10-sinf Kimyo olimpiada №1 May 11, 2022May 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Kimyo olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Tarkibida massa bo‘yicha 6,67% vodorod saqlovchi binar tuz qizdirilsa, portlab ketadi va hech qanday qattiq qoldiq qolmaydi. Tuzning kimyoviy formulasini aniqlang. A) NO B) FeCl₃ C) O₂ D) NH₄N₃ 2 / 25 2. Ozon qatlamining yemirilishida quyidagi reaksiyalar ishtirok etishi mumkin: O3 = O + O2 O3 + NO = O2 + NO2 O3 + O = 2O2 O3 + NO2 = 2O2 + NO Keltirilgan reaksiya tenglamalarini tahlil qilib, ozon qatlamining yemirilishini katalizlovchi moddalarni aniqlang. A) O-atomlari B) NO C) O₂ va NO D) O₂ 3 / 25 3. FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda titrlash uchun 0,1 N K2Cr2O7 eritmasidan 5,7 ml sarflandi. Xuddi shuncha FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda noma’lum konsentratsiyali KMnO4 eritmasi bilan titrlash uchun esa permanganat eritmasidan 6,1 ml sarflangan bo‘lsa, KMnO4 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang. A) 0,004 M B) 0,467 M C) 0,019 M D) 0,093 M 4 / 25 4. Lorandit (ZAsSx) va Vrbait (Z4Hg33SbxAs8S20) minerallarida Z elementning og‘ir izotopi uchraydi va ularda ushbu izotopning massa ulushi mos ravishda 60,0% va 28,6%. Agar Z element izotopining atom massasi uning yadro zaryadidan 2,580 marta katta bo‘lsa, Z elementni aniqlang. A) NO B) NO C) O₂ D) Tl 5 / 25 5. NO3-+ xH+ + ye- = NH4+ + zH2O yarim-reaksiyadagi x,y,z koeffisientlarni aniqlang. (Barcha koeffisientlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirdagina javob inobatga olinadi) A) x = 10, y = 8, z = 3 B) x = 8, y = 10, z = 9 C) x = 10, y = 8, z = 8 D) x = 5, y = 8, z = 10 6 / 25 6. 4,2% 100 g natriy gidrokarbonat eritmasi qilzdirildi. Reaksiya to‘liq yakunlanganidan keyin eritmadagi tuzning massa ulushi necha foiz bo‘ladi? Tajribada suvni bug‘lanmaydi deb qarang. A) 5.68% B) 2.68% C) 3.68% D) 4.68% 7 / 25 7. Suvda amalga oshuvchi H2O ↔ H+ + OH- reaksiyaning muvozanat konstantasi (Kw) 25°C da 1,0∙10-14 ga, 100°C da esa 5,5∙10-13 ga teng. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, reaksiyaning issiqlik effekti (1) va 100°C dagi neytral suvning pH ko‘rsatkichini (2) aniqlang. (a) – ekzotermik; (b) – endotermik; (c) – 7,0; (d) – 6,1 A) 1-a, 2-c B) 1-b, 2-c C) 1-b, 2-d D) 1-a, 2-d 8 / 25 8. Mis sulfatning 90°C dagi to`yingan 200 g eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho`kmaga tushadigan CuSO4∙5H2O ning massasini hisoblang. S (90°C) = 40, S (30°C) = 20. (S – 100 g suvda necha g tuz erishi mumkinligini ko‘rsatadi) A) 20 g B) 50 g C) 30 g D) 40 g 9 / 25 9. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak? A) 352 g B) 452 g C) 335 g D) 362 g 10 / 25 10. Elektron yuqoriroq orbitadan pastrog‘iga tushsa, energiya kvanti … Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) chiqariladi B) yutilmaydi ham, chiqarilmaydi ham C) yutiladi D) elektronga aylanadi 11 / 25 11. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi? A) 36 marta ortadi B) 6 marta ortadi C) 216 marta ortadi D) o‘zgarmaydi 12 / 25 12. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang. A) 1-b, 2-a B) 1-a, 2-a C) 1-b, 2-b D) 1-a, 2-b 13 / 25 13. Quyida ba’zi reaksiyalarning issiqlik effektlari keltirilgan: C(grafit) + ½O2 = CO + 110,5 kJ/mol C(grafit) + O2 = CO2 + 393,5 kJ/mol Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, {CO + ½O2 = CO2} reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. A) 141,5 kJ/mol B) 283,0 kJ/mol C) 172,5 kJ/mol D) 504,0 kJ/mol 14 / 25 14. 0,050 M 10,0 ml sulfat kislota eritmasi 0,025 M NaOH bilan fenolftalein ishtirokida titrlanyapti. Sarflangan titrantning hajmi 35,0 ml ga yetganida eritmaning rangi qanday bo‘ladi? A) sariq B) rangsiz C) binafsha D) olovrang 15 / 25 15. 0°C dagi muz 0°C dagi suyuq suv bilan muvozanatda turgan paytda bosimni oshirsak, nima sodir bo‘ladi? A) bu holatda bosimni oshirishning imkoni yo‘q B) hech narsa o‘zgarmaydi C) suyuq suv muzga aylanadi D) muz suyuq suvga aylanadi 16 / 25 16. 18,5 g so‘ndirilgan ohak olish uchun necha g ohaktosh kerak bo‘ladi? A) 33 B) 14 C) 25 D) 13.7 17 / 25 17. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 60.3 B) 15.1 C) 39.7 D) 84.9 18 / 25 18. Agar mis(II) sulfat eritmasi misli elektrodlar bilan elektroliz qilinsa, katodda mis to‘planadi. Anodda qanday jarayon amalga oshishini tushuntiring. A) mis(II) gidroksidi hosil bo‘ladi B) elektrod tarkibidagi mis eritmaga Cu2+ ionlari ko‘rinishida o‘tadi C) kislorod ajralib chiqadi D) mis(II) oksidi hosil bo‘ladi 19 / 25 19. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang. A) NH₄N₃ B) O₂ C) HPO₃ D) FeCl₃ 20 / 25 20. O‘lchamlari 4,0 m x 3,0 m x 2,5 m, temperaturasi 20°C bo‘lgan xonada 0,5 litr (ρ = 1,6 g/ml) noma’lum X (M = 80 g/mol) suyuqlik qoldirib ketilgan. Agar 20°C da X suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi 5 mm Hg bo‘lsa (suyuqlik ushbu temperaturada hosil qilishi mumkin bo‘lgan bug‘larning eng katta bosimi), muvozanat qaror topganda idishda qancha hajm X suyuqlik qoladi? A) X ning hammasi bug‘lanib ketadi B) 410,5 ml C) 455,3 ml D) 89,5 ml 21 / 25 21. Yadro reaktorlarida uran-235 yoqilg‘isi neytronlar ta’sirida parchalanadi: 235U + n = 141Ba + X + 3n. Ushbu yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan X izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 20 B) 56 C) 36 D) 92 22 / 25 22. 1,7% 500 g kumush nitrati eritmasi eritma massasi 4,64 g ga kamaygunicha elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang. A) 0.17% B) 1.36% C) 0.34% D) 0.77% 23 / 25 23. Vodorod – 1H, 2H, 3H, jami 3 ta, xlor esa 35Cl va 37Cl, jami 2 ta izotopdan iborat ekanligini inobatga olib, izotop tarkibi bilan farq qiladigan jami necha xil HCl molekulalarini hosil qilish mumkinligini ayting. A) 7 B) 5 C) 4 D) 6 24 / 25 24. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 25 / 25 25. {A + B ↔ C + D} reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganida muvozanat konstantasi (K) quyidagicha aniqlansa: ?uni to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari orqali ifodalashga urinib ko‘ring. A) II B) I C) III D) IV 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Kimyo olimpiada
I was examining some of your articles on this site and I think this website is very instructive! Keep putting up.Money from blog
I was examining some of your articles on this site
and I think this website is very instructive! Keep putting up.Money from blog