10-sinf Biologiya olimpiada №2

0

10-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan?

2 / 25

2. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing.

1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi

3 / 25

3. Oldingi oyoqlari besh (a), to‘rt (b) va uch (c) barmoqlibo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) urchuqsimon kaltakesak; 2) povituxa; 3) gaaga; 4) kazuar; 5) kvaksha; 6) gekkon; 7) gavial; 8) emu

4 / 25

4. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng yengil o`simliklar sonini aniqlang.

5 / 25

5. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni

6 / 25

6. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

7 / 25

7. Qaysi javobda qizilto‘sh yuragining o‘ng yurakbo‘lmasida (a), chap yurak bo‘lmasida (b), chapqorinchada (c) va o‘ng qorinchada (d) qanday qon bo‘lishito‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) arterial; 2) venoz; 3) aralash.

8 / 25

8. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.

9 / 25

9. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi

10 / 25

10. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi.

11 / 25

11. Emuni embrional rivojlanishiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

12 / 25

12. Batsilla hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) endoplazmatik to’r; 4) plastida; 5) go’lji; 6) plazmida; 7) sentriola

13 / 25

13. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi

14 / 25

14. Xorda butun umri davomida saqlanadigan umurtqalilarni toping? 1.beluga; 2.latcha; 3.oq amur; 4.qizilquyruq; 5.agama; 6.gekkon; 7.lansetnik; 8.oqbiqin; 9.strelyad

15 / 25

15. Sariq ilonning chipor ilondan farqlanuvchi belgilarni juftlab ko‘rsating. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi;3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi vapastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘I bo‘lmaydi; 6) tullaganda terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chadi;7) ayrili tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) boshskeletlilar kenja tipiga kiradi; 9) sovuqqonli hayvon

16 / 25

16. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i

17 / 25

17. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odamning bir kunlik qabul qilgan oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, shu odamning asosiy moddalar almashnuvi uchun ketgan kkal energiya necha% ni tashkil etadi?

18 / 25

18. Postembranal davri to`gri kechmaydigan(a) va to`g`ri kechuvchi(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi

19 / 25

19. Mitozni anafazasi va meyozni anafaza II si uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.bo`linish urchug`ini qisqarishi 2.xromatinlarni mustaqil xromosomaga aylanishi 3.xromosoma va xromatinlar sonini tenglashishi 4.o`ng qutubga tarqalayotgan ota va onani xromosomasini teng bo`lishi 5. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni bittadan bo`lishi 6. qutubga tarqalayotgan xromosomlar barchasi bir-birga nogomologik bo`lishi 7. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni ikkitadan bo`lishi 8.2n2c bo`lishi 9.bir-birga o`xshash xromosomalarni 4 tadan bo`lishi

20 / 25

20. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi.

21 / 25

21. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon

22 / 25

22. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

23 / 25

23. Drozofila pashshasida tanasining kulrang bo‘lishi, ensiz qanot va tukchalarning bo‘lishi dominant holda irsiylanadi. Tana rangi va qanot shaklini aniqlovchi genlar to‘liq birikkan autosom genlardir. Tukchalarning mavjudligi boshqa autosomada joylashgan gen orqali aniqlanadi. Trigomozigota sariq rangli, ensiz qanotli va tukchalarsiz drozofila barcha belgilar bo'yicha gomozigota kulrang tanali, normal qanotli, tukchalarga ega drozofila bilan chatishtirildi. F I duragaylarini o‘zaro chatishtirishdan olingan avlodning qancha qismi kulrang tanali, ensiz qanotli, tukli bo'ladi?

24 / 25

24. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

25 / 25

25. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0