Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №6 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №6 InfoMaster May 4, 2023 292 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf O'zbekiston tarixi №6 27-31-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang. A) 1505-yil B) 1506-yil C) 1507-yil D) 1503-yil 2 / 40 2. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim qaysi yillarda yashagan? A) 1523-1603-yillar B) 1535-1602-yillar C) 1525-1598-yillar D) 1532-1602-yillar 3 / 40 3. Shayboniylar va Bobur Mirzo o'rtasidagi to'qnashuvda qaysi davlat qo'shinlari Boburga ittifoqchi sifatida jangga kiradi? A) Rossiya B) Usmonli turklar C) Hindiston D) Eron 4 / 40 4. Saroy qutlovi lavozimi qanday ishlar uchun ma’sul hisoblangan? A) davlat mablag'i hisobidan amalga oshiriladigan ishlar uchun ma’sul hisoblangan B) saroydagi amaldorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar uchun ma’sul hisoblangan C) davlatning moliya va xo'jalik ishlari uchun javobgar hisoblangan D) dargoh xavfsizligi uchun javobgar hisoblangan 5 / 40 5. Shayx maslahati bilan yuk tashuvchi,keyinchalik, pichoqqa qin yasab, shu orqali ro`zg`or tebratgan hukmdor kim edi ? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Amir Shohmurod D) Doniyolbiy otaliq 6 / 40 6. Quyida faqat mulki xolis yer egaligi shakliga oid bo`lganini aniqlang 1)davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan 2)yerdan olinadigan daromad xonning xarajatlariga va vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan 3)davlatdan yer sotib olgan kishi shu yerning 2/3 qismini Davlat ixtiyorida qoldirgan 4)masjid va madrasaga tegishli yerlar edi A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 2.4 D) 1.3 7 / 40 7. Quyida berilgan qaysi asar ashtarxoniylar davrida yozilmagan ? A) " Tarixi jadidayi Toshkand" B) " Abulfayzxon tarixi " C) " Ubaydullanoma" D) " Tarixi Muqimxoniy " 8 / 40 8. Kimning ekispeditsiyasi natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o`rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o`zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo`ldilar? A) Ebbot B) Volf C) Murkford D) Byornis 9 / 40 9. Quyida berilganlardan qaysi ma`lumotlar yasovulboshiga tegishli ? 1)xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan 2)maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishiga javobgar bo`lgan 3)xonning qo`riqlanishiga javobgar 4)qo`shinga qo`mondonlik qilgan 5)qo`shinning holati uchun javobgar bo`lgan 6)turkman qabilalaridan tuzilgan qo`shinni boshqargan A) 1,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,5 10 / 40 10. Xorazm xalqini mustaqilllik uchun kurashga ko`tarishda yana qaysi shaxs muhim rol o`ynadi ? A) Sayid Hisomiddin qattol B) Xiva parvonachisi Niyozbek C) ChinSo`fi D) Musulmonqul 11 / 40 11. Nechanchi yilda Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlandi? A) 1996-yil B) 1995-yil C) 1997-yil D) 1993-yil 12 / 40 12. 1556-yilda Sirdaryonining quyi etagiga ko‘chib kelgan qoraqalpoqlar qaysi xonlik tarkibiga kirgan? A) Xiva xonligi B) qozoqlaming О‘rta Juz xonligi C) No‘g‘ay xonligi D) qozoqlaming Kichik Juz xonligi 13 / 40 13. “O‘zbeklar Xorazmda”, ’’Inoqlar hukmdorligi”, “Qo‘ng‘irot sulolasi” kabi asarlar muallifi kim? A) N.Ignatyev B) X.Vamberi C) N.Vasilevskiy D) S.Jukovskiy 14 / 40 14. 9.1842-yil Xiva- Rossiya o'rtasida tuzilgan “Majburiyatlar akti” ga muvofiq Xiva xoni qanday majburiyatlarni oldi? 1)rus asirlarini saqlamaslik; 2)xonlikdagi Rossiya fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash; 3)Rossiya tovarlaridan olinadigan bojning 7 % dan oshmasligi; 4)turkmanlarning yovmut qabilasi taqdirini Rus hukumatiga topshirish; 5)qozoq qabilalarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik 6)Xiva xonligining ikkita bekligida rus savdogarlarining bojsiz savdo qilishini ta’minlash; 7)Xivaning Rossiyaga dushmanlik kayfiyatda bolishidan voz kechishlik. A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 4, 6 15 / 40 15. Korandalar kimlar? A) Davlat yerini ijaraga oluvchilar B) Davlat yerida yollanma xizmat bilan shug'ullanuvchilar C) Vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar D) Xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar 16 / 40 16. XIX asr boshlarida quyidagi qaysi juftliklar o‘rtasida elchilik munosabatlari o'rnatilgan? A) Xiva-Qo‘qon B) Xiva-Eron C) Xiva-Rossiya D) Xiva-Afg‘oniston 17 / 40 17. Qachon Xiva xonlari arxivi hujjatlari Peterburg shahriga olib ketilgan? A) 1873-yilda B) 1879-yilda C) 1872-yilda D) 1876-yilda 18 / 40 18. Qaysi rus elchisining tashabbusi bilan imzolangan bitimda savdogarlardan olinadigan boj miqdori 5 % dan oshmasligi belgilangan edi? A) N.Muravyov B) G.Danilevskiy C) N.Ignatyev D) S. Sealkovskiy 19 / 40 19. Xorazmning tarixnavislik maktabiga asos solgan tarixiy shaxsni aniqlang. A) Hasanbek Rumlu B) Munis Xorazmiy C) Ogahiy D) Abulg‘ozi Bahodirxon 20 / 40 20. Quyidagi qaysi omil qoraqalpoqlarni Eron shohi Nodirshoh hujumidan saqlab qolgan? A) Qoraqalpoqlarning Kichik juz xonligi tarkibiga kirganligi B) Qish mavsumining boshlanib qolishi va eronliklarning sahro yurishidan voz kechishi C) Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga o‘tganligi D) Eronda boshlangan qo‘zg‘olon va Nodirshohning o‘z vataniga qaytib ketishi 21 / 40 21. Qachon Orolbo'yi o'zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olgan? A) 1715-yilda B) 1737-yilda C) 1735-yilda D) 1728-yilda 22 / 40 22. Xiva xonlari arxivi ruslar tomonidan Peterburgga olib ketilganidan qancha vaqt o‘tib, u Toshkentga qaytarib olib kelindi? A) 89 yil B) 75 yil C) 120 yil D) bir asr 23 / 40 23. Quyidagilardan qay biri Ivan Xoxlovga yuklatilgan vazifalar qatoriga kirmaydi? A) Buxoro va Xiva hukmdorlarini Rossiya bilan do'stlashishga, savdo va elchilik aloqalarini kengaytirishga ko'ndirish B) Ikki xonlikning tabiiy boyliklari va harbiy qudratini aniqlash C) Xiva xonligining qo‘shni Buxoro va Eron davlatlari bilan bo'lgan munosabatini o'rganish D) Har ikkala xonlikni Rossiyaning qudratli davlat ekanligiga ishontirish 24 / 40 24. Qaysi shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan qal’a shaklida qurilgan? A) Janaqal’a, Oydo'stqal’a, Ernazarqal’a, Eshonqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a B) Mang'it, Eshonqal’a, Ko'ko'zakqal’a, Chimboy C) Qo'ng'irot, Chimboy, Emasarqal’a, Mang'it D) Janariq, Xo'jayli, Qirqqizqal’a, Chimboy 25 / 40 25. Akademik I. Mo'minov boshchiligida yozilgan “Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bolgan tarixi” asari nechanchi yilda chop etilgan? A) 1997-yil B) 1976-yil C) 1973-yil D) 1962-yil 26 / 40 26. Xiva shahridagi Ichan qal’a nechanchi yilda Butunjahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi? A) 1995-yil B) 1992-yil C) 1997-yil D) 1990-yil 27 / 40 27. Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida qaysi qahramonlar ulug‘lanadi? A) Qublan botir, Maman botir, Omongeldi, Arslon, Qulbobo B) Surtoyshi, Arslon, Omongeldi, Edigey, O'tbosgan C) Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo'stbiy, Ernazarbiy D) Oydo'stbiy, Olloyorbey, Esangeldi, Po'latxon 28 / 40 28. Dishan qal’a devori qalinligi qancha metrni tashkii etgan? A) 4-5 metrni B) 5-6 metrni C) 2-3 metrni D) 6-7 metrni 29 / 40 29. Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi bo'lgan shaharlarni aniqlang. A) Mang'it, Xo'jayli B) Qo‘ng‘irot, Chimboy C) Qiyot, Xo‘jayli D) Chimboy, Nukus 30 / 40 30. Quyidagilardan muallifi bilan to‘g‘ri ko'rsatilgan dostonlarni aniqlang? Ajiniyoz; 2) Berdaq; 3) Jiyen Jirov. a)“Bo'zatov”; b) “Darbadar el”; c) “Avlodlar”. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-c, 2-a, 3-b 31 / 40 31. Qoraqalpoqlarning Rossiya bilan olib borgan muzokaralari natijasida qoraqalpoqlar kimga yasoq to'lashi tan olingan? A) Qozoqlarga B) Xiva xonligiga C) Kichik juzga D) Rossiyaga 32 / 40 32. Xattotlik san’atida oltin suvni yurituvchi kishi qanday atalgan? A) sarrof B) lavvoh C) muzahhib D) sahhof 33 / 40 33. Quyidagi tarixiy shaxslardan qay birining g‘azallari “Shashmaqom”ning barcha kuylariga mos tushadi? A) Ogahiy B) В) Munis C) С) Nodira D) Mashrab 34 / 40 34. Kim qoraqalqoq xalq og'zaki ijodida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan? A) O'mirbek laqqi B) Qublonbek C) Mamay botir D) Aldar ko'sa 35 / 40 35. Ichan qal’aning me’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olinishi va muzey-qo'riqxonaga aylantirilishida qancha vaqt o‘tib , u Butunjahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritilgan? A) 34 B) 21 C) 29 D) 36 36 / 40 36. Bugungi kundagi dunyodagi nechta xalq o‘z milliy davlatiga ega hisoblanadi? A) 170 dan ortiq B) 200 dan ortiq C) 150 dan ortiq D) 250 dan ortiq 37 / 40 37. Munisning “Firdavs ul-iqbol” asari Xorazmning nechanchi yillardagi tarixiga bag‘ishlangan? A) 1572-1825-yillar B) 1512-1663-yillar C) 1512-1825-yillar D) 1512-1812-yillar 38 / 40 38. Ovul qoraqalpoqlarda boshiang'ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, ularning butun hayotiga ... rahbarlik qilgan. A) Inoqlar B) Botirlar C) Biylar D) Oqsoqollar kengashi 39 / 40 39. Qoraqalpoq qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 4 B) В) 3 C) 2 D) 5 40 / 40 40. Abulg'oziy Bahodirxon nechanchi yillarda yashagan? A) 1603-1664-yillar B) 1605-1663-yillar C) 1609-1664-yillar D) 1604-1663-yillar Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz