10-sinf Fizika olimpiada №3

0

10-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lsa, toshning to’liq mexanik energiyasi trayektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta bo’ladi?

2 / 25

2. Magnit induksiyasi 70 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda uchib kirgan ilfa zarrasi radiusi 16,6 sm gat eng bo’lgan aylana trayektoriyasi bo’ylab harakatlanadi. Alfa zarrasiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuchni toping (N)  e=1,6·10-19C  1m.a.b=1,66·10-27 kg 

3 / 25

3. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish
balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping.

4 / 25

4. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin.

5 / 25

5. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum
bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ?

6 / 25

6. Silindrik idishda porshen ostida joylashgan ideal gaz bosimi 500 kPa. Gaz bir atomli ekanligi ma’lum bo’lsa, shu gazning hajm birligiga mos keluvchi ichki energiyasini (kJ/m³) toping.

7 / 25

7. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng?

8 / 25

8. Jism qarshilik kuchi tezlikning kvadratiga proporsional bo’ladigan muhitda harakatlanmoqda. Jism tezligi 30 % ga kamaytirilsa, unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchi necha foizga kamayadi?

9 / 25

9. Tosh biror balandlikdan gorizontal otildi. Normal va tangensial tezlanishlari o’zaro tenglashgan vaqt momentida uning tezligi 28 m/s ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, shu vaqt ichida vertikal necha m pastga tushganini aniqlang. √2 ≈ 1.4, ? = 10 ?/?²

10 / 25

10. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi?

11 / 25

11. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?.

12 / 25

12. Katerning suvga nisbatan tezligi 3v, oqimning tezligi esa v ga teng. Katerning A punktdan B punktga borib qaytishidagi o’rtacha tezligini toping. Oqim A dan B tomon yo’nalgan.

13 / 25

13. Harorati 100℃ va massasi 1 kg bo’lgan suv bug’i hamda harorati 0℃ va massasi 0,2 kg bo’lgan suv issiqlik o’tkazmaydigan idishga solindi. Sistemada termodinamik muvozanat qaror topganida idishdagi harorat necha ℃ ga teng bo’ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg ∗ K, suvning solishtirma qaynash issiqligi 2,3 MJ/kg.

14 / 25

14. Jism qiyaligi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday minimal qiymatida jism qiya tekislikda sirpanmaydi?

15 / 25

15. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

16 / 25

16. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab
to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi?

17 / 25

17. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining 70 % i sovutkichga uzatiladi. Issiqlik dvigatelining FIK ni 2 marta oshirish uchun isitkichdan olingan issiqlik miqdorining necha foizini
sovitkichga berish kerak?

18 / 25

18. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday?

19 / 25

19. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu
qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping.

20 / 25

20. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng?

21 / 25

21. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi?

22 / 25

22. Jism Yer sirtidan vertikal tik yuqoriga otildi. 4 s dan so’ng uning tezligi 20 m/s ga teng bo’lib qoldi. Yana necha sekunddan so’ng uning tezligi modul jihatdan huddi shu qiymatga erishadi. ? = 10 ?/?²

23 / 25

23. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang.

24 / 25

24. Rasmda ko’rsatilgan qurilma qanday vazifani bajaradi?

25 / 25

25. Gazning harorati izobarik ravishda 27℃ dan 57℃ gacha oshdi. Bunda uning hajmi necha foizga ortadi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0