Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №8 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №8 InfoMaster Aprel 6, 2022 163 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №8 JUFT VA TAKRORIY OLMOSHLAR .ULARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH SO’ZLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING LUG’AVIY VA MUNOSABAT SHAKLLARI EGALIK SHAKLLARI VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Sovuqni sovuq saqlar , Issiqni issiq (Termos) Ushbu topishmoqda nechta yasama so’z mavjud ? A) 4 B) 5 C) 3 D) 1 2 / 37 Faqat yasama otlar berilgan qatorni toping. A) kalxat, gulchi, o’t. B) quvonch, tinchlik, duradgorlik. C) chaqmoq, obkash, uy. D) chorva, baxt, guldon. 3 / 37 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi B) Meng ikki dona non bering C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 4 / 37 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda B) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi C) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan D) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. 5 / 37 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. B) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! C) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . D) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? 6 / 37 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) qancha? B) qachon? C) nega? D) necha? 7 / 37 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 8 / 37 Qanday olmoshlar takroriy olmoshlar sanaladi? A) bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar B) barchasi to 'g 'ri. C) bir olmoshning ayrim tovush о 'zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar D) hir olmoshning tovush qo'shilishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar 9 / 37 Qaysi olmoshlar takror holda qo’llanadi? A) ko’rsatish B) so’roq C) A,B,C D) o’zlik 10 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin ? A) kishilik va ko’rsatish. B) ko’rsatish, so’roq, belgilash. C) so’roq va belgilash. D) kishilik, so’roq, belgilash 11 / 37 Qaysi qatorda takror olmosh qo’llangan.? A) Bu tarix qanchadan qancha janggu-jadallarning guvohidir. B) Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shu kishini vatani deyilur. C) Biz o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyamiz. D) Har kishining boshiga balo kelsa, o’zining tilidan keladi. 12 / 37 Gumon olmoshi berilmagan gaplarni belgilang. A) U allanimalar demoqchi bo’ldi-yu o’zini ocha olmadi. B) Birni birov beradi, ko’pni mehnat. C) Dalada hech kim yo’q, hamma tushlikka chiqqan. D) Bektemir orqadan nimaningdir ovozni eshitib qoldi. 13 / 37 Sahroi Kabirda yozsam ko‘nglimni,Ruhimda chinorday turding ko‘karib.... bo’lib nechun men seniBir umr boshimda yurdim ko‘tarib?..Nechta olmosh qo’llangan? A) 2 ta B) 4ta C) 1 ta D) 3 ta 14 / 37 Qancha-qancha donolar bu masala ustida bosh qotirmadi . 2.Biz-u siz bu masalani yecha olmaymiz . 3.Usta u deb ko’rdi,bu deb ko’rdi–bo’lmadi .4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz . A) 2, 4 B) 3, 4 C) 1, 2 , 3, 4 D) 2 15 / 37 Hamma jim qoldi .Har kim o’z oldida bir narsa topib ,shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini ,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi .Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan ? A) o’zlik ,belgilash, kishilik , ko’rsatish B) o’zlik ,ko’rsatish,gumon C) ko’rsatish ,o’zlik , belgilash D) o’zlik ,ko’rsatish ,belgilash ,gumon 16 / 37 l)parvo; 2)avzo; 3)mavzu; 4)obro‘; 5) xudo; 6) dohiy. Berilgan so‘zlarga 3-shaxs birlik sondagi egalik qo'shimchasi qay tarzda qo‘shiladi? A) 1-, 2-, 3-, 4-so‘zlarda —yi; 5-, 6-so‘zlarda -si B) 1-, 2-, 3-, 6-so‘zlarda -yi; 4-, 5-so‘zlarda -si C) 1-, 2-, 4-so‘zlarda-yi shaklida; 3-, 5-, 6-so‘zlarda -si shaklida D) 2-, 3-so‘zlarda -yi; 1-, 4-, 5-, 6-so‘zlarda-si 17 / 37 Qaysi qatordagi so’zlar egalik qo’shimchasi qo’shilganda, q tovushi g’ tovushiga aylanmaydi? A) zavq, ishtiyoq B) barmoq, tirnoq C) o’rtoq, bayram D) so’roq, qaymoq 18 / 37 Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi 4. –man, -san, -dir qo’shimchalari 5. so’z yasovchi qo’shimchalar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,5 19 / 37 Olmoshlarning qaysilari takroriy holda qo’llanadi ? A) o’zlik, belgilash. B) gumon, o’zlik. C) so’roq, ko’rsatish. D) kishilik, ko’rsatish. 20 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) soch, qosh B) burun, ogiz C) mashina, maydon D) ko’rik, shahar 21 / 37 Egalik qo’shimchalari qo’shilgach, o’zakda qanday o’zgarishlar yuz berishi mumkin? A) tovush tushadi, almashadi, ortadi B) tovush tushadi. C) faqat tovush almashadi D) tovush tushadi va almashadi 22 / 37 Qaysi otlarga III-shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari qo’shilgan? A) bahongiz, otangiz B) bahomiz, otamiz C) baholaringiz, otalaringiz D) bahosi, otasi 23 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmosh necha o’rinda qo’llangan? A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 24 / 37 Qurboning bo’layin ,ey onajonim Sening faryodlaring ,mening fig’onim (M Yusuf) Ushbu she’riy parchada ismlarning munosabat shakllari necha marta qo’llangan? A) 7 B) 4 C) 6 D) 5 25 / 37 Quyidagi gapda qo’llangan olmoshlar soni va turini aniqlang?-Noshukurlik,-debdi u,-noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o’ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo’lish qobilyatini yo’qotadi. A) 3ta; 1ta kishilik, 1ta ko’rsatish,1ta belgilash B) 4ta: 3ta ko’rsatish, 1ta belgilash C) 3ta: 1ta kishilik, 2ta ko’rsatish D) 4ta:1ta kishilik, 2ta ko’rsatish, 1ta belgilash 26 / 37 Qaysi gapda takror olmosh ishtirok etgan gap berilgan ?. A) Yaxshiliklaming barchasi inson uchundir B) Mezbon zudlik bilan u-bu narsalarni jovondan olib dasturxonga qo'ydi C) Bu ot uncha — muncha yukni oisand qilmaydi D) Yigit o'z-o’ziga dedi," Bir balosi bo'lmasa ,shudgorda quyruq na qilur ? 27 / 37 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 9 B) 8 C) 11 D) 10 28 / 37 Qaysi qatordagi so’zlarda egalik qo’shimchasi qo’shilishi bilan o’zakda tovush tushish xodisasi yuz beradi? A) ko’ngil, singil, yuqori B) idrok, park, ufq C) qo’g’irchoq, so’zroq, ishtirok D) o’rin, zahar, bag’ir 29 / 37 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) ho’plam, qaram B) bolam, parvonam C) nolam, jo’ram D) xolam, na’ram 30 / 37 Olmoshnng qaysi turi sodda, qo’shma, juft va takroriy shakllarga ega ? A) so’roq, bo’lishsizlik, belgilash. B) ko’rsatish olmoshlari. C) bo’lishsizlik va belgilash. D) kishilik va o’zlik olmoshlaridan tashqari olmoshlarning barchasi. 31 / 37 Qaysi javobda egalik qo’shimchasi olgan va olmagan otlar ishtirokodagi gaplar berilgan? A) Mamlakatimiz g’oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. B) Isrof-o’rinsiz va foydasiz yerlarga pul va mol sarf qilishdir. C) Biz mavzud real xavf –xarakatlarga jiddiy qaraymiz. D) Chaman- chaman gullar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi. 32 / 37 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) ko’rsatish olmoshlari B) kishilik olmoshlari C) o’zlik olmoshi D) belgilash olmoshlari 33 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz D) Hech bir his aqldan bo’lmaydi 34 / 37 Qaysi qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi? A) tilak, ko’ylak B) terak, yurak C) bilak, chelak D) idrok, ishtirok 35 / 37 Qaysi olmoshlar juft holda ham takroriy holda ham ishlatiladi. A) ko’rsatish. , so’roq B) kishilik va ko’rsatish. C) kishilik, o’zlik. D) barcha olmoshlar. 36 / 37 Nadir millat qudratining tamadduni?Amir Temur haykalidan so’rang buni.Ot mindirb kim qaytardi yurtga uni?Jahongiri bexonumon yurt edi bu.Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qo’llangan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 37 / 37 Munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar qaysi bandda berilgan? A) -guncha, -may, -ni B) -i, -im, -ning C) -oq, -chi, -zor D) -la, -gan, -ib 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz