Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 17 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi javob variantlarida keltirib o‘tilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi biri podsho hukumatining jabr- zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan? (XIX asr oxirida) A) Dinnosirbek qo‘zg‘oloni B) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni C) Bobo Go‘klan qo‘zg‘olon D) Ernazarbiy qo‘zg‘oloni 2 / 25 2. O`zbekiston SSRda “Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi …… tasdiqlangan. A) 1929-yil iyulda B) 1925-yil fevralda C) 1925-yil noyabrda D) 1925-yil dekabrda 3 / 25 3. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi B) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi C) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Yirik pomeshchiklarga soliq solish 4 / 25 4. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, d, 2-b, e B) 1-a, b, 2-c, d C) 1-a, c, 2-b, d D) 1-a, c, 2-d, e 5 / 25 5. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) iqtisodiyot B) soliq C) sud D) moliya 6 / 25 6. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish B) imperiyani qayta tiklash C) ishchilarga saylov huquqi berish D) respublika tuzumi o‘rnatish 7 / 25 7. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; B) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; C) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; D) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; 8 / 25 8. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1919-yil yozining oxiri va kuzida B) 1918-yil bahorining oxiri va yozida C) 1920-yil yozi va kuzida D) 1919-yil qishining oxiri va bahorida 9 / 25 9. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Buxoro va Xiva xonligi B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi D) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non 10 / 25 10. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XIX asr o‘rtalari B) XIX asr oxiri C) XIX asr boshlari D) XX asr boshlari 11 / 25 11. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. B) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. C) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. D) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi 12 / 25 12. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Oleg B) Vladimir C) Ryurik D) Yaroslav 13 / 25 13. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar B) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi C) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi D) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi 14 / 25 14. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) ikkinchi bosqichi B) birinchi bosqichi C) uchinchi bosqichi D) to‘rtinchi bosqichi 15 / 25 15. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini B) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini C) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini D) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini 16 / 25 16. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Antverpen va Venetsiya B) Venetsiya va Anqara C) Lissabon va Seviliya D) Parij va London 17 / 25 17. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini B) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi C) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi D) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna 18 / 25 18. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 6 19 / 25 19. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan B) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan C) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan D) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan 20 / 25 20. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 B) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 C) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 D) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 21 / 25 21. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Chimboy va Biybozor volostida B) Mo‘ynoq va Nukus volostida C) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida D) Biybozor va Nukus volostida 22 / 25 22. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 23 / 25 23. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 2, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 3 24 / 25 24. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 1, 3, 2 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 3, 2, 1 25 / 25 25. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) N. Muravyov B) F. Beneveni C) Blankennagel D) N. Ignatyev 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz