Uy » Abituriyent » Blok testlar » Matematika va Geografiya yo’nalishi №1 Blok testlar Matematika va Geografiya yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 58 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Matematika va Geografiya yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Matematika (3.1 ball) ? Geografiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. x² + y² - 12x + 6y + 9 = 0 tenglama bilan berilgan aylananing markazini toping A) (6;-3) B) (-6;3) C) (3;-6) D) (-3;6) 2 / 90 2. Hasan, Husan va ularning 3 nafar oʻrtoqlari orasidan ixtiyoriy tanlangan 3 kishining orasida Hasan va Husan boʻlishi ehtimolligini toping. A) 0,3 B) 0,4 C) 0,2 D) 0,25 3 / 90 3. a va b orqali ifodalangan m ning qanday qiymatida ifoda to’la kvadrat bo’ladi? A) ±3ab B) To’g’ri javob keltirilmagan C) 4a² b² D) ±ab/3 4 / 90 4. x² + ax = 1 tenglamaning x1 va x2 ildizlari tenglikni qanoatlantirsa, a² - 2 ning qiymatini toping. A) 34 B) 7 C) 14 D) 2 5 / 90 5. Tengsizliklar sistemasini yeching. A) (-7 ; -2] B) [-2;7) C) [2 ; 11) D) (-11 ; 2] 6 / 90 6. cosx + sinx/2 = 1 tenglama [0; 2π] da nechta ildizga ega? A) 4 B) 3 C) 5 D) 6 7 / 90 7. Soddalashtiring A) 0 B) 1/2 C) -1 D) 1 8 / 90 8. Ifodani soddalashtiring: A) cosα B) sinα C) 0 D) 1 9 / 90 9. Funksiyaning eng kichik qiymatini toping. A) 8⁴ B) 7⁴ C) 6⁴ D) 16⁴ 10 / 90 10. (x + 1) · (|x| - 1) ≥ 2 tengsizlikni yeching. A) (-∞ ; -√3] B) (-∞ ; -√3] ∪ [√3 ; +∞) C) (-∞ ; 0] ∪ [√3 ; +∞) D) [√3 ; +∞) 11 / 90 11. ABCD teng yonli trapetsiyaga radiusi 2 ga teng boʻlgan aylana ichki chizilgan. Agar trapetsiya asoslarining nisbati 4:9 kabi boʻlsa, kichik asos uzunligini toping. A) 8/5 B) 8/3 C) 3/8 D) 5/8 12 / 90 12. f ( x)=x² funksiyaning (0;0) va (1;1) nuqtalaridan oʻtuvchi toʻgʻri chiziqqa parallel boʻlgan urinma tenglamasini tuzing. A) y = x - 0,225 B) y = x - 0, 2 C) y = x - 0,25 D) y = x - 0,125 13 / 90 13. Agar ifodaning qiymatini toping. A) -14 B) 14 C) 8 D) -8 14 / 90 14. Integralni hisoblang: A) 2-√5 B) √5-2 C) 2√5-4 D) 4-√5 15 / 90 15. Funksiyaning qiymatlar to’plamini toping. A) [-2;0) ∪ (0;2] B) (-3;1) C) (-1;1) D) (-2;2) 16 / 90 16. AB kesmani A uchidan boshlab hisoblanganda C nuqta 3:4 nisbatda, D nuqta esa AC kesmani 4:3 nisbatda boʻladi. Agar AB kesmaning uzunligi 49 cm boʻlsa, u holda AD kesmaning uzunligini (cm) toping. A) 9 B) 21 C) 12 D) 16 17 / 90 17. ABC uchburchakning A uchidan BC tomoniga AD mediana tushirildi, bunda AD = BD = AC bo’ladi. BC tomonning AB tomonga nisbatini toping. A) 3√3/2 B) 1/2 C) √3 D) 2√3/3 18 / 90 18. a va b ning qanday qiymatlarida tenglamalar sistemasi yechimlarga ega emas? A) a = 10; b = 18 B) a ≠ 10; b = 18 C) a = 10; b ≠18 D) a ≠ 10; b ≠ 18 19 / 90 19. a va b raqamlar yig’indisi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi. Agar aba ko’rinishidagi uch xonali sonlarni 7 ga bo’lganda bir xil qoldiq qolsa, shu qoldiqni toping. A) 4 B) 6 C) 0 D) 3 20 / 90 20. Hadlari xn = 4n2 + cn + 2 formula bilan berilgan ketma – ketlikda x4 - x2 = 52 boʻlsa, bu ketma – ketlikning uchinchi hadini toping. A) 52 B) 56 C) 50 D) 44 21 / 90 21. Arifmetik progressiyaning oltinchi hadi 17 ga teng, dastlabki 16 ta hadning yig’indisi esa 392 ga teng. Ushbu progressiyaning 9-hadini toping. A) 13 B) 26 C) 16 D) 24 22 / 90 22. 3·92x+2·9x-1≤0 tengsizlikni yeching A) (-∞;2] ∪ [3; +∞) B) (-∞;2] C) (-∞;-1,5] D) [0,5; +∞) 23 / 90 23. O’ziga qo’shni burchakning 4/5 qismiga teng bo’lgan burchakning yarimini toping. A) 55° B) 40° C) 50° D) 45° 24 / 90 24. Hisoblang: A) 1 B) 0 C) -2 D) 2 25 / 90 25. Funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli natural sonlar nechta? A) 4 B) 6 C) 3 D) 5 26 / 90 26. Tenglamaning ildizlari ʻ ko paytmasini toping. A) 1/8 B) 2 C) 1/4 D) 4 27 / 90 27. Hisoblang: A) 2 B) 1 C) 0 D) 3 28 / 90 28. Barcha ikki xonali sonlar ko’paytmasi tub sonlar ko’paytmasi shaklida yozilganda, bu ko’paytmada 7 soni necha marta qatnashadi? A) 14 B) 16 C) 15 D) 13 29 / 90 29. 0; 1; 2; 3; 4; 5 raqamlardan jami nechta raqamlari takrorlanmaydigan 3 xonali sonlar tuzish mumkin? A) 216 B) 125 C) 180 D) 100 30 / 90 30. vektorlar uchun bo'lsa, x ni toping. A) 2 B) -1 C) 1 D) -2 31 / 90 31. O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi … A) Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85.6□ shimoliy kenglik) B) Hindikush tog‘larining janubiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h to‘g tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34□ shimoliy kenglik) C) Ayirtov yaqinida (53.8□ shimoliy kenglik) D) Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50.3□ shimoliy kenglik) 32 / 90 32. Hozirgi kunda “Afrosiyob” poyezdlari qaysi yo`nalishlar bo`yicha qatnayapti? A) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz B) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Angren – Qo`qon C) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg`ona – Qo`qon D) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz 33 / 90 33. Atmosfera so‘zining ma’nosi nima? A) yunoncha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq B) lotincha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar C) yunoncha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar D) lotincha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq 34 / 90 34. Qaysi sayohatchi birinchi bo‘lib, Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan? A) Fernan Magellan B) Xristofor Kolumb C) III)Vasko da Gama D) Amerigo Vespuchchi 35 / 90 35. Yevrosiyoning qaysi qismida harakatdagivulqonlar, dahshatli zilzilalar tez–tez bo‘lib turadi? A) qadimgi platformalarda B) faol geosinklinal mintaqalarda C) qadimgi yassi tog‘liklarda D) platformalarning qalqonida 36 / 90 36. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi kategoriyasini toping (erkaklar misolida) A) 16-65 yosh B) 18- 55 yosh C) 16-60 yosh D) 16-55 yosh 37 / 90 37. Turon iqlimida yillik yog‘inning 35−40 foizi yilning qaysi fasllariga to‘g‘ri keladi? A) Kuz va qish B) Bahor va yoz C) Yoz va kuz D) Qish va bahor 38 / 90 38. Joy plani qanday masshtabda tuziladi? A) 1:5000 va undan yirikroq B) 1:1000000000 va undan yirikroq C) 1:500 va undan kichikroq D) 1:5000000 va undan yirikroq 39 / 90 39. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i qanday ataladi? A) ocean B) Dunyo okeani C) litosfera D) qirg‘oqsiz dengiz 40 / 90 40. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi – 3 ta balandlik mintaqasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Balandlik mintaqasi noto‘g‘ri berilgan javobni toping. A) cho‘l B) adir (tog‘oldi) C) tog‘ D) yaylov 41 / 90 41. Nimalar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi A) mikroorganizmlar B) mikroblar C) o‘simliklar D) hayvonlar 42 / 90 42. Quyidagilardan qaysi birida yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi? A) Gviana yassi tog‘ligining shimoliy qismlari B) Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlari C) Amazoniya pasttekisligining g‘arbiy qismlari D) And tog‘larining janubiy qismlari 43 / 90 43. Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi? A) 800−900 millimetr B) 900−1000 millimetr C) 1000−1200 millimetr D) 500−600 millimetr 44 / 90 44. Antarktika sovuq o‘lkasining maydoni qanchaga teng? A) 55, 2 mln kv.km B) 45, 5 mln kv.km C) 52, 5 mln kv.km D) 14 mln kv.km 45 / 90 45. Kilimanjaro vulqoni qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan? A) Sharqiy Afrika B) Shimoliy Afrika C) Markaziy Afrika D) Janubiy Afrika 46 / 90 46. Hozirgi kunda mamlakatimiz suv transportida qaysi birlashma mavjud emas? A) “Amudaryo flotiliyasi” B) NN) “Termiz daryo porti” C) MM) “Qoraqalpog‘iston daryo floti” D) LL)“Xorazm daryo floti” 47 / 90 47. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar nima deyiladi? A) oraliq qatlamlar B) qatlamlar orasidagi suv C) suv o‘tkazmaydigan qatlamlar D) suvli qatlamlar 48 / 90 48. Yerning sharsimon ekanligini nazariy jihatdan birinchi bo‘lib kim va qachon isbotlagan? A) mil.avv. 7-asrda Fales B) mil.avv. 3-asrda Eratosfen C) mil.avv. 6-asrda Pifagor D) mil.avv. 4-asrda Aristotel 49 / 90 49. Tog‘ …bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) qancha qadimgi va qutbga yaqin B) okeanga qancha yaqin va baland C) ekvatorga qancha yaqin va baland D) qancha katta masofaga cho‘zilgan 50 / 90 50. Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim ….., chuqurdagi qaynoq moddalar …… jinsga aylanadi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) pasayadi, suyuq B) ortadi, suyuq C) ortadi, qattiq D) pasayadi, qattiq 51 / 90 51. Aholining mamlakatdan ko`chib ketishi yoki ko`chib kelishi nima deyiladi? A) emigratsiya B) ichki migratsiya C) immigratsiya D) tashqi migratsiya 52 / 90 52. Shimoliy Amerikada birinchi milliy bog‘ qachon tashkil etilgan? A) 1882-yil B) 1836-yil C) 1872-yilda D) 1793-yil 53 / 90 53. Qishda, yanvar oyida O‘zbekistonning hududlarida o‘rtacha haroratini mos javobni belgilang. 1) Toshkent, 2) Termiz, 3) Samarqand, 4) Ustyurt a) –10 –11°C, b) +0,9°C, c) +0,3°C, d) +2,8°C A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 54 / 90 54. Puerto-Riko botig‘ining chuqurligi qancha? A) 8742 metr B) 7729 metr C) 8224 metr D) 11022 metr 55 / 90 55. O`zbekiston o`z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini qaysi davlatlarga eksport qilmoqda? 1)Qozog`iston,2)Qirg`iziston,3)Tojikiston,4)Afg`oniston,5) Turkmaniston, 6) Eron A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 6 56 / 90 56. Bog‘dorchilik,uzumchilik vapolizchilikda qo‘llaniladigan mashinava moslamalar qayerda ishlab chiqarilmoqda? A) “Toshqishloqmash”da B) O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida C) Toshkent traktor zavodida D) “O‘rta Osiyoqishloqmash” birlashmasida 57 / 90 57. Vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin turadi. Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? A) Bug`doy B) Arpa C) Sholi D) Tariq 58 / 90 58. Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan? A) gersin B) kaledon C) alp D) baykal 59 / 90 59. Qanday xaritalarda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar ko‘rsatiladi? A) siyosiy B) iqtisodiy C) umumgeografik D) mavzuli 60 / 90 60. Tog‘larda daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproq turi qaysi? A) o‘tloq-botqoq va o‘tloq-toshloq tuproq B) tog‘ jigarrang tuproq C) tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq D) qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproq 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) -150 B) 150 C) 60 D) 50 62 / 90 62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) hammasining narxi bir xil B) 3 C) 2 D) 1 63 / 90 63. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 64 / 90 64. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 100 B) 150 C) 120 D) 110 65 / 90 65. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 8 B) 10 C) 6 D) 5 66 / 90 66. EKUK(15,45,21) ni toping. A) 215 B) 210 C) 115 D) 315 67 / 90 67. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 9 B) 8 C) 6 D) 7 68 / 90 68. Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 141 B) 257 C) 85 D) 254 69 / 90 69. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 157 B) 177 C) 161 D) 163 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 5 mln 400 ming B) 6 mln 500 ming C) 6 mln 600 ming D) 6 mln 400 ming 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) ommabop uslub B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) so‘zlashuv uslubi 72 / 90 72. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) Buyg‘ur B) qozoq C) tatar D) qoraqalpoq 73 / 90 73. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) ravishdosh B) harakat nomi C) Bsof fe’l D) sifatdosh 74 / 90 74. Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti B) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni C) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo D) ammo, lekin, agar, chunki, negaki 75 / 90 75. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta 76 / 90 76. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -guncha, -la, -in, -il, -gan B) -gach, -guncha, -gani, -ib C) -gach, -t, -ir, -n, -i D) -in, -t, -ir, -ish, -il 77 / 90 77. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) i, u, q B) sh, k, t C) t, k, y D) a, i, o‘ 78 / 90 78. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. D) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. 79 / 90 79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -li, -kash, -im B) -qi, -choq, -in C) -kash, -eh, -la D) -lik, -zor, -ar 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) jaranglilik B) til orqalilik C) portlovchilik D) shovqinlilik 81 / 90 81. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 3000 B) 5000 C) 1500 D) 2500 82 / 90 82. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) xonaqoh B) madrasa C) maqbara D) sardoba 83 / 90 83. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1927-yil B) 1924-yil C) 1922-yil D) 1925-yil 84 / 90 84. Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. B) Abu Mansur al-Moturidiy. C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. 85 / 90 85. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Nasrullo B) Shohmurod C) Haydar D) Olimxon 86 / 90 86. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2016-yil, 11-fevral B) 2017-yil, 7-fevral C) 2016- yiul,15-yanvar D) 2017-yil, 24-iuyn 87 / 90 87. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Rustam Saidov B) Inomjon Usmonxo‘jayev C) Sharof Rashidov D) Rafiq Nishonov 88 / 90 88. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Sayyora Rashidova B) Indra Gandi C) Yodgora Nasriddinova D) Benazir Bxutto 89 / 90 89. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Xatib” B) B“Naqib” C) “Hojib” D) “Ustod” 90 / 90 90. MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2007-yil B) 2005-yil C) 2009-yil D) 2002-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Ona tili yo’nalishi №1