8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

0

8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

07.12.2022 yil oo.uzedu.uz  

olimpiada savollari!

1 / 25

1. T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda?

2 / 25

2. Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

3 / 25

3. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi?

4 / 25

4. Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishiga nima deyiladi?

5 / 25

5. Men o‘qidim. Ushbu gap ega va kesimning ishtirok etish darajasiga ko‘ra qanday gap?

6 / 25

6. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli?

7 / 25

7. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?

8 / 25

8. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang.

9 / 25

9. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi?

10 / 25

10. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi?

11 / 25

11. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang.

12 / 25

12. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang.

13 / 25

13. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan?

14 / 25

14. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan?

15 / 25

15. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan?

16 / 25

16. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi?

17 / 25

17. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan?

18 / 25

18. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang.

19 / 25

19. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping.

20 / 25

20. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan?

21 / 25

21. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud?

22 / 25

22. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi.

23 / 25

23. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi?

24 / 25

24. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot;    2) sifat;   3) ravish;   4) olmosh;  5) fe’l;   6) son.

25 / 25

25. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0