Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 215 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 3, 4, 5, 8 B) 1, 3, 5, 9 C) 3, 7, 8, 9 D) 1, 2, 6, 8 2 / 25 2. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 1, 4, 5, 2, 3 B) 2, 3, 1, 4, 5 C) 3, 1, 4, 5, 2 D) 5, 2, 3, 1, 4 3 / 25 3. Xorda butun umri davomida saqlanadigan umurtqalilarni toping? 1.beluga; 2.latcha; 3.oq amur; 4.qizilquyruq; 5.agama; 6.gekkon; 7.lansetnik; 8.oqbiqin; 9.strelyad A) 8,9,7,1 B) 7 C) 1,7,9 D) 1,4,3,7 4 / 25 4. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang. A) 8 B) 6 C) 4 D) 2 5 / 25 5. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi. A) 2, 3, 5, 9, 10 B) 1,4, 6, 7, 8 C) 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 4, 6, 8, 9 6 / 25 6. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 3, 5, 7, 9 B) 1, 2, 6, 10 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 5, 8, 9 7 / 25 7. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i A) 1,9,3,2,7 B) 1,3,6,7,9 C) 2,5,4,8,9 D) barchasi 8 / 25 8. Drozofila pashshasida tanasining kulrang bo‘lishi, ensiz qanot va tukchalarning bo‘lishi dominant holda irsiylanadi. Tana rangi va qanot shaklini aniqlovchi genlar to‘liq birikkan autosom genlardir. Tukchalarning mavjudligi boshqa autosomada joylashgan gen orqali aniqlanadi. Trigomozigota sariq rangli, ensiz qanotli va tukchalarsiz drozofila barcha belgilar bo'yicha gomozigota kulrang tanali, normal qanotli, tukchalarga ega drozofila bilan chatishtirildi. F I duragaylarini o‘zaro chatishtirishdan olingan avlodning qancha qismi kulrang tanali, ensiz qanotli, tukli bo'ladi? A) 1/4 ι B) 3/8ι C) 1/2 ι D) 3/16 ι 9 / 25 9. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari. A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 8 C) 3,4, 8 D) 5, 6, 7 10 / 25 10. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 3; b - 4; с - 1 B) a - 4; b - 5; с – 2 C) a - 2; b - 1; с - 5 D) a - 4; b - 6; с – 5 11 / 25 11. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi? A) a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal B) a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal C) a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal D) a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal 12 / 25 12. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 B) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 C) )a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 D) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 13 / 25 13. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 2, 4 B) 4, 5 C) 3.6 D) 1, 5 14 / 25 14. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang. A) a-2, b-1080 B) a-7, b-5040 C) a-5, b-2700 D) a-8, b-8640 15 / 25 15. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 5.6 B) 3.4 C) 2.3 D) 2.5 16 / 25 16. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi A) a-1,2,5 b-3,4,6 B) a-3,2,6 b-1,4,5 C) a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-4,5,6 b-1,2,3 17 / 25 17. Prokariot(a) va eukariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi A) a-3,6,2 b-1,4,5 B) a-1,2,6 b-3,4,5 C) a-1,2,5 b-3,4,6 D) a-4,5,6 b-1,2,3 18 / 25 18. Sariq ilonning chipor ilondan farqlanuvchi belgilarni juftlab ko‘rsating. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi;3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi vapastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘I bo‘lmaydi; 6) tullaganda terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chadi;7) ayrili tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) boshskeletlilar kenja tipiga kiradi; 9) sovuqqonli hayvon A) 4, 5, 7 B) 2, 8, 9 C) 3, 8 D) 1, 6 19 / 25 19. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 256 B) 512 C) 128 D) 64 20 / 25 20. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni A) 2, 5, 6 B) 1, 2, 7 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 5, 7 21 / 25 21. Qaysi javobda oshqozoni to‘rt kamerali tuyoqli hayvonlarto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) arxar; 2) maral; 3) zubr; 4) qulon; 5) g‘izol; 6) tapir;7) muflon; 8) tarpan; 9) bizon; 10) xongul; 11) karkidon;12) sayg‘oq. A) 1, 3, 6, 8, 11, 12 B) 2, 5, 7, 9, 12 C) 3, 6, 7, 8, 10 D) 1, 4, 5, 9, 11 22 / 25 22. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. . A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 2, 3, 5, 8, 10 C) 1,4, 6, 7, 9 D) 2,4, 6, 8, 10 23 / 25 23. Postembranal davri to`gri kechmaydigan(a) va to`g`ri kechuvchi(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi A) a-2,4,6 b-1,3,5 B) a-1,5,6 b-2,3,4 C) a-2,4,5 b-1,3,6 D) a-2,3,4 b-1,5,6 24 / 25 24. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi. A) a-1, 2, 4; b-5, 1, 8, 7; c-10, 3, 9, 6 B) a-9, 2, 3, 4; b-9, 5, 7, 8; c-1, 3, 6 C) a-lv2,4, 10; b-1, 5, 7, 8; c-3, 9, 6 D) a-1, 2,4; b-5, 1, 8, 7, 10; c-3, 9, 6 25 / 25 25. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odamning bir kunlik qabul qilgan oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, shu odamning asosiy moddalar almashnuvi uchun ketgan kkal energiya necha% ni tashkil etadi? A) 33%i B) 44%i C) 66%i D) 56%i 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6