9-sinf Informatika №10 1-chorak Oktabr 29, 2022Oktabr 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Informatika №10 1-chorak ga 2 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №10 1-chorak uchun III BOB. ALGORITMLASH ASOSLARI 18-darslar. NAZORAT ISHI 1 / 25 1. Qanday mulohaza turlari mavjud? A) Sodda mulohazalar ,murakkab mulohazalar B) Barcha javoblar to’g’ri C) Tushuncha ,xulosa D) Matematik, dialektik, formal 2 / 25 2. Mantiqning o‘rganish obyektini ko’rsating. A) Farosat B) Tafakkur C) Salohiyat D) Kuzatish 3 / 25 3. Dizyunksiya amaliga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi mulohaza B) Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi mulohaza C) A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan yangi mulohaza D) A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg‘on bo‘lganda rost bo‘ladigan yangi mulohaza 4 / 25 4. Ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi bеlgilari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. A) A yoki B, A and B, A∧B, A·B, A∩B, A&B B) A yoki B, A or B, A ∨ B, A + B, A ∩ B C) A yoki B, A or B, A ∨ B, A + B, A U B D) A yoki B, A and B, A ∨ B, A + B, A U B 5 / 25 5. Mulohazalar to‘plami va unda bajariladigan barcha &, ∨, ⏋, =>, <=> amallar birgalikda ..... deb yuritiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni tanlang. A) Mantiqiy amallar B) Mantiqiy formula C) Mulohazalar yig’indisi D) Mulohazalar algebrasi 6 / 25 6. Quyidagi mantiqiy mulohazalarga mos rostlik jadvalida nechta rost qiymat qabul qiladi. B & (A ∨ B) A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 7 / 25 7. Konyunktor amali bu... A) Bunday amal yo’q B) (“YOKI” mantiqiy elementi) mantiqiy qo‘shishni amalga oshiradi; C) (“VA” mantiqiy elementi) mantiqiy ko‘payishni amalga oshiradi; D) (“EMAS” mantiqiy elementi) rad etishni amalga oshiradi. 8 / 25 8. Quyidagi rasmdan Invertor va Konyunktor sxеmasi toping. A) 3,4 va 1,6 B) 3,4 va 2,6 C) 2,4 va 1,6 D) 3,5 va 1,6 9 / 25 9. Quyidagi sxemadan foydalanib natijani aniqlang. A=1, B=0, C=0, D=1 A) Rost B) Yolg'on 10 / 25 10. Shartni bajaring. (A∨С)=>(⏋BvA&D)=1 A) 4 B) 13 C) 6 D) 12 11 / 25 11. Qaysi bosqichda: Dastur ishga tushiriladi, natijasi tahlil qilinadi. A) 4-bosqichda B) 5-bosqichda C) 3-bosqichda D) 6-bosqichda 12 / 25 12. “Masalaning qo‘yilishi” nechanchi bosqich hisoblanadi? A) 2-bosqich B) 1-bosqich C) 3-bosqich D) 4-bosqich 13 / 25 13. Model - A) izlanish olib borilayotgan sohaning obyekti nusxasi; B) biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo'lib, u izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob berishi zarur. C) bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon. D) o'rganilayotgan obyektning haqiqiy ko'rinishi; 14 / 25 14. Obyektlarni ifodalash vositalari bo‘yicha modellarning qanday turlari mavjud? A) axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy modellar B) Abstrakt modellar, Fizik modellarda, Biologik model C) statik va dinamik modellar D) о‘quv, tajriba, о‘yin, imitatsion, ilmiy-tadqiqot modellari 15 / 25 15. Algoritimning “Aniqlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. B) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. C) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. D) Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart. 16 / 25 16. “Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Оmmаviylik B) Diskretlilik C) Tushunаrlilik D) Aniqlilik 17 / 25 17. Quyidagi blokning vazifasini toping. A) Qiymat berish yoki tegishli ko‘rsatmalarni bajarishga xizmat qiladi. B) Shart tekshirish orqali algoritmning bajarilish yo‘nalishi belgilanadi. Agar romb ichida yozilgan shart o‘rinli bo‘lsa, u holda boshqaruv “ha” tarmog‘i, aks holda, “yo‘q” tarmog‘i bo‘ylab uzatiladi. C) Algoritm blok-sxemasining boshlanishi va tugashida qo‘llaniladi. D) Dastlabki ma’lumotlar kiritishni tashkil qilish va olingan ma’lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. 18 / 25 18. Quyidagi blokning vazifasini toping. A) Parametrli takrorlanish jarayonni tashkil qilishda qo‘llaniladi. B) Qiymat berish ko‘rsatmasi hisoblanadi. C) Oldindan yaratilgan yordamchi algoritmga murojaat qilish uchun ishlatiladi. D) Natijalarni bosib chiqarish uchun ishlatiladi. 19 / 25 19. Ushbu mantiqiy sxemaning natijasi YOLG'ON bo'lsa, mos ravishda p, q va r ning qiymatlarini toping. A) 1;0;0 B) 0;1;0 C) 0;0;0 D) 1;0;1 20 / 25 20. Matematik mantiq .. A) tatik voqelikga oid bo‘lib, tafakkur strukturasini fikrning aniq mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda o‘rganadi. B) dinamik voqelikga oid bo‘lib, tafakkurni uning mazmuni va shakli yaxlitligi hamda rivojlanishi orqali o‘rganadi. C) tafakkurni matematik usullar yordamida tadqiq etadi. D) barcha javoblar to'g'ri 21 / 25 21. Mantiq fani necha turga bo'linadi ? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 22 / 25 22. Mantiqiy qo‘shish amaliga mos rostlik jadvali toping. 1. 2.3. 4. A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 23 / 25 23. Konyunktor – mos tushish sxеmalarni belgilang. 1.2. 3. 4.5. 6. A) 1,2 B) 6,1 C) 6,4 D) 3,5 24 / 25 24. A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan mulohazaga A hamda B mulohazalarning .... deyiladi. A) konyunksiya (lot. conjunctio – bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali B) implikatsiyasi C) dizyunksiya (lot. disjunctio – farqlayman, ajrataman) – mantiqiy qo‘shish amali D) ekvivalensiyasi 25 / 25 25. Invertor amali bu-... A) (“YOKI” mantiqiy elementi) mantiqiy qo‘shishni amalga oshiradi; B) (“VA” mantiqiy elementi) mantiqiy ko‘payishni amalga oshiradi; C) (“EMAS” mantiqiy elementi) rad etishni amalga oshiradi. D) Mantiqiy amalga mos kelmaydi 0% tomonidan Wordpress Quiz plugin 9-sinf Informatika, Informatika choraklik