Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №4 Fizika olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 78 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132 11-sinf Fizika olimpiada №4 2022-yil 14-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 32 1. Chizmada ko’rsatilgan sxemada A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish 180 V ga teng bo’lsa, V –voltmeter necha V ko’rsatishini aniqlang. A) 25 B) 40 C) 30 D) 20 2 / 32 2. Gaz PV²=const tenglamaga muvofiq siqilmoqda. Bunda uning temperaturasi qanday o‘zgaradi? A) javob konstantaning qiymatiga bog‘liq B) ko‘tariladi C) o‘zgarmaydi D) pasayadi 3 / 32 3. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s². A) 21 B) 20 C) 35 D) 30 4 / 32 4. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping. A) 140 B) 250 C) 2500 D) 160 5 / 32 5. Ideal gaz grafikda ko’rsatilgan jarayon bo’yicha A holatdan B holatga o’tmoqda. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi o’zgarishi ∆? ning, ideal gaz bajargan ishi ? ga nisbatini toping. ? – gazning erkinlik darajasi A) (i+2)/i B) (i+2)/2 C) i/2 D) i 6 / 32 6. Sig'imi 1nF bo'lgan zaryadlanmagan yassi kondensatorning qoplamalaridan biri yerga, ikkinchisi esa ingichka uzun o'tkazgich yordamida radiusi 20sm, zaryadi 92µC bo'lgan sharchaga ulandi. Sharda qanday zaryad (µC da) qoldi? k=9·109 m/F A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 7 / 32 7. Silliq gorizontal sirtda yotgan uzunligi 50sm, massasi 900g bo’lgan taxtachaning bir uchida massasi 100g bo’lgan qurbaqa o’tiribdi. Agar qurbaqa gorizontga nisbatan 15° burchak ostida sakrayotgan bo’lsa, u taxtachaning keyingi uchiga kelib tushishi uchun qanday tezlik bilan sakrashi kerak? g=10m/s² A) 4 m/s B) 5 m/s C) 2 m/s D) 3 m/s 8 / 32 8. Sindirish korsatkichi 1,5 bolgan shishaning ichida radiusi 9 sm bolgan sferik kovak bor. Kovak sindirish korsatkichi 4/3 bolgan suv bilan toldirilgan. Kovakga parallel yoruglik nurlari tushmoqda. Kovak ichiga otuvchi yoruglik dastasining radiusini (sm da) aniqlang. A) 5 B) 7 C) 6 D) 8 9 / 32 9. 600 va 300 W quvvat istemol qiluvchi elektr kastryulya va choynak elektr tarmoqga parallel ulanganda ulardagi suv bir hil vaqtda 20 minutdan song qaynaydi. Ularni tarmoqga ketma-ket ulaganda kastryulyadagi suv choynakdagi suvdan necha minut keyin qaynaydi? Asboblarning qarshiligi ish sharoitiga bogliq emas. A) 135 min B) 35 min C) 139 min D) 145 min 10 / 32 10. Qiyalik burchagi 30° ga teng bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali kub shaklidagi taxtacha yotibdi. Qiya tekislik, 2m/s² tezlanish bilan ko’tarilayotgan liftda o’rnatilgan. Taxtachaning qiya tekislikga ko’rsatyotgan normal bosim kuchini aniqlang. g =10m/s². √3=1,7. A) 57 B) 54 C) 48 D) 51 11 / 32 11. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5- sekundning oxirida 36 km/h tezlikka Avtomobil harakatining 3-sekundida bosib o’tgan yo’lini toping. A) 3 B) 5 C) 6 D) 4 12 / 32 12. Massasi 3 kg bo’lgan jism deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga mahkamlangan. Prujinaning bikirligi 54N/m ga teng va prujinaning o’qi gorizontal yo’nalgan. Sirt va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng. Jismga qanday minimal tezlik berilganda u o’zining dastlabki holatiga qaytib keladi? g=10m/s² A) 5 m/s B) 2 m/s C) 3 m/s D) 12 m/s 13 / 32 13. Daryoning oqim tezligi 5 m/s, eni 32 m. Suvga nisbatan 4 m/s tezlik bilan suza oladigan qayiqni qayiqchi shunday boshqarmoqdaki bunda qayiq narigi qirgoqga o’tganda daryo bo’ylab eng kichik masofaga ko’chadi. Bu ko’chishni toping. A) 34 m B) 14 m C) 24 m D) 28 m 14 / 32 14. Modda miqdori 1mol bo'lgan gazni izobarik jarayonda qizdirilganda uning ichki energiyasi 747 J ga oshgani va o'zgarmas bosimda gaz solishtirma issiqlik sig'imi universal gaz doimiysiga qaraganda 20,75 J/(mol·K) ga ko'pligi malum bo'lsa, bu jarayonda gaz harorati nech gradusga ko'tarilganini toping. A) 36 K B) 66 K C) 136 K D) 39 K 15 / 32 15. Harorati 20°C bo'lgan 1kg massali suvga nam qor (tarkibida 0°C haroratdagi suvi bor) bo'lagi tashlandi. Qor bo'lagining massasi 250g. Issiqlik muvozanati holatida suvning harorati 5°C ga teng bo'lsa, qor bo'lagidagi suvning miqdorini toping(g). Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg , suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) . A) 72 B) 75 C) 77 D) 70 16 / 32 16. Prujinada garmonik tebranayotgan nuqta muvozanat vaziyatidan 4sm siljigandagi tezligii 6sm/s, 3 sm siljigandagi tezligi 8sm/s. Uning siklik chastotasini toping. A) 4 rad/s B) 2 rad/s C) 5 rad/s D) 12 rad/s 17 / 32 17. Jism to’gri chiziqli o’zgarmas tezlanishli harakatining 5-sekundida 5 m yo’l bosib o’tib to’xtadi. Jism shu harakatining ikkinchi sekundida qancha yo’l bosib o’tadi? A) 30 B) 35 C) 25 D) 40 18 / 32 18. 1,3 m/s² tezlanish bilan tushayotgan lift shiftiga maxkamlangan prujinaga yuk osilgan. Prujinaning bikirligi 595 N/m. Agar harakat davomida prujina 1 sm ga cho’zilgan bo’lsa, yukning massasini (g da) toping. g =9.8m/s² . A) 400 B) 500 C) 600 D) 700 19 / 32 19. Vertikal silindirni og'ir ishqalanishsiz harakatlana oladigan porshen ikki qismga bo'lib turadi. Porshen ostidagi gazning massasi porshen ustidagi gazning massasiga qaraganda 3 marta katta. Harorat 300K bo'lganda porshen silindirni teng ikki bo'lakga bo'ladi. Harorat 800K bo'lganda porshen ostidagi gazning hajmi porshen ustidagi gazning hajmidan necha marta katta bo'ladi? A) 1 marta B) 6 marta C) 2 marta D) 9 marta 20 / 32 20. Shamolning tezligi 10 m/s bo’lgan paytda yomg’ir tomchilari vertikalga 30°burchak tashkil qilib tushadi. Shamolning tezligi (m/s) qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 60° burchak ostida tushadi? A) 30 B) 25 C) 40 D) 35 21 / 32 21. Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda 10sm masofada turganda, suyuq dielektrik ichida 5sm masofada turgandagidek kuch bilan tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini aniqlang. A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 22 / 32 22. Kubning har bir qirrasi 6 Om qarshilikka ega. Kub katta dioganali bo'ylab qarama-qarshi uchlari orasidagi umumiy qarshilikni hisoblang. A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 23 / 32 23. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday sovutildiki bunda uning bosimi 5 marta kamaydi. Shundan so'ng izobarik ravishda dastlabki 400K haroratgacha qizdirildi. Gaz qanday ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8,3 J/(mol·K). A) 2500 B) 2656 C) 2635 D) 2576 24 / 32 24. Ikkita idish krani bor ingichka trubkacha yordamida ulangan. Birinchi hajmi 3 l bo'lgan idish bosimi 10kPa bo'lgan gaz bilan to'ldirilgan, ikkinchi hajmi 6 l bo'lgan idishdagi bosim hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik. Birinchi idishdagi gazning harorati 27°C. Agar kranni ochib gazning harorati 177°C gacha ko'tarilsa, idishlarda qanday bosim (kPa da) qaror topadi? A) 6 B) 8 C) 5 D) 7 25 / 32 25. Ipak ipga osilgan kichkina sharcha 49 nC zaryadga ega. Sharcha kuchlanganligi 100 kN/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda tangensi 0,125 ga teng bo'lgan burchakka og'gan. Sharcha massasini (g) toping? g=9.8m/s². A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 26 / 32 26. Massasi 120 kg bo’lgan arava ustida massasi 80 kg bo’lgan odam bilan birga 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Odam arava ustida, aravaning harakati yo’nalishida o’zgarmas tezlik bilan yurishni boshladi. Odam aravaga nisbatdan qanday tezlik (sm/s) bilan harakatlanganda arava to’xtaydi? A) 80 B) 85 C) 75 D) 90 27 / 32 27. Harorati 27°C bo'lgan 2mol ideal gaz molekulalarning ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini (J) aniqlang. Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol·K) . A) 7479 B) 7846 C) 6878 D) 6878 28 / 32 28. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ? 29 / 32 29. 64 km/soat tezlik bilan ketayotgan poyezdning 1/5 qismi ajralib ketdi. Qandaydir vaqtdan keyin poyezdning ajralib ketgan qismining tezligi ikki marta kamaydi. Ajralishdan so’ng poyezdning tortish kuchi o’zgarmadi deb hisoblab, o’sha vaqt momentida poyezdning asosiy qismining tezligini aniqlang (km/soat). Ishqalanish kuchini ogirlikga proportsional deb hisoblang. A) 66 B) 72 C) 75 D) 69 30 / 32 30. Nuqtaviy yoruglik manbai fo’kus masofasi 6 sm bo’lgan yiguvchi linzaning bosh o’ptic o’qida linzadan 8 sm masofada joylashgan. Linzani uning bosh o’ptic o’qiga perpendikyular yo’nalishda 3 mm/s tezlik bilan siljita boshlashdi. Manbaning tasviri qanday tezlik bilan harakatlana boshlaydi. A) 32 mm/s B) 22 mm/s C) 2 mm/s D) 12 mm/s 31 / 32 31. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ? A) 5 B) 6 C) 7 D) 4 32 / 32 32. Gorizontga nisbatan qiyaligi 300 burchak tashkil qilgan tog’ qiyaligiga nisbatan perpendikulyar holatda 6m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptok qiyalik bo’ylab otilish nuqtasidan qanday masofaga (sm da) borib tushadi? A) 480 m B) 4,8 m C) 4800 m D) 48 m 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz