Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 183 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 25 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) olmoq, bilmoq, boshlamoq B) yotmoq, turmoq, yurmoq C) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq D) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq 2 / 40 2. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) ravishdosh B) sof fe’l C) harakat nomi D) sifatdosh 3 / 40 3. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. B) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. C) Xat Sharifa tomonidan yozildi. D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. 4 / 40 4. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) o‘tgan zamonga nisbatan B) kelasi zamonga nisbatan C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) hozirgi zamonga nisbatan 5 / 40 5. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) qotib qoldi B) shoshilib kirdi C) yonib turibdi D) kirib chiqdi 6 / 40 6. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Norning nordon anori narida. B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi D) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. 7 / 40 7. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. B) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. C) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 8 / 40 8. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) qo‘ymoq B) yurmoq C) chiqmoq D) olmoq 9 / 40 9. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. B) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. C) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. 10 / 40 10. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 3.4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 11 / 40 11. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. B) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. C) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. D) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! 12 / 40 12. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytdi, aytishdi, ayttirdi B) aytgan, aytayotgan, aytar C) aygach, ayguncha, aytib D) aytmoq, aytish, aytuv 13 / 40 13. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. B) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. 14 / 40 14. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? B) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. C) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? 15 / 40 15. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning bir martalik inkori B) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi C) harakat-holatning davomli inkori D) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi 16 / 40 16. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 B) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 C) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di D) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti 17 / 40 17. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qayg‘uradigan B) o‘zgartirilgan C) ko‘rsatilgan D) qisqarayotgan 18 / 40 18. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelishdi B) kelmoq C) kelsam D) kelmagan 19 / 40 19. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq C) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq D) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq 20 / 40 20. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –ar, -ay, -ik, -iq B) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz C) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az D) –ir, -iz, -ar, -it 21 / 40 21. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 1, 2 B) 1.4 C) 2.3 D) 3.4 22 / 40 22. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) kelsa, kelmoqchi, kelgin B) kelyapman, kelyapsan, kelyapti C) keldi, kelishdi, keltirdi D) keldi, kelyapti, keladi 23 / 40 23. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) olmoq B) chiqmoq C) boshlamoq D) bermoq 24 / 40 24. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. B) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. D) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. 25 / 40 25. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 26 / 40 26. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 1,2,3,4,5 B) 3,4,5 C) 4.5 D) 1,2,3 27 / 40 27. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -man, -san, -miz, -siz B) -sin, -sin, -ay C) -tir, -il, -ish D) -moqda, -yap, -ayotir 28 / 40 28. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) ketib qoldi B) kelib ketdi C) so‘ray ko‘rma D) yig‘lab gapirdi 29 / 40 29. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –la, -lash, -sa B) –a, -ay, -ar C) –sin, -t, -qir D) –y, -it, -iq 30 / 40 30. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di, -b(-ib) B) –di C) –gan D) –b(-ib) 31 / 40 31. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –sa, -ar, -ir B) –illa, -lash, -sira C) –i, -ira, -iq D) –a, -la, -ay 32 / 40 32. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. B) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. C) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. D) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. 33 / 40 33. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) uxlatdi, tomizdi, qaytardi D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi 34 / 40 34. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) suv B) zavq C) yalt D) ayb 35 / 40 35. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq B) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq C) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq D) almashmoq, joylashmoq, kuymoq 36 / 40 36. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) orttirma va majhul nisbat B) birgalik va o‘zlik nisbat C) birgalik va orttirma nisbat D) o‘zlik va majhul nisbat 37 / 40 37. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –ayotir, ayotib B) –gay, -yap C) –gan, -b(-ib) D) –a(-y), -ar(-r) 38 / 40 38. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) III shaxs xabar maylini ifodalaydi B) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) II shaxs xabar maylini ifodalaydi D) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi 39 / 40 39. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozmay qo‘ymadi B) yozib qo‘ymadi C) yozmay qo‘ydi D) na o‘qidi, na yozdi 40 / 40 40. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) orttirma B) o‘zlik C) birgalik D) majhul 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4