Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 528 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 -yilda viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Chizmada ko’rsatilgan sxemaning K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig’im necha μF ekanligini toping. A) 4 B) 6 C) 8 D) 4.8 2 / 25 2. Massasi 200 kg bo’lib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqdan massasi 50 kg bo’lgan bola gorizontal yo’nalishda 7 m/s tezlik bilan sakradi. Bola qayiqning uchidan harakat yo’nalishi bo’yicha sakrasa qayiqning tezligi moduli qanday bo’ladi ? A) 0,05 m/s B) 0,5 m/s C) 0,25 m/s D) 1 m/s 3 / 25 3. O’tkazgich bo’ylab 0,8 A tok o’tmoqda. O’tkazgich orqali 10 minut ichida ? ∗ 1019 ta elektron oqib o’tdi. ? ni toping. A) 200 B) 250 C) 100 D) 300 4 / 25 4. Odam tanasi elektr tokiga nisbatan yaxshi o’tkazgich hisoblanadi. Javoblarda keltirilgan necha V kuchlanishli elektr tarmog’i inson organizmi uchun xavfli hisoblanadi? A) 35 B) 45 C) 15 D) 25 5 / 25 5. Krilovning mashxur masaliga ko’ra 3 jonzotning o’rtasida qolgan aravacha joyidan qo’zg’almaydi. Bu hodisani fizikaning qaysi qonuni orqali izohlash mumkin? A) Nyutonning 2 – qonuni B) Butun olam tortishish qonuni C) Nyutonning 3 – qonuni D) Nyutonning 1 – qonuni 6 / 25 6. Ikki nuqtaviy zaryaddan har bir zaryadning miqdorini √5 martadan orttirilsa va ular orasidagi masofani 4 marta kamaytirilsa o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 8 marta ortadi B) O’zgarmaydi C) 4√5 marta ortadi D) 80 marta ortadi 7 / 25 7. Ideal gazning bosimi ham, hajmi ham 3 martadan oshirilganida uning harorati 800 K ga oshgani ma’lum bo’lsa, shu gazning oxirgi haroratini (℃) aniqlang. A) 650 B) 400 C) 623 D) 500 8 / 25 8. Tomoni 1m va massasi 800√3 kg bo’lgan bir jinsli kub yerga bir uchiga tayantirilgan holda joylashtirildi, bunda katta dioganali yerga nisbatan perpendikulyar bo’lib qoldi. Bunda uning potensial energiyasi necha kJ ga teng bo’ladi? ? = 10 ?/?². √3 ≈ 1.7; √2 ≈ 1.4 A) 10 B) 12 C) 11 D) 9 9 / 25 9. Deformatsiyalanmagan prujinani 5 sm ga cho’zish uchun A ish bajarildi, shu vaziyatdan yana 10 sm masofaga cho’zish uchun qanday ish bajariladi? A) 2A B) 9A C) 4A D) 8A 10 / 25 10. Massasi 88 g bo’lgan CO₂ ideal gazi normal sharoitda qanday hajmni (litr) egallaydi? A) 450 B) 22.4 C) 44.8 D) 62.5 11 / 25 11. Chizmada ko’rsatilgan jismlar tinch holatda bo’lsa tekislikda joylashgan jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday maksimal qiymatida jismlarning vaziyati o’zgarnaydi? Yuqoridagi jismning massasi 3m, osilgan jismniki esa m. A) 1/4 B) 10/3 C) 1/2 D) 1/3 12 / 25 12. Jism 20 m/s boshlang’ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakatlanib, dastlabki 2 s vaqt intervalida 50 m masofani bosib o’tdi. Shundan so’ng yana 4 s harakatlanganida qanday tezlikka erishadi? A) 40 B) 45 C) 50 D) 60 13 / 25 13. Elektr maydon kuchlanganligi 400 kV/m bo’lgan bir jinsli vertikal maydonga kiritilgan +1,5nC nuqtaviy zaryad shu maydonda muallah turgan bo’lsa, uning massasini (g) aniqlang. ? = 10 ?/?² A) 0.06 B) 0.6 C) 6 D) 600 14 / 25 14. 110 W quvvatga ega elektr lampa 220 V kuchlanish tarmog’iga mo’ljallangan bo’lsa, lampaning qarshiligi necha Om? A) 440 B) 24200 C) 0.5 D) 2 15 / 25 15. Tennischi raketkaga 3m/s tezlikda uchib kelayotgan sharchani urib yuborishi natijasida sharcha orqaga 15 m/s tezlik bilan uchib ketdi. To’qnashishni absolyut elastik va sharchaning massasi raketkaning massasidan juda kichik deb olsak, raketkaning to’qnashish momentidagi tezligi necha m/s ga teng bo’ladi? A) 9 B) 19 C) 1 D) 10 16 / 25 16. Qorong’u xona 3 ta bir hil lampalar yordamida chizmada ko’rsatilganidek 2 xil usulda yoritilmoqda. Qaysi xolda xona yorug’roq bo’ladi? A) Bir hil B) Lampalarning qarshiliga bog’liq C) 1 – usulda D) 2 – usulda 17 / 25 17. Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Agar ikki jism o’z harakatini bir nuqtadan va bir hil yo’nalishda boshlagan ekanligi ma’lum bo’lsa, 5 s da ular orasidagi masofa necha m ga teng bo’ladi? A) 48 B) 32.5 C) 62.5 D) 25 18 / 25 18. Induksiyasi 200 mT bo’lgan magnit maydon chiziqlariga tik joylashgan 35 sm uzunlikdagi o’tkazgichga maydon tomonidan tas’sir etuvchi kuch140 mN ga teng bo’lsa, o’tkazgichdan qanday tok o’tmoqda? A) 1 A B) 2 A C) 0.5 A D) 1.5 A 19 / 25 19. k ∗ NA ifodaning qiymati qanday nomlanadi? k − Bolsmann doimiysi, NA − avagadro soni. A) Gravitatsiya doimiysi B) Loshnidt soni C) Universal gaz doimiysi D) Puasson doimiysi 20 / 25 20. Jumlani to’ldiring : “Suyuqlik yoki gazlardagi atom va molekulalarning to’xtovsiz va tartibsiz harakati …… deb ataladi.” A) Aylanma harakat B) Ilgarilanma harakat C) Mehanik harakat D) Xaotik harakat 21 / 25 21. Jism yer sirtidan vertikal yuqoriga 60 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda (m) uning potensial, kinetik va to’liq mehanik energiyalari 3 : 7 : 10 kabi nisbatda bo’ladi? A) 29 B) 55 C) 54 D) 23 22 / 25 22. Bir hil kuchlanishga mo’ljallangan 50 W, 100 W va 150 W nominal quvvatli lampalar mavjud. Qaysi lampaning qarshiligi eng kichik? A) Barchasiniki bir hil B) 50 C) 150 D) 100 23 / 25 23. Ikki nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi qanday ataladi? A) Amper kuchi B) Kulon kuchi C) Gravitatsiya kuchi D) Arximed kuchi 24 / 25 24. Vodorod gazining harorati 223℃ haroratdagi molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligini aniqlang. A) ≈ 3500 B) ≈ 4000 C) ≈ 2500 D) ≈ 3000 25 / 25 25. Avagadro sonining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Birligi yo’q B) 1/??? C) ??? D) kg 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz