Biologiya va Kimyo yo’nalishi №1

1

Biologiya va Kimyo yo'nalishi №1

Asosiy fanlar:

? Biologiya (3.1 ball)
? Kimyo (3.1 ball)

Majburiy fanlar:

? Matematika (1.1 ball)
? Ona tili (1.1 ball)
? O'zbekiston tarixi (1.1 ball)

1 / 90

1. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalargamos keladi? 1)tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi;

2 / 90

2. O`simlikda uchraydigan gomopilimer massa ulushiga teng miqdorda ko`p xujayrali organizmlarda uchraydigan modda xos xususiyat?

3 / 90

3. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang.

4 / 90

4. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar nimaga bog`liq? 1) oqsil 2) uglevod 3) nuklein kislota 4) lipid

5 / 90

5. Silovsin (I), suqsun (II) yuragidan chiquvchi qon tomirlarini to'g'ri ko'rsating. 1) o'ng bo'lmacha; 2) chap bo'lmacha; 3) chap qorincha; 4) o'ng qorincha a)o'pka venasi; b)o'ngga yo'naluvchi aorta; c)buyrak arteriyasi; d)o'pka arteriyasi; e)pastki kovak vena; f)chapga yo'naluvchi aorta

6 / 90

6. Quyida berilgan organizmlarning bo'yin umurtqalar soni qanday o'zgaradi.? gekkon nutriya agama triton salamandra a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi

7 / 90

7. Zamburug’larni o’simliklarga (a) va hayvonlarga (b) o’xshashligi to’g’ri berilgan qatorni belgilang

8 / 90

8. Bu vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi.

9 / 90

9. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.

10 / 90

10. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi

11 / 90

11. Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?

12 / 90

12. Quydagilardan nechtasini tarkibi faqat glukoza 1) maltoza 2) kraxmal 3) selluloza 4) klechatka

13 / 90

13. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat.

14 / 90

14. Tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga kelishiga zamin yaratadigan jarayon?

15 / 90

15. Chala o`zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlari bilan juftlang. 1.qorin bo`limi ingichka va uzun 2. ko`zlari juda yirik, oddiy 3. ko`krak ikkinchi segmentida joylashgan qanotlari uzun va ensiz 4. qanotlari taxlanmaydi 5. tuxumlarini maxsus ko`zachaga qo`yadi 6. jamoa bo`lib yashaydi 7. boshida bir juft murakkab, uchta oddiy ko`zlari joylashgan a) to`g`riqanotlilar b) pardaqanotlilar c) termitlar d) ninachilar

16 / 90

16. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1)murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2Ogacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va suvning hosil bo‘lishi a)tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich.

17 / 90

17. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi.

18 / 90

18. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xosumumiy xususiyatlarni aniqlang.

19 / 90

19. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasihaqidagi to’g’ri fikrni aniqlang.

20 / 90

20. ATF ga xos xususiyatlarni nechtasi to`gri +1) tarkibida fosfor saqlaydi 2) tarkibida azot saqlamaydi +3) suv bilan munosabati oddiy spirtga nisbatan qarama qarshi +4) glikoliz reksiasida sintezlanadi 5) DNK polimeraza natijasida sintezlangan adeninda 2 ta H3PO4 ko`pligi bilan farq qiladi +6) tarkibida 120 kj energiya saqlaydi +7) barcha tirikorganizmlar uchun umumiy emas

21 / 90

21. Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring. 1.naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar a)qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar

22 / 90

22. Buyraklar tog’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1-qorin bo’shlig’ining bel qismida, 2-qorin bo’shlig’ining diafragma ostida, 3- ikkala o’pkaning ortasida joylashgan, 4- IV-VI dumg`aza umurtqasi ro’parasida joylashgan, 5-birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan, 6-u loviya shakliga o’xshash bitta organ, 7-loviya shakliga o’xshash bir juft organ

23 / 90

23. Hujayradan tashqarida ko’paya oladigan (b) va ko’paya olmaydigan (a) organizmlarni belgilang?

24 / 90

24. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi?

25 / 90

25. Ko'zi yumuq bola tug'adigan sutemuzuvchilarda qaysi parazit organizm voyaga yetgan davrini o'taydi.?

26 / 90

26. Daryo qisqichbaqasining faqat tip uchun(a) va sinf uchun(b) xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. 1.tashqi po`sti polisaxariddan iborat 2. ikki juft mo`ylovga ega 3. qon aylanishi ochiq, yuragi rivojlangan 4. yurish oyoqlari to`rt juft 5. jabralari orqali nafas oladi 6. qorin nerv zanjirga ega

27 / 90

27. 630 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (A), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang.

28 / 90

28. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), xromotoforida yorug`likni sezuvchiorganoidi bor (c), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang? 1.xlamidamonada, 2. ulotriks, 3. lamnariya, 4. spirogira, 5. xlorella, 6. porfira

29 / 90

29. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi. 1-ichak, 2-o'pka, 3- ter bezlari 4- yog‘ bezlari 5-buyrak

30 / 90

30. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang. 1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.

31 / 90

31. H₂SO₄∙0,1SO₃ tarkibli oleumni neytrallash uchun 8,8 g NaOH sarflandi. Boshlang’ich oleum massasini (g) toping.

32 / 90

32. (H₂O)₅ tarkibli suv bug’ida nechta vodorod bog’ bor?

33 / 90

33. Ikki valentli metall oksidi va sulfatining ekvimolar aralashmasi tarkibida metallning massa ulushi 30% bo‘lsa, uni aniqlang.

34 / 90

34. A+B □ C +D sistemada A va B moddalar konsentratsiyalari mos ravishda 4 va 5 mol/l dan bo’lib, B moddaning 60% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topgan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping.

35 / 90

35. Hajmi 22,4 litr (n.sh.) bo’lgan O₂ va hajmi 33,6 litr (n.sh.) bo’lgan CH₄ dan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.

36 / 90

36. Endotermik reaksiyani aniqlang.

37 / 90

37. X va Y ni hisoblang. ( Ar(H) = 1 ; Ar(C) = 12 )

38 / 90

38. Quyidagi rasmda eritmaga Fe(NO3)3 tuzi qo‘shilguniga qadar va qo‘shib bo‘lingandan so‘ng eritma tarkibidagi ionlarning va dissotsiatsiyalanmagan molekulalarning miqdorlari (mol) ko‘rsatilgan. Eritma tarkibidagi AgNO3 va Fe (NO3)3 tuzlarining dissotsiatsiyalanish darajalarini (%) aniqlang (tuzlarning dissotsiatsiyalanish darajalari eritmaga boshqa bir tuz qo‘shilganda o‘zgarmaydi, deb hisoblang).

39 / 90

39. 30°C da to’yingan eritmada suvning massasi tuzning massasidan 2,5 barobar ko’p bo’lsa, tuzning shu haroratdagi eruvchanligini aniqlang.

40 / 90

40. N2 + 3H3 2NH3 reaksiyaning 40 ͦ C da tezligi 1,6 mol/(l ·s) ga teng. Reaktor hajmi 2 marta oshirilib, harorat 20 ͦ C gacha tushirilganda tezlik qiymati (mol/(l ·s)) qanchaga teng bo‘ladi? (γ=2)

41 / 90

41. 50% li eritma tayyorlash uchun 60% li shu eritmaga 101 g suv qo’shildi. Agar dastlabki eritma tarkibida 5 mol tuz bo’lsa, eritma qanday tuzning eritilishidan tayyorlangan?

42 / 90

42. Oltinga mis qo’shib tayyorlangan zargarlik buyumi konsentrlangan nitrat kislataga solinganda 2,24 l gaz ajralib, 9,6 grammi erimay qoldi. Zargarlik buyumining probasi qanday bo’lgan?

43 / 90

43. Saxaroza kislotali sharoitda 80% unum bilan gidrolizlandi. Mahsulotga Ag2O ning ammiakdagi eritmasi qo’shilganda idishga 172,8 g kumush cho’kdi. Reaksiya uchun olingan saxaroza massasini (g) aniqlang?

44 / 90

44. Qaysi tuzlarning suvli eritmasi fenolftaleinni to‘q qizil rangga bo‘yaydi? 1) natriy karbonat; 2) alyuminiy nitrat; 3) kaliy ftorid; 4) rux sulfat

45 / 90

45. Linol kislota qaysi umumiy formulaga mos keladi?

46 / 90

46. Noma’lum elementning oxirgi elektronining kvant soni qiymati n=3; l=2; mt=x; ms=-1/2. Agar shu qiymatlar yig’indisi 3,5 ga teng bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang.

47 / 90

47. 11 g propan bilan to’ldirilgan 5,6 litr hajmli idish qanday haroratgacha (C) qizdirilganda 202,65 kPa bosim paydo bo’ladi?

48 / 90

48. Venn diagrammasi asosida moddalarning o‘ziga xos va umumiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

49 / 90

49. Zaruriy sharoit mavjud bo‘lganda qaysi moddalar orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvdan ammiak hosil bo‘ladi?

50 / 90

50. Glukozaning 1/3 qismi oksidlanganda 39,2 g glukon kislota olindi. Qolgan qismi spirtli bijg‘itilganda qancha hajm (l, n.sh.) gaz ajraladi?

51 / 90

51. Yuqoridagi jarayonda olingan kislota massasi dastlabki pirit massasidan 0,3 g ga kam bo‘lsa, kislota massasini (g) hisoblang.

52 / 90

52. 0,05M li 500 g Na2SO4 eritmasida 2,84 g erigan modda bo‘lsa, eritma zichligini (g/ml) aniqlang.

53 / 90

53. Quyidagi organik moddani ratsional nomenklatura bo‘yicha nomlang.

54 / 90

54. pH qiymati 1 ga teng bo’lgan 15 litr eritmaga necha litr suv qo’shilganda eritma pH qiymati 2 ga teng bo’ladi?

55 / 90

55. Gibrid orbitallari soni atomlari sonidan 9 taga ko’p bo’lgan moddani aniqlang?

56 / 90

56. Teng miqdorda (mol) olingan etilenglikol va glitserin tarkibidagi vodorod atomlari sonlari nisbatini toping.

57 / 90

57. Quyidagi reaksiyani tenglashtiring hamda molekular tuzilishli moddalar oldidagi koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang. FeCl2 + KMnO4 + HCl = FeCl3 +MnCl2 + KCl + H2O

58 / 90

58. 200 g 8% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida 0,7 mol suv sarflangan bo’lsa, eritmadan necha faradey tok o’tgan?

59 / 90

59. Fenol, propion kislota va metil spirtdan iborat 0,6 mol aralashma 120 g 10% li NαOH to’liq reaksiyaga kirishib, 30,8 g tuzlar aralashmasi hosil qildi. Dastlabki aralashmadagi fenolning massasini (g) aniqlang.

60 / 90

60. X+1;X-3;X+5 zarrachalaridagi proton va elektronlar yig‘indisi 87 ga teng bo‘lsa, X elementning yuqori oksidi molar massasini (g/mol) hisoblang.

61 / 90

61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29|

62 / 90

62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi?

63 / 90

63. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi?

64 / 90

64. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak?

65 / 90

65. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60

66 / 90

66. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang.

67 / 90

67. Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping.

68 / 90

68. Hisoblang.

69 / 90

69. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping.

70 / 90

70. Hisoblang.

71 / 90

71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi?

72 / 90

72. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan?

73 / 90

73. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi?

74 / 90

74. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon.

75 / 90

75. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan?

76 / 90

76. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

77 / 90

77. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping.

78 / 90

78. Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l

79 / 90

79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang.

80 / 90

80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan?

81 / 90

81. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan?

82 / 90

82. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi?

83 / 90

83. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan?

84 / 90

84. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan?

85 / 90

85. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima?

86 / 90

86. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim?

87 / 90

87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan?

88 / 90

88. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan?

89 / 90

89. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi?

90 / 90

90. MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan?

Your score is

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0