Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 37 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. B) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. C) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. D) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. 2 / 25 “Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? A) O‘Hoshimov B) A.Qahhor C) Oybek D) O.Sharafiddinov 3 / 25 Berilgan jumla qo’shma gapning qaysi turiga mansub? Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda rivojlanish bo’ladi. A) teng bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap B) Ergashtiruvchi bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap. C) Yuklamali qo’shma gap D) Nisbiy so’zli qoshma gap 4 / 25 Kirish so'zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. B) Xullas, qars ikki qo'ldan chiqadi. C) Muammoni hal qilish kerak. D) Hamma ham do'stlari ko'p bo'lishini istaydi 5 / 25 “... men turli bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir” – ushbu jumlalar kimning suddagi nutqidan? A) A. Qodiriy B) G’. G’ulom C) Fitrat D) Cho’lpon 6 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Shirin. B) Mehr. C) Layli. D) Mehnbonu. 7 / 25 Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? A) U biz bilan ketishi lozim B) Soddalik –kamtarlik alomatidir C) Undan yoqimli va shirin hid kjelardi D) Iste`dodli adib ko`p nasriy asarlar va dramalar yozdi 8 / 25 Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bolishidan qat'iy nazar, doimo nechta qismdan iborat bo'ladi? A) Qismlar miqdori chegaralanmagan B) Kamida ikki qismdan C) Ikki qismdan D) Uch qismdan 9 / 25 deb so'zi yordamida bog'lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo'ladi? A) I shaxs buyruq mayli shaklida B) III shaxs shart mayli shaklida C) II shaxs buyruq mayli shaklida D) III shaxs buyruq mayli shaklida. 10 / 25 Boychiborning oyog’idagi gulmixlarni kim tishi bilan sug’urib oladi? A) Qaldirg’och B) Qorajon C) Alpomish D) Barchin 11 / 25 “Vasldin so’z derga yo’q yoro …..” tushib qolgan so’zni toping. A) alam B) manga C) yo qildi D) bor 12 / 25 Tasavvuf adabiyotidagi markaziy tushuncha nima? A) Ishq B) Nafs C) Ilm D) Yo’l 13 / 25 Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi? A) Murakkab qo'shma gaplar.. B) Ergashgan qo'shma gap C) Bog'langan qo'shma gap D) Bog'lovchisiz qo'shma gap 14 / 25 Qaysi qo’shma gap tarkibida nisbiy so’z qo’llangan? A) Binafsha qo’ldan – qo’lga o’tdi. B) Mana, bahor nishonasi hidla, sog’ingandirsan C) Shu binafsha bahona bo’ldi-yu gap-gapga ulanib ketdi. D) Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan. 15 / 25 Egasi ma`lum gap berilgan qatorni A) Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo`y elas-elas ko`zga tashlandi B) Bugun biznikida qolsangiz bo`lmaydimi? C) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta. D) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi 16 / 25 Ajratilgan izoh bo’lakli gapni toping. A) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo’lmayapti. B) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. C) Bektemir ko’zlarini ochganda, yomg’ir tez va shiddat bilan yog’moqda edi. D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o’qituvchisi, to’garak ishini yo’lga qo’yib yubordi. 17 / 25 Teng bog`lovchilar berilgan qatorni toping A) sababli,natijada,va lekin B) yoki,zeroki,chunki,-ki C) va,ham,ammo,lekin D) ammo,biroq balki, agar 18 / 25 Yuklama vositasida bo’g’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir. B) Oy sekin-sekin havolanib terak bo’yi ko’tarildi-da, qimirlamay qoldi. C) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ikrom bilan qadam qo’ymoq lozim. D) Kitoblar inson tafakkirining javohirlarini yig’ib, avlodlarga meros qoldiradi. 19 / 25 Bog 'lovchi vazifasidagi vositalarni toping. A) A,B,C B) Nisbiy so'zlar, shuning uchun C) Bo'lsa, esa, deb, -sa D) -u,-yu,-da,-ki 20 / 25 Suqsuroy kim? A) Surxayl kampirning qizi B) Toychaxonning qizi C) Barchinning kanizi D) Alpomishning singlisi 21 / 25 Ogahiy tarjima qilgan asarlar qatorini toping. A) “ Yusuf va Zulayxo” ,“ Gulshani davlat” B) “Haft Paykar”,” Ta’viz ul- oshiqin”, “Shoh va gado” C) “Shohidi lqbol”, “Guliston” D) “Qobusnoma”, “Haft Paykar”, “Shoh va gado” 22 / 25 “Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A) Ko’rmay qolgan B) Bilib bilmaganga olgan C) Mag’rurlangan D) Qaysarlik qilgan 23 / 25 Bobur qaysi tillarda ijod qilgan? A) O’zbek va fors B) Turk C) Fors D) O’zbek 24 / 25 Teng bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang. A) Donolikning zamiri – sabr- qanoat B) Ko’p bilgan ems, kerakni bilgan dono C) Inson aql va idrok soyasida o’ziga keladigan zarar va zulmlradan saqlanur. D) Fan qudratli va bepayondir, ammo u mohirlik va halol shug’ullanishni talab qiladi. 25 / 25 Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi? A) Aniqlov boglovchisi yordamida B) To’g’ri javob yo’q C) Bunday gaplarning qismlari ko'rsatish olmoshlari yordamida bog'lanadi. D) -ki yuklamasi yordamida 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2