Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 310 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 0,1 M 10,0 ml Na2CO3 eritmasiga metilzarg‘aldog‘i qo‘shildi va sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmaga 0,1 M 10,0 ml HCl eritmasi qo‘shilsa, eritma rangi qanday bo‘ladi? A) olovrang B) sariq C) binafsha D) qizil 2 / 25 2. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5. A) 6,25% B) 56,25% C) 75,00% D) 25,00% 3 / 25 3. 2SO2 + O2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi: 1-bosqich: .... 2-bosqich: 4VO2 + O2 = 2V2O5 Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring. A) II B) III C) I D) IV 4 / 25 4. Quyidagi jadvalda Y elementning ionlanish energiyasi qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan foydalanib, Y elementning valentligini aniqlang. A) 2 B) 5 C) 4 D) 3 5 / 25 5. 20 pg vodorod ftorid molekulalarini bittalab sanab chiqish uchun necha yil talab etiladi? Sanoq tezligi har sekundda 1 ta molekula. 1 pg = 10-12 g. A) 19 ming B) 458 ming C) 320 D) 23 ming 6 / 25 6. Ozon va kislorod aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 40 g/mol bo‘lsa, undagi ozonning hajmiy ulushini aniqlang. A) 70% B) 50% C) 80% D) 60% 7 / 25 7. Avogadro doimiysining o‘lchov birligi qanday? A) 1/mol B) g/mol C) mol D) o‘lchov birligiga ega emas 8 / 25 8. CrO42- + xH2O + ye- → [Cr(OH)6]3- + zOH- yarim-reaksiyadagi x, y, z koeffisientlarni aniqlang. (uchala koeffisient to‘g‘ri bo‘lgandagina javob inobatga olinadi). A) x = 4, y = 2, z = 3 B) x = 3, y = 4, z = 2 C) x = 4, y = 3, z = 2 D) x = 2, y = 3, z = 4 9 / 25 9. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak? A) 90°C B) 60°C C) 70°C D) 80°C 10 / 25 10. Gipotetik X suyuqlik (M = 39,2 g/mol) n.sh.da bug‘langanida hajmi 1000 marta oshishi uchun qanday zichlikka (g/ml) ega bo‘lishi kerak? A) 1,75 B) 1,25 C) 1,00 D) 1,5 11 / 25 11. 226Ra izotopining yarim-yemirilish davri 1600 yil. Bu 1600 yil o‘tgach izotopning yarmi parchalanib, qolgan yarmi esa o‘zgarishsiz qolganini bildiradi. Shu muddat ichida 226Ra izotopining parchalanish tezligi qanday o‘zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) reaksiya yakunlanib, tezlik 0 ga teng bo‘ladi C) tezlik o‘zgarmaydi D) 2 marta ortadi 12 / 25 12. Asosiy holatda valent elektronlari uchun kvant sonlari: n = 3, l = 0 (m = 0); 1 (m = -1; 0; +1) bo‘lgan elementlarni aniqlang (shu talabga mos keluvchi barcha elementlarni ko‘rsating). A) P, H2O, Cl, Ar B) P, H2, Cl, Ar C) P, S, Cl, Ar D) P, S, Cl, H2 13 / 25 13. BCl2 molekulasida B atomlari sp² gibridlangan bo‘lib, B-Cl bog‘ining uzunligi x ga teng. BCl3 molekulasida Cl atomlari orasidagi masofa 0,303 nm bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang. A) 0,185 nm B) 0,275 nm C) 1,175 nm D) 0,175 nm 14 / 25 14. 1s22s22p63s23p6 elektron konfiguratsiya qaysi zarrachaga tegishli? A) Ti³⁺ B) S2⁻ C) Ne D) Cl⁺ 15 / 25 15. 3 mol A modda 3 mol B modda bilan aralashtirildi. Natijada A + B ↔ C + D muvozanat o‘rnatildi. Agar K = 4 va reaksion aralashma hajmi 1 litr bo‘lsa, muvozanat qaror topganidan keyingi reaksiya unumini (%) aniqlang. A) 66.70% B) 86.70% C) 68.70% D) 96.70% 16 / 25 16. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 17 / 25 17. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarra bu - … A) atom B) yadro C) klaster D) molekula 18 / 25 18. Agar N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya uchun muvozanat konstantasining qiymati x ga teng bo‘lsa, ⅓N2 + H2 = ⅔NH3 reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymati qanday bo‘ladi? A) III B) II C) I D) IV 19 / 25 19. Noma’lum tuz eritmasiga NaOH eritmasi qo‘shilganida havodan yengil, o‘tkir hidli gaz ajralishi kuzatildi. Eritmada esa faqat NaCl qolganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum tuzning kimyoviy formulasini keltiring. A) H2O B) Ar C) H2 D) NH4Cl 20 / 25 20. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 5% 500 ml (ρ = 1,0 g/ml) KMnO4 ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin? A) 100 g B) 150 g C) 50 g D) 200 g 21 / 25 21. Oltingugurt bug‘larining metanga nisbatan zichligi 16 bo‘lsa, bug‘ molekulalarining formulasini aniqlang. A) S₄ B) S₈ C) S₆ D) S₂ 22 / 25 22. Temir oksidi tarkibida 72,4% temir bo‘lsa, oksidning formulasini aniqlang. A) Fe₂O₃ B) FeO C) Fe₃O₄ D) Fe₄O₅ 23 / 25 23. Suv (a), etil spirti (b) va sulfat kislota (c) berilgan. Ularni qaynash temperaturasi oshib borish tartibida joylashtiring. A) a-b-c B) b-a-c C) a-c-b D) c-b-a 24 / 25 24. 0,025 mol noma’lum oddiy modda yoqilganda kisloroddan 1,375 marta og‘ir bo‘lgan 33,6 litr (n.sh.da) gaz hosil bo‘ldi. Yoqilgan noma’lum oddiy moddaning kimyoviy formulasini keltiring. A) C90 B) C60 C) C70 D) C80 25 / 25 25. 98% sulfat kislota hosil qilish uchun 32% 20,0 kg oleumga qancha 60% sulfat kislota qo‘shish kerak? A) 7,84 kg B) 5,84 kg C) 6,84 kg D) 4,84 kg 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz