Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 10-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 55 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 4,2% 100 g natriy gidrokarbonat eritmasi qilzdirildi. Reaksiya to‘liq yakunlanganidan keyin eritmadagi tuzning massa ulushi necha foiz bo‘ladi? Tajribada suvni bug‘lanmaydi deb qarang. A) 3.68% B) 4.68% C) 5.68% D) 2.68% 2 / 25 2. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang. A) HPO₃ B) NH₄N₃ C) FeCl₃ D) O₂ 3 / 25 3. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak? A) 452 g B) 335 g C) 352 g D) 362 g 4 / 25 4. 1,7% 500 g kumush nitrati eritmasi eritma massasi 4,64 g ga kamaygunicha elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang. A) 0.34% B) 0.17% C) 1.36% D) 0.77% 5 / 25 5. Quyida ba’zi reaksiyalarning issiqlik effektlari keltirilgan: C(grafit) + ½O2 = CO + 110,5 kJ/mol C(grafit) + O2 = CO2 + 393,5 kJ/mol Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, {CO + ½O2 = CO2} reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. A) 172,5 kJ/mol B) 141,5 kJ/mol C) 504,0 kJ/mol D) 283,0 kJ/mol 6 / 25 6. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) 36 marta ortadi C) 216 marta ortadi D) 6 marta ortadi 7 / 25 7. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 84.9 B) 15.1 C) 60.3 D) 39.7 8 / 25 8. Elektron yuqoriroq orbitadan pastrog‘iga tushsa, energiya kvanti … Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) yutiladi B) elektronga aylanadi C) yutilmaydi ham, chiqarilmaydi ham D) chiqariladi 9 / 25 9. {A + B ↔ C + D} reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganida muvozanat konstantasi (K) quyidagicha aniqlansa: ?uni to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari orqali ifodalashga urinib ko‘ring. A) II B) I C) III D) IV 10 / 25 10. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 11 / 25 11. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang. A) 1-a, 2-a B) 1-b, 2-a C) 1-b, 2-b D) 1-a, 2-b 12 / 25 12. Quyidagi keltirilgan kvant sonlarining qaysi kombinatsiyasi bitta elektronga tegishli bo‘la olmaydi? A) n = 4, l = 2, m = -1 B) n = 3, l = 1, m +1 C) n = 2, l = 1, m = 0 D) n = 1, l = 0, m = -1 13 / 25 13. Agar mis(II) sulfat eritmasi misli elektrodlar bilan elektroliz qilinsa, katodda mis to‘planadi. Anodda qanday jarayon amalga oshishini tushuntiring. A) elektrod tarkibidagi mis eritmaga Cu2+ ionlari ko‘rinishida o‘tadi B) mis(II) gidroksidi hosil bo‘ladi C) mis(II) oksidi hosil bo‘ladi D) kislorod ajralib chiqadi 14 / 25 14. Mis sulfatning 90°C dagi to`yingan 200 g eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho`kmaga tushadigan CuSO4∙5H2O ning massasini hisoblang. S (90°C) = 40, S (30°C) = 20. (S – 100 g suvda necha g tuz erishi mumkinligini ko‘rsatadi) A) 40 g B) 20 g C) 30 g D) 50 g 15 / 25 15. Lorandit (ZAsSx) va Vrbait (Z4Hg33SbxAs8S20) minerallarida Z elementning og‘ir izotopi uchraydi va ularda ushbu izotopning massa ulushi mos ravishda 60,0% va 28,6%. Agar Z element izotopining atom massasi uning yadro zaryadidan 2,580 marta katta bo‘lsa, Z elementni aniqlang. A) NO B) O₂ C) NO D) Tl 16 / 25 16. NO3-+ xH+ + ye- = NH4+ + zH2O yarim-reaksiyadagi x,y,z koeffisientlarni aniqlang. (Barcha koeffisientlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirdagina javob inobatga olinadi) A) x = 5, y = 8, z = 10 B) x = 10, y = 8, z = 8 C) x = 8, y = 10, z = 9 D) x = 10, y = 8, z = 3 17 / 25 17. 18,5 g so‘ndirilgan ohak olish uchun necha g ohaktosh kerak bo‘ladi? A) 25 B) 14 C) 33 D) 13.7 18 / 25 18. Ozon qatlamining yemirilishida quyidagi reaksiyalar ishtirok etishi mumkin: O3 = O + O2 O3 + NO = O2 + NO2 O3 + O = 2O2 O3 + NO2 = 2O2 + NO Keltirilgan reaksiya tenglamalarini tahlil qilib, ozon qatlamining yemirilishini katalizlovchi moddalarni aniqlang. A) O₂ B) O₂ va NO C) NO D) O-atomlari 19 / 25 19. Vodorod – 1H, 2H, 3H, jami 3 ta, xlor esa 35Cl va 37Cl, jami 2 ta izotopdan iborat ekanligini inobatga olib, izotop tarkibi bilan farq qiladigan jami necha xil HCl molekulalarini hosil qilish mumkinligini ayting. A) 7 B) 6 C) 4 D) 5 20 / 25 20. Tarkibida massa bo‘yicha 6,67% vodorod saqlovchi binar tuz qizdirilsa, portlab ketadi va hech qanday qattiq qoldiq qolmaydi. Tuzning kimyoviy formulasini aniqlang. A) NO B) NH₄N₃ C) O₂ D) FeCl₃ 21 / 25 21. Yadro reaktorlarida uran-235 yoqilg‘isi neytronlar ta’sirida parchalanadi: 235U + n = 141Ba + X + 3n. Ushbu yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan X izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 56 B) 20 C) 36 D) 92 22 / 25 22. 0,050 M 10,0 ml sulfat kislota eritmasi 0,025 M NaOH bilan fenolftalein ishtirokida titrlanyapti. Sarflangan titrantning hajmi 35,0 ml ga yetganida eritmaning rangi qanday bo‘ladi? A) sariq B) olovrang C) binafsha D) rangsiz 23 / 25 23. Suvda amalga oshuvchi H2O ↔ H+ + OH- reaksiyaning muvozanat konstantasi (Kw) 25°C da 1,0∙10-14 ga, 100°C da esa 5,5∙10-13 ga teng. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, reaksiyaning issiqlik effekti (1) va 100°C dagi neytral suvning pH ko‘rsatkichini (2) aniqlang. (a) – ekzotermik; (b) – endotermik; (c) – 7,0; (d) – 6,1 A) 1-a, 2-d B) 1-a, 2-c C) 1-b, 2-c D) 1-b, 2-d 24 / 25 24. O‘lchamlari 4,0 m x 3,0 m x 2,5 m, temperaturasi 20°C bo‘lgan xonada 0,5 litr (ρ = 1,6 g/ml) noma’lum X (M = 80 g/mol) suyuqlik qoldirib ketilgan. Agar 20°C da X suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi 5 mm Hg bo‘lsa (suyuqlik ushbu temperaturada hosil qilishi mumkin bo‘lgan bug‘larning eng katta bosimi), muvozanat qaror topganda idishda qancha hajm X suyuqlik qoladi? A) X ning hammasi bug‘lanib ketadi B) 410,5 ml C) 455,3 ml D) 89,5 ml 25 / 25 25. 0°C dagi muz 0°C dagi suyuq suv bilan muvozanatda turgan paytda bosimni oshirsak, nima sodir bo‘ladi? A) hech narsa o‘zgarmaydi B) bu holatda bosimni oshirishning imkoni yo‘q C) suyuq suv muzga aylanadi D) muz suyuq suvga aylanadi 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz