Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №2 Fizika olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 277 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Fizika olimpiada №2 2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 4 marta ortadi B) 16 marta ortadi C) O’zgarmaydi D) 8 marta ortadi 2 / 25 2. Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Qaysi jismning tezlanishi kattaroq? A) Teng B) 2 – jismning C) 1 – jismning D) To’g’ri javob yo’q 3 / 25 3. Elektr maydon kuchlanganligi 600 kV/m bo’lgan bir jinsli maydonga kiritilgan +2nC nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchning qiymati necha mN ga teng? A) 12 B) 1,2 C) 120 D) 1200 4 / 25 4. Tik tushayotgan yomg’ir tomchilari aftobusning yon oynalarida gorizantal bilan 30⁰ burchak tashkil etuvchi izlar qoldirmoqda. Agar aftobus 72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, tomchilar qanday tezlik bilan tushmoqda?(tg30⁰=0,58) A) 15 B) 7.3 C) 11.5 D) 10 5 / 25 5. Suvli stakanda ichida muzlagan tosh bor muz parchasi suzib yuribdi. Muz erigandan keyin stakandagi suvning sathi qanday o’zgaradi? A) ortadi B) o’zgarmaydi C) oldin ortadi keyin kamayadi. D) pasayadi 6 / 25 6. Asos yuzi 10 sm² bo’lgan silindrik idishga 200 ml suv quyilgan. Suv idish devorining idish tubidan 15 sm masofadagi nuqtasiga qanday bosim (Pa) ko’rsatadi? A) to’qnashishda molekulalarning elastik o’zaro ta’sirini B) molekulalarning to’qnashishini C) masofada molekulalarning o’zaro ta’sirini D) molekula massasini 7 / 25 7. Velosipedchi va yo’lovchi bir nuqtadan bir-biriga tik ravishda 1 minut harakat qilganda, ular orasidagi masofa 150 m bo’ldi. Agar velosioedchining tezligi yo’lovchinikidan 3 marta katta bo’lsa, velopedchining tezligini toping (m/s). A) 3√10/2 B) √10/3 C) √10/4 D) 3√10/4 8 / 25 8. Bir-biridan 3 sm masofada turgan har biri 10 nC dan bo’lgan ikki zaryad qanday kuch bilan o’zaro ta’sirlashadi? A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C) o’zgarmaydi D) 1,2 marta kamayadi 9 / 25 9. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilano’tdi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping. A) 24 B) 22 C) 27 D) 25 10 / 25 10. Berk idishda bir mol ideal gaz bor. Tajriba natijasida P/T=371 Pa/K munosabat aniqlandi.Bu gazning konsentrasiyasini aniqlang? A) 2,7 · 10²⁴ B) 2,7 · 10²³ C) 6 · 10²³ D) 1,38 · 10⁻²³ 11 / 25 11. Qayiqning oqim bo’ylab tezligi 3 m/s ga, oqimga qarshi tezligi esa 2 m/s gat eng. Oqim tezligi qanday (m/s)? A) 1 B) 0.5 C) 1.5 D) 0.25 12 / 25 12. Jismning mexanik harakatini o’rganishda koordinatalar sistemasi nima maqsadda beriladi? A) Jismni harakatda yoki karakatsiz ekanligini aniqlashmaqsadida. B) Jismning fazodagi vaziyatini vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini aniqlash maqsadida. C) Jismning boshlang’ich koordinatalarini aniqlash maqsadida. D) jismni boshqa jismlarga nisbatan tinch yoki harakatda ekanligini aniqlash maqsadida. 13 / 25 13. Massasi 200 kg bo’lib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqdan massasi 50 kg bo’lgan bola gorizontal yo’nalishda 7 m/s tezlik bilan sakradi. Bola qayiqning uchidan harakat yo’nalishi bo’yicha sakrasa qayiqning tezligi moduli qanday bo’ladi ? A) 1 m/s B) 0,25 m/s C) 0,5 m/s D) 0,05 m/s 14 / 25 14. Kub shaklidagi idish suvga to’ldirilgan. Undagi suvning massasi 64 g bo’lsa, suvning idish tubiga bosimi qanday (Pa) bo’ladi? A) 200 B) 300 C) 400 D) 100 15 / 25 15. Rasmda keltirilgan tezlik grafigidan foydalanib v=v(t) bog’lanishtenglamasini yozing. A) v=8+2t B) v=8-2t C) v=8+3t D) v=2+t 16 / 25 16. Agar 14 m balandlikdan yuqoriga vertikal otilgan 400 g massasli jismning boshglang’ich kinetik energiyasi 40 J bo’lsa, u yer sirtidan qanday balandlikka ko’tariladi? A) 20 m B) 32 m C) 24 m D) 16 m 17 / 25 17. Jezning tarkibida 63% mis va 37% rux bor. Jezning zichligi (g/sm³) topilsin. Misning zichligi 8,9g /sm³, ruxning zichligi 7,1 g /sm³ 18 / 25 18. Shishani yung bilan ishqalaganda shish 8·10⁻¹² C zaryad oldi. Necha elektron va qaysi moddaga o’tdi? A) 50 mln; yungga B) 50 mln; shishaga C) 16 mln; shishaga D) 8 mln; yungga 19 / 25 19. Agar richagningbirinchi yelkasi ikkinchi yelkasidan 45% ga uzun bo’lsa, richag muvozanatda bo’lishi uchun yelkalarga qo’yilgan kuchlar qanday munosobatda bo’lishi kerak? A) 3 marta ortadi. B) 9 marta kamayadi C) 9 marta ortadi D) 3 marta kamayadi 20 / 25 20. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatni boshlab tezligi 70 km/soatga yetganida u manzilgacha bo’lgan yo’lning 1/3 qismini bosib o’tdi. Qolgan yo’lning birinchi yarmida shu tezlik bilan, ikkinchi yarmida esa 60 km/soat tezlik bilan tekis harakatlandi. Avtomobil 2,5 soat harakatlangan bo’lsa, uning butun harakati davomidagi o’rtacha tezligini toping (km/soat) A) 45.4 B) 65.5 C) 60 D) 50.4 21 / 25 21. Baland silindrsimon idishga issiq suv quyilgan. Suv soviganda uning idish tubiga bosimi qanday o’zgaradi? A) F₁=F₂ B) F₁=0,45F₂ C) F₁=0,55F₂ D) F₂=1,45F₁ 22 / 25 22. Ikkita moddiy nuqta R₁ va R₂ radiusli aylanalar bo’yicha harakatlanmoqda, bunda R₁=2R₂. Ularning davrlari teng bo’lgan holdagi markazga intilma tez-lanishlarini taqqoslang. A) 2:1 B) 1:2 C) 1:3 D) 3:1 23 / 25 23. Avtomobil dvigateli parragining harakat trayektoriyasi: a) avtomobil bilan bog’langan sanoq sistemasiga b) Yer bilan bog’langan sanoq sistemasiga nisbatan qanday shaklga bo’ladi? A) aylana, parmasimon B) aylana, aylana C) egri chiziq, to’g’ri chiziq D) parmasimon. Aylana 24 / 25 24. Qayiq kengligi 240 m bo’lgan daryoni kesib suzib o’tmoqda. Agar oqimning tezligi 2m/s, qayiqning suvga nisbatan tezligi 3m/s bo’lsa, qayiq ikkinchi sohilga o’tish uchun qanday minimal vaqt (s) zarur bo’ladi? A) 80 B) 40 C) 120 D) 48 25 / 25 25. Piyodaning tezligi υ₁=6km/h Undant₁=45 minut keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani t₂=9 minutda quvib yetishi uchun qanday υ2(km/h)tezlik bilan harakatlanishi kerak? A) 42 B) 24 C) 12 D) 18 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6