10-sinf Fizika olimpiada №3

0

10-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan r masofada har birining zaryadi q dan bo'lgan to'rtta mahkamlangan zaryad izma ketin joylashgan. Agar ikki qo’shni zaryadning o’zaro ta’sir potensial energiyasi W = 600 J ga teng bo’lsa, sistemaning to’la potensial energiyasi (J) nimaga teng?

2 / 25

2. Gorizontal sirtdagi 25   impulsli bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to’qnashgandan keyin impulsi 15   bo’lib qoldi. Ikkinchi sharning impulsi () qanday bo’lib qoldi

3 / 25

3. Aylana bo’ylab ?(?) = 10 + 4? qonuniyat bilan harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi dastlabki 5 s ichida necha marta ortadi?

4 / 25

4. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi?

5 / 25

5. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday?

6 / 25

6. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng?

7 / 25

7. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin.

8 / 25

8. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish
balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping.

9 / 25

9. Jism qarshilik kuchi tezlikning kvadratiga proporsional bo’ladigan muhitda harakatlanmoqda. Jism tezligi 30 % ga kamaytirilsa, unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchi necha foizga kamayadi?

10 / 25

10. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi?

11 / 25

11. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng?

12 / 25

12. Jism Yer sirtidan vertikal tik yuqoriga otildi. 4 s dan so’ng uning tezligi 20 m/s ga teng bo’lib qoldi. Yana necha sekunddan so’ng uning tezligi modul jihatdan huddi shu qiymatga erishadi. ? = 10 ?/?²

13 / 25

13. Grafikda berilgan qaysi intervalda gazning zichligi o’zgarmaydi?

14 / 25

14. Rasmda ko’rsatilgan qurilma qanday vazifani bajaradi?

15 / 25

15. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?.

16 / 25

16. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish vaqti 8 s ekanligi ma’lum. Yerga tushish momentidan 2 sekund avval Yer sirtidan necha m balandlikda bo’ladi? ? = 10 ?/?²

17 / 25

17. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu
qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping.

18 / 25

18. Katerning suvga nisbatan tezligi 3v, oqimning tezligi esa v ga teng. Katerning A punktdan B punktga borib qaytishidagi o’rtacha tezligini toping. Oqim A dan B tomon yo’nalgan.

19 / 25

19. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab
to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi?

20 / 25

20. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

21 / 25

21. Ikki hil materialdan tayyorlangan jismlarning massalari mos holda 18 g va 12 g, ikkala jismni ham simobga solinganida suyuqlik sirtida erkin suzib yurishi ma’lum. Jismlar tomonidan siqib chiqarilgan
simoblarning og’irliklari nisbati (?1/?2) ni toping.

22 / 25

22. Bir jisnli elektr maydon kuchlanganligi 300 kV/m ga teng. Zaryadi +2nC va massasi 0,5 g bo’lgan zarra shu maydonga joylashtirilib qo’yib yuborilsa u qanday tezlanish (?/?2) bilan harakatlanadi?

23 / 25

23. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang.

24 / 25

24. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan
4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi?

25 / 25

25. Arabboy ismli o’quvchi toshni tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan uloqtirdi. Natijada tosh maksimal 12.5
m balandlikka ko’tarilib otilish nuqtasiga 12 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Tosh harakatiga havo tomonidan ta’sir etuvchi qarshilik kuchining (N) o’rtacha qiymatini toping. Toshning massasi 0.5 kg.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0