10-sinf Fizika olimpiada №3

0

10-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lsa, toshning to’liq mexanik energiyasi trayektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta bo’ladi?

2 / 25

2. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi?

3 / 25

3. Gazning harorati izobarik ravishda 27℃ dan 57℃ gacha oshdi. Bunda uning hajmi necha foizga ortadi?

4 / 25

4. Grafikda berilgan qaysi intervalda gazning zichligi o’zgarmaydi?

5 / 25

5. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang.

6 / 25

6. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab
to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi?

7 / 25

7. Rasmda ko’rsatilgan qurilma qanday vazifani bajaradi?

8 / 25

8. Jism qarshilik kuchi tezlikning kvadratiga proporsional bo’ladigan muhitda harakatlanmoqda. Jism tezligi 30 % ga kamaytirilsa, unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchi necha foizga kamayadi?

9 / 25

9. Bir jisnli elektr maydon kuchlanganligi 300 kV/m ga teng. Zaryadi +2nC va massasi 0,5 g bo’lgan zarra shu maydonga joylashtirilib qo’yib yuborilsa u qanday tezlanish (?/?2) bilan harakatlanadi?

10 / 25

10. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi?

11 / 25

11. Arabboy ismli o’quvchi toshni tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan uloqtirdi. Natijada tosh maksimal 12.5
m balandlikka ko’tarilib otilish nuqtasiga 12 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Tosh harakatiga havo tomonidan ta’sir etuvchi qarshilik kuchining (N) o’rtacha qiymatini toping. Toshning massasi 0.5 kg.

12 / 25

12. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum
bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ?

13 / 25

13. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish vaqti 8 s ekanligi ma’lum. Yerga tushish momentidan 2 sekund avval Yer sirtidan necha m balandlikda bo’ladi? ? = 10 ?/?²

14 / 25

14. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan
4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi?

15 / 25

15. Silindrik idishda porshen ostida joylashgan ideal gaz bosimi 500 kPa. Gaz bir atomli ekanligi ma’lum bo’lsa, shu gazning hajm birligiga mos keluvchi ichki energiyasini (kJ/m³) toping.

16 / 25

16. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng?

17 / 25

17. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday?

18 / 25

18. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi?

19 / 25

19. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu
qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping.

20 / 25

20. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?.

21 / 25

21. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin.

22 / 25

22. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday?

23 / 25

23. Tosh biror balandlikdan gorizontal otildi. Normal va tangensial tezlanishlari o’zaro tenglashgan vaqt momentida uning tezligi 28 m/s ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, shu vaqt ichida vertikal necha m pastga tushganini aniqlang. √2 ≈ 1.4, ? = 10 ?/?²

24 / 25

24. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish
balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping.

25 / 25

25. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining 70 % i sovutkichga uzatiladi. Issiqlik dvigatelining FIK ni 2 marta oshirish uchun isitkichdan olingan issiqlik miqdorining necha foizini
sovitkichga berish kerak?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0