Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 11-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 102 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Etilatsetat (CH3COOC2H5) belgilangan kislorod tutuvchi suv (H218O) bilan gidrolizlansa, qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi? A) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅¹⁸OH B) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅OH C) CH₃COOH va C₂H₅OH D) CH₃COOH va C₂H₅¹⁸OH 2 / 25 2. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang. A) 999 B) 1002 C) 1001 D) 1000 3 / 25 3. AlCl3 suyuqlanmasi 6,4 A tok kuchi bilan 30 minut davomida elektroliz qilinganida katodda hosil bo‘ladigan metallning massasini (g) aniqlang. A) 1.79 B) 3.21 C) 5.37 D) 1.07 4 / 25 4. 25°C da 100 g suvda 0,17 mg AgCl erishi ma’lum bo‘lsa, erish reaksiyasining (AgCl ↔ Ag+ + Cl-) muvozanat konstantasini hisoblang. Tuz qo‘shilganida suvning hajmi o‘zgarmaydi deb qarang. A) 1·10⁻¹⁰ B) 1·10⁻¹³ C) 3·10⁻¹⁰ D) 1·10⁻¹⁴ 5 / 25 5. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 1/1 B) 3/2 C) 5/2 D) 7/2 6 / 25 6. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang. A) HF B) Fe C) H2O D) O2 7 / 25 7. Butenning izomerlaridan biriga kislotali sharoitda suv biriktirilganida oksidlovchilar bilan ta’sirlashmaydigan spirt hosil bo‘ladi. Uglevodorodni aniqlang. A) 2-metilpropen B) buten-1 C) metilsiklopropan D) buten-2 8 / 25 8. PZR (Polimerazali Zanjir Reaksiyasi) (COVID-19 pandemiyasida barchaga tanilib ulgurgan!) usulida DNK molekulasidan juda ko‘p marotaba nusxa olinadi. 1-siklda 1 ta DNK dan 1 ta nusxa, 2-siklda 2 ta DNK: har biridan 1 tadan, jami 2 ta nusxa, 3-siklda 4 ta DNK dan jami 4 ta nusxa olinsa, DNK molekulalari soni 100 tadan oshishi uchun nechanchi siklni bajarish kerak? A) 6 B) 9 C) 8 D) 7 9 / 25 9. Quyidagi moddalardan qaysilari natriy bilan ta’sirlashib gaz ajrata oladi: 1) etilen 2) etanol 3) sirka aldegidi 4) fenol 5) sirka kislotasi? A) 4, 5 B) 2, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5 10 / 25 10. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang. A) atsetaldegid B) butanal C) formaldegid D) propanal 11 / 25 11. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) o‘zgarmaydi D) 2 marta kamayadi 12 / 25 12. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi? A) 13.6 B) 10.2 C) 6.8 D) 40.8 13 / 25 13. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi A) 1-b, 2-a B) 1-c, 2-b C) 1-a, 2-a D) 1-a, 2-b 14 / 25 14. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang. A) 9.6 B) 12 C) 7.2 D) 16 15 / 25 15. 19,2 g kalsiy karbididan qancha hajm (ml) benzol (ρ = 0,876 g/ml) olish mumkin? Har bir bosqichning reaksiya unumi 50%. A) 2,326 ml B) 4,236 ml C) 3,236 ml D) 2,226 ml 16 / 25 16. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi? A) 2-metilbutan B) 2-brom-3-metilbutan C) 2-brom-2-metilbutan D) 2,3-dibrom-2-metilbutan 17 / 25 17. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi? A) H₂S₂O₆ B) H₂S₂O₈ C) H₂S₂O₃ D) H₂SO₄ 18 / 25 18. 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3CO2 Ushbu jarayon qaysi moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi? A) alyuminiy(III) sulfat va natriy karbonat B) alyuminiy(III) gidroksid va karbonat kislota C) alyuminiy(III) xlorid va karbonat kislota D) alyuminiy(III) sulfid va kaliy karbonat 19 / 25 19. Qaysi qatorda Cu+ ionining elektron konfiguratsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? ⁴⁵⁷⁸ ¹ A) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° B) 1s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° C) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s² D) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s¹ 20 / 25 20. O‘ng tomondagi rasmlarda CH3CH2F → CH2=CH2 + HF reaksiya uchun tegishli ma’lumotlar keltirilgan: R – tegishli yadrolar orasidagi masofa, ∆R – yadrolar orasidagi masofaningboshlang‘ichga qaraganda qanchaga o‘zgarishini bildiradi. RHF, RCM va RCC masofalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini (A, B, C, D) aniqlang. A) RHF – D, RCM – A, RCC – C B) RHF – B, RCM – D, RCC - C C) RHF – A, RCM – D, RCC - B D) RHF – B, RCM – C, RCC - A 21 / 25 21. Havodagi azotning sanoatda o‘zlashtirilishi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshadi: N2 → NH3 → NO → NO2 → HNO3 → NH4NO3. Sxemadan ayon bo‘lyabdiki, ammoniy nitrat tarkibidagi ham ammoniy kationi, ham nitrat anioni havo tarkibidagi azotdan hosil bo‘lmoqda. 1 tonna ammoniy nitrat sintez qilish uchun qancha m3 (n.sh.da) havoni qayta ishlash kerak? (Havodagi azotning hajmiy ulushini 80% deb qarang) A) 250 B) 350 C) 450 D) 550 22 / 25 22. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi? A) 28 ml B) 224 ml C) 56 ml D) 112 ml 23 / 25 23. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J) 235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol A) 3,58 B) 4,86 C) 2,49 D) 6,26 24 / 25 24. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring. A) z = x + y B) z = 2x + y C) z = x²∙y D) z = x∙y 25 / 25 25. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang. A) 0.025 B) 0.833 C) 0.625 D) 3.75 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz