Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №7 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №7 InfoMaster Aprel 6, 2022 99 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №7 GUMON OLMOSHLARI BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI SODDA VA QO’SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 36 1) kav…sh, 2) kib…r, 3) kir…m, 4) lut…f, 5)moy Ilmo qoidasiga ko’ra nuqtalar o’rnida i unlisi qo’shilishi kerak bo’lgan so’zlarni belgilang.. A) 1.4 B) 3,5 C) 1,4,5 D) 1,2,3,5 2 / 36 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) jamlik va to’da B) kuchaytirish va takid. C) xil, nav, mo’llik. D) grammatik ko’plik. 3 / 36 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) qarab , aqrab , mansab B) yonlab , egatlab , maktab C) haftalab ,kilolab ,saharlab D) tiklab, pag’alab , mo’ylab 4 / 36 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Bir no’noqni bir epchil eplaydi B) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi C) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi D) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas 5 / 36 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 1,3 B) l,2 C) 2,3 D) faqat 2 6 / 36 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 7 / 36 Qo’shma olmoshlar qatorini aniqlang. A) har bir, ana shu , hech qachon B) qachondir, kimningdir, nimadir. C) kimdir , hech kim, hech qachon. D) hech bir, har xil, har doim. 8 / 36 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) qo’shma olmoshlar B) tub olmoshlar C) yasama sodda olmoshlar D) B, C 9 / 36 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) 1,4 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,5 D) yuqoridagilarning barchasi 10 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Kimlarningdir kasriga qolib, qamalib ketishni istamayman B) Eshikdan kimdir mo‘ralab, o‘tirganlarga bir-bir qaradi. C) Balki,svet yongandir . D) Allakim sizni so‘rab kelgandi. 11 / 36 Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shiiib ularga gumon ma'nosini yuklaydi? A) В va C. B) kishi, narsa, nima C) inson. nimarsa, nimadir D) odam, kim, predmet 12 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtrok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 13 / 36 Qaysi gарdа bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ? A) Biz hech gapni eshitmadik. B) Hech qanday dard Vatandan ayrilish dardidan kuchli emas C) Mo'minjon jimgina o'tirdi. hech indamadi D) Men bunday serhosil daraxtni hech ko'rmagan edim 14 / 36 Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi? A) inkor shaklida B) А, В, С. C) ko'plik shaklda D) o'tgan zamon shaklida 15 / 36 9 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Iroda barcha dori darmonlardan ko’ra ko’proq yordam beradi. B) Olg’irlar hech narsadan jirkanmaydilar. C) O’z tilin idora qilolmagan odamda haqiqat bo’lmaydi. D) Yoshlik shu narsa bilan bahtiyorki, uning kelajagi bor. 16 / 36 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. B) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. C) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. D) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. 17 / 36 Gumon olmoshi ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Kimdir qarshi so'z aytgan edi,muallim jerkib berdi. B) Barchasida gumon olmoshi ishtirok etgan. C) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. D) Ayol qalbi tosh bo'lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi. 18 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, qachon, bu. B) hech kim, hech qachon. C) kim, u, bu. D) qayer, birov, kimdir. 19 / 36 Tarkibida gumon olmoshi qo’llangan gapni belgilang. A) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasida chuqur edi. B) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. C) Hamma xotirjam.... D) Hech kim uni xunuk demaydi. 20 / 36 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi B) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi C) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi D) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi 21 / 36 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. B) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. C) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. D) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. 22 / 36 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) kim B) nima C) qachon D) narsa 23 / 36 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) belgilash. B) ko’rsatish. C) gumon. D) bo’lishsizlik. 24 / 36 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash B) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash C) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash D) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash 25 / 36 Olmoshlar tuzilishiga ko’ra necha hil bo’ladi? A) 4 B) 3 C) 7 D) 5 . 26 / 36 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. B) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang C) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . D) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . 27 / 36 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi B) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi C) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi D) A va B. 28 / 36 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, qachon, bu. B) hech kim, hech qachon. C) qayer, birov, kimdir. D) kim, u, bu 29 / 36 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. B) . Kimda savol bor. C) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. D) Bular siz ekkan daraxtlar. 30 / 36 Olmoshlarning yozlishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) sodda olmoshlar ayrim yoziladi. B) qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladi. C) juft va takroriy olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi. D) yasama sodda olmosh qismlari qo’shib yoziladi. 31 / 36 Qo’shma olmoshlarning qaysi turlari olmosh +olmosh shakliga ega bo’ladi. A) ko’rsatish. B) gumon. C) bo’lishsizlik va belgilash. D) olmoshlarning barcha turlari. 32 / 36 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech qachon B) hech nima C) barchasi bo’lishsizlik olmoshi D) hech bir 33 / 36 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 34 / 36 Sodda yasama olmosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’cha darvozani allakim taqillatganday bo’ldi B) Shu-shu biz u bilan qadrdon bo’lib qoldik . C) Bu kabi nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo’q . D) Baxtni har kim o’zicha tushunadi . 35 / 36 Hech so'zini qaysi so'zlar oldidan keltirish bilan bo'lishsizlik olmoshlari hosil qilsa bo'ladi? A) bir, narsa, B) nima, qachon C) А, В, С. D) kim, qanday, qancha 36 / 36 Qo’shma olmoshlar.... A) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. B) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. C) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. D) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz