On tili va adabiyot attestatsiya №12

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud?

2 / 40

2. Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi misralar orqali zamondoshlarini achchiq haqiqatdan ogoh etadi?

3 / 40

3. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil.

Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

4 / 40

4. Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan?

5 / 40

5. Cheksiz dasht, yassi tepaliklar…Me`morning mag`rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. Ushbu gapda ochiq bo`g`in qatnashgan so`zlar miqdori nechta?

6 / 40

6. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilmagan?

7 / 40

7. “Kecha va kunduz” asaridagi qahramonlarni kasblari bilan to`g`ri moslashtiring. 1)rus mirzasi; 2) inoq mirzasi; 3) musulmon mirzasi; a)Sokolov; b) Hakimjon; c) Mirzabobo

8 / 40

8. Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan?

9 / 40

9. Qaysi gap tarkibida sovg’a so’zining ma’nodoshi qo’llanmagan?

10 / 40

10. Qaysi gapda yasalish asosi yasama sifat bo’lgan ot ishtirok etgan?

11 / 40

11. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalarni ko‘rsating. 1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be-

12 / 40

12. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l berilgan?

13 / 40

13. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi asarda fosh etilgan?

14 / 40

14. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.

15 / 40

15. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi, tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik. Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping.

16 / 40

16. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi?

17 / 40

17. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ? 1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga; 6) -ligicha.

18 / 40

18. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi otturkumiga mansub?

19 / 40

19. Qaysi muborak zot: “Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom, Haq Mustafo omonatin qildim in’om”, deya e’tirof etgan?

20 / 40

20. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan.

21 / 40

21. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar qatnashgan?

22 / 40

22. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

23 / 40

23. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan? O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. 1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi; 4) o‘rin-joy oti; 5)narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti;

24 / 40

24. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon

25 / 40

25. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin". Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida shunday qayg‘urgan?

26 / 40

26. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a, Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin. Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a, Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir) She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashganligini aniqlang.

27 / 40

27. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.

28 / 40

28. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qizarib kirib keldi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan?

29 / 40

29. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?

30 / 40

30. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan?

31 / 40

31. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?

32 / 40

32. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nisbatan ko‘proq?

33 / 40

33. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub so‘ zlar qatnashgan javobni aniqlang.

34 / 40

34. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi. Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub?

35 / 40

35. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?

36 / 40

36. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.

37 / 40

37. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.

38 / 40

38. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi? 1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata... sil; 5) ta...siya

39 / 40

39. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 1)qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2)bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3)terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4)ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5)qaynatma (sho'rv- qaynatma (harakat inkori)

40 / 40

40. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0