Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №4 Fizika olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 426 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Fizika olimpiada №4 2022-yil 14-oktabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 30 1. Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 8 marta ortadi B) O’zgarmaydi C) 16 marta ortadi D) 4 marta ortadi 2 / 30 2. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatni boshlab tezligi 70 km/soatga yetganida u manzilgacha bo’lgan yo’lning 1/3 qismini bosib o’tdi. Qolgan yo’lning birinchi yarmida shu tezlik bilan, ikkinchi yarmida esa 60 km/soat tezlik bilan tekis harakatlandi. Avtomobil 2,5 soat harakatlangan bo’lsa, uning butun harakati davomidagi o’rtacha tezligini toping (km/soat) A) 65.5 B) 45.4 C) 60 D) 50.4 3 / 30 3. Ikki nuqtaviy zaryaddan har bir zaryadning miqdorini √5 martadan orttirilsa va ular orasidagi masofani 4 marta kamaytirilsa o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) O’zgarmaydi B) 8 marta ortadi C) 80 marta ortadi D) 4√5 marta ortadi 4 / 30 4. Faradey doimiysi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) 96500 C/mol B) 96500 kg/mol C) 96500 A/mol D) 96500 J/mol 5 / 30 5. Induksiyasi 25 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonida kuch chiziqlariga perpendikulyar ravishda uzunligi 40 sm va massasi 5 g bo’lgan elektr liniyasining qismi joylashgan. Agar liniyadagi tok 3 A ekanligi ma’lum bo’lsa bu qism magnit maydoni ta’sirida qanday tezlanishga (?/?²) ega bo’lib qoladi? A) 3 B) 12 C) 6 D) 15 6 / 30 6. Jism yer sirtidan tik yuqoriga 50 m/s tezlik bilan uloqtirildi. Shu jism 10 s da qanday yo’l (m) o’tishini toping. ? = 10 m/s² A) 25 B) 150 C) 250 D) 36 7 / 30 7. Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani 3 marta orttirib va har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 144 marta ortadi B) 12 marta ortadi C) O’zgarmaydi D) 16/9 marta ortadi 8 / 30 8. Chizmada ko’rsatilgan K va L massalari nisbati ??/?K= 3 va balandliklarining nisbati ℎ?/ℎK= 2 bo’lsa, u olda bu jismlarning potensial energiyalarining (??/?K) nisbatini toping A) 21 B) 12 C) 16 D) 14 9 / 30 9. Jism tinch holatdan harakat boshlab avval ? tezlanish bilan ? so’ngra 2? tezlanish bilan 2? vaqt harakatlansa, u qanday masofani bosib o’tadi? A) B B) D C) C D) A 10 / 30 10. Protoning massasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) 1,67 ∗ 10⁻²⁷ ?? B) 9,1 ∗ 10⁻³¹?? C) 1,67 ∗ 10⁻³¹?? D) 9,1 ∗ 10⁻²⁷ ?? 11 / 30 11. Izoxorik jarayonda gazning bosimi 20kPa ga oshdi. Gazning harorati esa 200 K dan 80 K ga ortgan bo’lsa, uning oxirgi bosimini (kPa da) ni toping. A) 86 B) 170 C) 70 D) 180 12 / 30 12. Ideal gazga 400 J issiqlik berildi. Bunda uning ichki energiyasi 100 J ga kamaydi. Ideal gaz ustida tashqi kuchlarning bajargan ishini (J) toping. A) -650 B) -400 C) -500 D) -200 13 / 30 13. Jismning o’rtacha tezligi qanday ifoda orqali topiladi? A) A B) C C) D D) B 14 / 30 14. Qaysi qonuning amaliy ko’rinishi chizmada berilmoqda? A) Nyutonning 2 – qonuni B) Nyutonning 3– qonuni C) Nyutonning 1 – qonuni D) Guk qonuni 15 / 30 15. Elektrolizda buyumni nikellash t vaqt davom etib, buyum m massasi nikel bilan qoplandi. Elektroliz vaqtidagi tokning qiymatini toping. k – nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti. A) mt/k B) mk/t C) mkt D) m/kt 16 / 30 16. Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi 30 m/s va aylanish radiusi 20 m bo’lsa jismning tangensial tezlanishini toping.(m/?²) A) 60 B) 0 C) 45 D) 600 17 / 30 17. Rezistordan 3 A tok o’tishi uchun, uning uchlaridagi kuchlanishi 210 V ekanlig ma’lum bo’lsa, bu rezistorning elektr quvvatini (W) toping. A) 630 B) 315 C) 1890 D) 7 18 / 30 18. Sig’imi 25 pF bo’lgan kondensatorning kuchlanishi 25 V ekanligi ma’lum bo’lsa unda to’plangan zaryad miqdorini (pC) toping. A) 5 B) 25 C) 625 D) 1 19 / 30 19. Tabiatdagi qutb yog’dusi hodisasini nimaning mavjudligi bilan izohlash mumkin? A) Oyning yer atrofidagi aylanishi B) Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi C) Yerning magnit maydoni D) Yerning quyosh atrofida aylanishi 20 / 30 20. Nuqtaviy zaryaddan 3 sm masofadagi nuqtaning maydon kuchlanganligi 70 kV/m ga teng va nuqtaviy zaryad tomon yo’nalgan bo’lsa, shu zaryadni (nC) toping. A) -70 B) +7 C) +70 D) -7 21 / 30 21. Chizmadan foydalanib bir jinsli richagning og’irligini (N) toping. P = 40 N A) 80 B) 120 C) 40 D) 20 22 / 30 22. Chizmada ko’rsatilgan manbaning kuchlanishi 102 V ga teng bo’lsa R4 rezistordan necha A tok oqishini toping. A) 4 B) 6 C) 1 D) 2 23 / 30 23. Jism tik yuqoriga 40 m/s tezlik bilan vertikal otildi. Jism necha sekunddan (s) so’ng maksimal balandlikka ko’tariladi? ? = 10 ?/?² A) 10 B) 4 C) 80 D) 6 24 / 30 24. Massasi 0,2 kg bo’lgan olma yer sirtidan 8 m balandlikda daraxat shoxida osilib turibdi. Olmaning potensial energiyasini (J) toping. ? = 10 ?/?² A) 16 B) 80 C) 8 D) 160 25 / 30 25. Sportchi uzunligi 250 m bo’lgan stadion bo’ylab 8 marta to’liq yugurib o’tdi. Uning o’tgan yo’lini (km) toping. A) 0 B) 2000 C) 250 D) 2 26 / 30 26. Chizmada ko’rsatilgan rezistorlarning qaysi biridan ko’proq tok oqib o’tadi? A) ?2 B) ?1 C) ?3 D) Barchasidan bir hil tok oqadi 27 / 30 27. 0,2 kg massali tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lmasa va ?0 = 30 ?/?, h = 20 m ga teng bo’lsa, toshning B nuqtadagi to’liq mexanik energiyasini toping. ? = 10 ?/?² A) 140 B) 60 C) 110 D) 130 28 / 30 28. Elektrolizda buyumni nikellash t vaqt davom etib, buyum m massasi nikel bilan qoplandi. Elektroliz vaqtidagi tokning qiymatini toping. k – nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti. A) m/kt B) mt/k C) mkt D) mk/t 29 / 30 29. Harakatlanayotgan zaryadli zarracha bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlari bo’ylab uchib kirdi. Uning shu maydondagi trayektoriyasining shakli qanday bo’ladi? A) Aylana B) To’g’ri chiziq C) Vintsimon D) Spiralsimon 30 / 30 30. Qarshiligi 40 Om bo’lgan o’tkazgichdan 2 A tok o’tayotgani m’alum bo’lsa, shu o’tkazgichning uchlaridagi potensiallar farqini (V) toping. A) 38 B) 42 C) 80 D) 20 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6