Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 InfoMaster May 4, 2023 151 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №4 16-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Quyidagi ko‘rsatilgan sabablardan qaysi biri Muhammad Shayboniyxon uchun temuriylarning Xuroson davlatini egallashiga qiyinchilik tug'dirmadi? A) Husayn Boyqaroning muntazam qo'shini bo'lmaganligi B) Shayboniyxon tomonidan Movarounnahrning osonlik bilan egallanganligi va bu yerdagi mahalliy hokimlaming unga yordam berishi C) davlatning o'zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutganligi D) Alisher Navoiyning vazir lavozimida bo’lmaganligi 2 / 40 2. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan omillar nimalardan iborat edi? 1)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o'zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2)Mo‘guliston hukmdorlari Movoraunnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3)Safaviylar davlatining kuchayishi; 4)Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro'yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6)Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7)Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari; A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6, 7 3 / 40 3. Buxoro xonligida kim hukmronlik qilayotgan vaqtda xonlikka nisabatan Rossiyada “Buyuk Buxoro” iborasi qo'llanilgan? A) Ubaydullaxon I B) Abdulmo'minxon C) Muhammad Shayboniyxon D) Abdullaxon II 4 / 40 4. Harbiy qo'shinda to'fang (miltiq)ni doimiy ravishda qollash qachondan boshlangan? A) XVII asr o'rtalarida B) XVI asr o'rtalarida C) XVII asr boshlarida D) XVIII asrda 5 / 40 5. Buxoro xonlaridan qay biri mamlakatni biriashtirish jarayonida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi va bu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi? A) Abdullaxon II B) Navro'z Ahmadxon C) Abdullaxon I D) Ubaydullaxon I 6 / 40 6. Quyida faqat mulki xolis yer egaligi shakliga oid bo`lganini aniqlang 1)davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan 2)yerdan olinadigan daromad xonning xarajatlariga va vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan 3)davlatdan yer sotib olgan kishi shu yerning 2/3 qismini Davlat ixtiyorida qoldirgan 4)masjid va madrasaga tegishli yerlar edi A) 2.4 B) 1.3 C) 1,2,3 D) 2,3,4 7 / 40 7. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali …? A) Davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga ham erishmoqchi edi B) Eronga qarshi Rossiya bilan ittifoq tuzmoqchi edi C) Usmoniylarning O’rta Osiyoga intilishiga barham bermoqchi edi D) Makkaga boruvchi yo’lni nazoratga olmoqchi edi 8 / 40 8. Qaysi boburiylar hukmronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi? A) Humoyun va Avrangzeb B) Shoh Jahon va Humoyun C) Shoh Jahon va Avrangzeb D) Bobur va Shoh Jahon 9 / 40 9. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang A) Temuriylar davridagi tanga og`irligi 4,8 gramm edi B) Temuriylar davridagi kumush tanga oltita mis tangaga teng edi, 1507-yildagi islohotga ko`ra esa 24 mis tanga bo`ldi C) Shayboniyxon tomonidan 5,2 gramm og`irlikda kumus h tanga zarb etish yo`lga qo`yildi D) Abdullaxon II kumush tangasi 40 ta, eski tanganing 27 mis tangaga teng bo`ldi 10 / 40 10. Moslashtiring. 1) Kamoliddin Binoiy 2) Muhammad Haydar 3)Fazlulloh ibn Ro'zbexon 4) Hofiz Tanish al- Buxoriy 5) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy a)„Shayboniynoma” b) “Mehmonnomayi Buxoro“ c) “ Tarixi Rashidiy“ d) ,Abdullanoma“, („Sharafnomayi shohiy“), e) „Tarixi jadidayi Toshkand“ A) 1-a,2-b,3-c,4-d,5-e B) 1-a,2-e,3-b,4-d,5-c C) 1-a,2-c,3-b,4-d,5-e D) 1-a,2-c,3-b,4-e,5-d 11 / 40 11. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri Amir Nasrullo davrida sodir bo`lmagan ? A) Aleksandr Byorns boshchiligidagi navbatdagi ingliz missiyasining Buxoroga tashrifi B) Buyuk Britaniyaning Afg`onistonga harbiy harakatlarni boshlashi C) " Tarixi jahonkushoy " asarining yozilishi D) she`rlaridan 2 devon , bizgacha 3 ming misra she`rlari yetib kelgan ijodkorning vafoti 12 / 40 12. Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida O`rta Osiyo uchun raqobat kuchayib ketgan davrda Buxoroni kimlar boshqarmoqda edi? A) Amir Haydar va Amir Nasirullo B) Amir Nasirullo va Amir Abdulahad C) Amir Shohmurod va Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod va Amir Haydar 13 / 40 13. Buxoro shahriga oid qaysi berilgan statistik ma`lumot noto`g`ri ? A) 60 mingga yaqin aholi yashagan B) 100 dan ortiq madrasa mavjud bo`lgan C) har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan D) shaharga 18 darvozadan kirilgan 14 / 40 14. Quyida berilgan amaldorlar va ularni turli ishlarga buyurgan hukmdorlarni mos ravishda belgilang A) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohim parvonachi B) Amir Shohmurod-Polvonquli qurchi; Amir Haydar-Ernazarbiy C) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohimbiy D) Amir Nasrullo- Ernazarbiy; Amir Haydar- Polvonquli qurchi 15 / 40 15. Quyida tasvirlangan shaxs vorisi kim edi ? A) Muhammad Temur B) Shohbudog` C) Abdulmo`min D) Ko`chkunchixon 16 / 40 16. Buxoro amirligidagi harbiy harakatalar chog`ida aholidan olinadigan favqulodda soliq qanday atalgan ? A) jul B) zobitona C) to`la D) ixrojot 17 / 40 17. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirgan; b) o’z hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi kurashgan; c) aholidan yig’ib olinadigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirgan; d)Badaxshon viloyatiga hokim bo’lgan; e)mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab bergan; f)akasidan keyin taxtga chiqqan; g) uning davrida qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirgan; h)Xiva xonligini Buxoro tasarrufiga kiritdi A) I-g; II-e; III-h; IV-f B) I-c; II-b; III-f; IV-d C) I-h; II-e; III-d; IV-b D) I-a; II-b; III-c; IV-g 18 / 40 18. Qaysi Buxoro amiri davrida barcha fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta`lim joriy etildi ? A) Muhammad Rahimbiy B) Amir Nasrullo C) Shohmurod D) Amir Haydar 19 / 40 19. Kimning ekispeditsiyasi natijasida inglizlar Buxoro amirligini har tomonlama o`rganishga va mahalliy hukmdorlar orasida o`zlariga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo`ldilar? A) Murkford B) Ebbot C) Volf D) Byornis 20 / 40 20. Buxoro amirligida mavjud yer o`lchovlarini belgilang 1) 300 tanob va undan kam yerga ega hudud, aholi yashasa-yashamasa 2)bitta katta ariq bilan sug`oriladigan ellik ming tanob yer ming tanob sug`oriladigan yerga ega qishloq a)obikori b) marza c) hazora A) 1-a,2-b,3-c B) 1-b,2-c,3-a C) 1-b,2-a,3-c D) 1-a,2-c,3-b 21 / 40 21. " Tangrining jamoli " deb ulug`lanadigan shahar qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Toshkent B) Buxoro C) Samarqand D) Qarshi 22 / 40 22. Buxoro amirligda muntazam qo`shin qanday atalgan? A) qo`shun B) askariya C) lashkar D) navkariya 23 / 40 23. Buxoro amirligida bugungi kun voqeligi bo`yicha aytganda Oliy sud raisi lavozimiga teng amaldor qaysi edi ? A) Muhtasib B) Qozikalon C) Muftiy D) Shayxulislom 24 / 40 24. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a)Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirgan; b) Xiva xonligini Buxoro tasarrufiga kiritdi; c) aholidan yig’ib olinadigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirgan; d) Balx viloyatiga hokim bo’lgan; e) mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab bergan; f) uning davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlangan; g) uning davrida qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirgan; h) o’z hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi kurashgan A) I-c; II-b; III-f; IV-d B) I-a; II-b; III-b; IV-d C) I-a; II-f; III-e; IV-h D) I-h; II-e; III-d; IV-b 25 / 40 25. Quyida berilganlardan qaysi biri shayboniy Ubaydullaxon hukmronligining so`nggi yili sodir bo`lgan ? A) Navro`z Ahmadxon amakivachchasi Abdulatifxon bilan birlashib Buxoroni egalladi B) Abdullaxon II amalda hokimyatni egalladi C) Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlandi D) Abdulatifxon vafot etdi 26 / 40 26. Buxoro amiri Shohmurod davri bilan bog`liq bo`lgani qaysi javobda keltirilgan ? A) Muntazam qo`shin tuzdi B) Shahrisab va Urgut bekliklarini bo`ysundirdi C) Buxoro aholisiga tarxon yorlig`i yozib berdi D) Barcha mang`it beklariga yerlarni tanho qilib berdi 27 / 40 27. Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining Buxoro xonligini boshqargan vakillarini to`g`ri ketma- ketlikda belgilang 1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Subhonqulixon A) 2,3,1,4 B) 4,2,1,3 C) 1,4,3,2 D) 3,1,4,2 28 / 40 28. Shayboniy va ashtarxoniylar davri ta`lim tizimiga mos kelmaydigan bandni begilang A) Shayboniylar davrida madrasa ta`limi uch bosqichli bo`lgan, 7 yildan har bir bosqichda ta`lim berilib jami 21 yil davom etgan B) Ashtarxoniylar davrida madrasa ta`limi 7-12 yil davom etgan C) Shayboniylar davrida bolalarga 6 yoshdan ta`lim berilgan,maktabda ikki yil o`qitilib madrasaga o`tkazilgan D) Ashtarxoniylar davrida ham bola maktabga 6 yoshdan berilgan va uch yil davomida maktabda ta`lim olgan 29 / 40 29. Quyidagi me`moray inshoot qaysi yili va kim tomonidan qurilgan ? A) Abdullaxon, 1577-yil B) Shayboniyxon,1507-yil C) Yalangto`sh Bahodir, 1619-yil D) Ubaydullaxon 1533-1536-yillar davomida 30 / 40 30. Rossiya Sibir xonligiga qarshi qaysi yili va kim boshchiligida qo`shin yubordi ? A) 1584-yil ,Ivanov B) 1591-yil, Ko`chimxon C) 1581-yil,Yermak D) 1601-yil ataman Nechay 31 / 40 31. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Sirdaro bo`ylari B) Zarafshon daryosi bo`ylari C) Amudaryo qirg`oqlari D) Marv yaqinida 32 / 40 32. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping. A) Olimxon – Turkiston – “amir al-muslimin” B) Olloqulixon – pul islohoti – Dishanqal’a C) Ubaydullaxon – Buxoro – Mir Arab madrasasi D) Amir Shohmurod – ta’lim islohoti – “amiri ma’sum” 33 / 40 33. Buxoro amirligining tashqi siyosatida elchilik vazifasini bajargan shaxslar faoliyatiga mos keluvchi bandni belgilang 1)Buxoro-Eron o`rtasida urush kelib chiqqudek bo`lsa,birgalikda harakat qilish taklif etildi 2)Buxor-Usmonli davlati munosababtlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligi bilishga urinildi 3)har ikki davlat o`rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar qaror topishi uchun astoydil harakat qildi a)Doniyolbiy tomonidan yuborilgan Ernazar Maqsudov b)Amir Nasrullo tomonidan yuborilgan Polvonquli qurchi c)Amir Haydar tomonidan yuborilgan Niyozbek parvonachi d)Shohmurod toonidan yuborilgan Polvonquli qurchi A) 1,2-a; 3-c B) 1-b; 2,3-d C) 1,2-c; 3-d D) 1-d; 2,3-a 34 / 40 34. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o'rniga mos keluvchi ma’lumotni qo’ying. l) Navro'z Ahmadxon ibn Suyunchxo'ja yordamida Abdulatifxon Buxoro taxtini egalladi 2) Nodirshoh 3) 1736-yil 4) vafot etdi 5) 1502-yil 6) Ismoil Safaviy 7) 1563-yil 8) 1569-yil A) a-2, b-8, c-1, d-7 B) a-5, b-6, c-1, d-7 C) a-3, b-8, c-6, d-5 D) a-3, b-7, c-6, d-4 35 / 40 35. Quyida berilgan mulohaza to`g`rimi? “Podsholar gulshani” asarining muallifi XIX asrning birinchi yarimida ijod etgan. A) To`g`ri B) Noto`g`ri 36 / 40 36. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) uning davrida vaqf yer-mulkining hajmi tobora ortib borgan; b) Shayboniy Ko’chimxonning Sibir xonligi taxtini egallash ga yordam bergan; c)Ismoil Safaviy qo’shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi; d) pul islohotini amalga oshirgan A) I-c; II-a; III-b; IV-d B) I-a; II-c; III-b; IV-d C) I-b; II-c; III-d; IV-a D) I-d; II-b; III-c; IV-a 37 / 40 37. 1843-yili Buxoro amirligi qaysi hudud uchun kurash olib borgani qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Balx,Nishopur-Eron; Kichik Juz-Rossiya B) Karmana va Shahrisabz-Qo`qon; Qiyot-Xiva C) Marv-Qo`qon bilan ;Xo`jand va O`ratepa-Xiva bilan D) Xo`jand va O`ratepa-Qo`qon bilan; Marv- Xiva bilan 38 / 40 38. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi? A) 3.6 B) 2.5 C) 4.6 D) 2.4 39 / 40 39. Buxoro xonligi va Xiva xonligi o`rtasidagi qarama-qarshilik qaysi davlat hukmdorlari davrida kuzatilgan ? A) Abdulazizxon-Anushaxon; Boqi Muhammad- Sherg`ozixon B) Abdulazizxon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon C) Imomqulixon-Abulg`oziyxon; Subhonqulixon- Anushaxon D) Subhonqulixon-Abulg`oziyxon; Imomqulixon- Anushaxon 40 / 40 40. Nima uchun Ashtarxoniylar davrida xonlikning iqtisodiy taraqqiyoti tobora pasayib bordi ? A) iqtisodiy tanazzul B) devon va dargoh tizimining butunlay tugatilganligi C) markaziy hokimyatning nihoyatda kuchsizligi natijasida siyosiy parokandalik yuz berdi D) muntazam qo`shin saqlay olmaslik Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz