Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 91 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chiroylidir go‘yo yosh kelin B) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi 2 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) drama B) qissa C) hikoya D) roman 3 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 6 B) 4 C) 2 D) 5 4 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi B) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir C) Chiroylidir go‘yo yosh kelin D) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q 5 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) Shiroq B) To‘maris C) Sarbadorlar D) A.Temur 6 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. B) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. C) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. D) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. 7 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. B) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. C) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda D) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. 8 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) kesim ergash gap B) ega ergash gap C) aniqlovchi ergash gap D) to‘ldiruvchi ergash gap 9 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) tavoze va hayo B) adolat va ilm C) odob va iymon D) iymon va ilm 10 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. 11 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) shart, payt B) sabab, payt C) maqsad, sabab D) qiyos, shart 12 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 13 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. B) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi C) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san D) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. 14 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) sado B) tovush C) un D) sas 15 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 7ta B) 3ta C) 4ta D) 2ta 16 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) eshon B) shayx C) murshid D) murid 17 / 25 Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) sog‘gach, bargga B) 10-sinf, XXI-asr C) keldida, bolayu D) milyard, artileriya 18 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 4ta B) 3ta C) 1ta D) 2ta 19 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) mubolag’a, tazod B) ishtiqoq, tazod C) tazod, tashbeh D) ishtiqoq, tadrij 20 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 7 B) 8 C) 6 D) 5 21 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". C) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " D) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " 22 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Iso B) Yusuf C) Muso D) Yaqub 23 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta 24 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 20 dan ortiq B) 30ga yaqin C) 30dan ortiq D) 16 dan ortiq 25 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik B) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi C) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb D) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz