4) vafot etdi 5) 1502-yil 6) Ismoil Safaviy 7) 1563-yil 8) 1569-yil A) a-3, b-7, c-6, d-4 B) a-5, b-6, c-1, d-7 C) a-2, b-8, c-1, d-7 D) a-3, b-8, c-6, d-5 34 / 40 34. Buxoro shahriga oid qaysi berilgan statistik ma`lumot noto`g`ri ? A) 100 dan ortiq madrasa mavjud bo`lgan B) shaharga 18 darvozadan kirilgan C) 60 mingga yaqin aholi yashagan D) har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan 35 / 40 35. Buxoro amirligida mavjud yer o`lchovlarini belgilang 1) 300 tanob va undan kam yerga ega hudud, aholi yashasa-yashamasa 2)bitta katta ariq bilan sug`oriladigan ellik ming tanob yer ming tanob sug`oriladigan yerga ega qishloq a)obikori b) marza c) hazora A) 1-a,2-c,3-b B) 1-b,2-c,3-a C) 1-a,2-b,3-c D) 1-b,2-a,3-c 36 / 40 36. " Tangrining jamoli " deb ulug`lanadigan shahar qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Samarqand B) Buxoro C) Toshkent D) Qarshi 37 / 40 37. Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining Buxoro xonligini boshqargan vakillarini to`g`ri ketma- ketlikda belgilang 1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Subhonqulixon A) 2,3,1,4 B) 1,4,3,2 C) 3,1,4,2 D) 4,2,1,3 38 / 40 38. Nima uchun Ashtarxoniylar davrida xonlikning iqtisodiy taraqqiyoti tobora pasayib bordi ? A) iqtisodiy tanazzul B) devon va dargoh tizimining butunlay tugatilganligi C) muntazam qo`shin saqlay olmaslik D) markaziy hokimyatning nihoyatda kuchsizligi natijasida siyosiy parokandalik yuz berdi 39 / 40 39. 1843-yili Buxoro amirligi qaysi hudud uchun kurash olib borgani qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Karmana va Shahrisabz-Qo`qon; Qiyot-Xiva B) Xo`jand va O`ratepa-Qo`qon bilan; Marv- Xiva bilan C) Balx,Nishopur-Eron; Kichik Juz-Rossiya D) Marv-Qo`qon bilan ;Xo`jand va O`ratepa-Xiva bilan 40 / 40 40. Buxoro amirligi harbiy ishlariga oid bo`lmaganini aniqlang A) Bosh qo`mondon yana lashkarboshi ham deb atalgan B) Qo`shinning to`pchilar qismida jami 50 ta to`p mavjud bo`lgan C) Kichik kalibrli " xitoychi " deb atalgan to`p mavjud bo`lgan D) Porox ishlab chiqaruvchi ustalar dorukash deb atalgan Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz