Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 136 Ko'rishlar 283 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Quyidagi parchada she'riy san'atlardan qaysi biri qo'llanilgan? Bu labi jonbaxshu bu husni malohat sendadur, Yo seni Yusuf desunlar, yo Masixo, yo Habib. A) Talmeh. B) Tajnis. C) Tazmin. D) Tashbeh 2 / 25 Bilan ko'makchisi vosita ma'nosini anglatgan birikmalar qatorini aniqlang. A) G'ayrat bilan ishlamoq, mas'uliyat bilan yondashmoq. B) Shoirlar bilan uchrashuv, kitob bilan muloqot. C) Shaxd bilan kirmoq, qunt bilan o'rganmoq. D) Pochta bilan jo'natmoq, poezd bilan bormoq 3 / 25 Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?”Aziz tuprog’ingni ko’zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati ichaman qasam.” A) A.Muxtor “Tug’ilish” B) Mirtemir “Bu men tug’ilgan tuproq…” C) Shuhrat “Mardlik afsonasi”balladasi” D) S.Zunnunova “Mening vatanim” 4 / 25 Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o`zbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa nima? A) uning dostonlari B) uning she’riyati. C) uning tarjima asarlari D) uning hikoyalari 5 / 25 Nima uchun Zulxumor uzukni ko`rganidan keyin Ravshanni qabul qildi? A) uzuk unga yoqib, unga erishish uchun B) uzukning sehrliligini ko`rib C) uzukning qimmatbaholigini ko`rib D) uzuk ko`zida o`z qismatini ko`rib 6 / 25 Mirmuhsinning qaysi asarlarida bolalar hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan? A) “Luqmon va O‘roqboy”, “Degrez o‘g‘li” B) “Ovchi bolalar”, “Jamila C) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” D) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar” 7 / 25 Shuhrat qalamiga mansub dostonlar qaysi qatorda berilgan? A) “Raymonda” , “Shinelli yillar” B) “Uch qiz afsonasi”, “Guldurdun” C) “Ona va farzand”, “Jamila” D) “Farzand”, “So`lmas chechaklar” 8 / 25 Kitobni ko’p o’qisangiz, undan ko’p hikmat topasiz. Ushbu gapdagi olmosh qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanilgan? A) Ot B) sifat C) so’z birikmasi D) son 9 / 25 Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Ushbu gapda olmoshlarning qaysi turi ishtirok etgan? A) gumon B) o’zlik C) ko’rsatish D) Kishilik 10 / 25 “Ravshan” dostonining nasriy qismida ko`proq qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Ko`chim B) Mubolag`a C) Saj D) Tashbeh 11 / 25 Sizlarga baxt yor bo’lsin. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan? A) Belgilash olmoshi B) Ko’rsatish olmoshi C) kishilik olmoshi D) so’roq olmoshi 12 / 25 “Gar bulbul yo’qotsa gulin, nolasin, Hasratin so’zlamasdan bo’lurmu?”. Turkman shoiri Maxtumquli ushbu misralarini nima munosabat bilan yozgan? A) Sevgilisi Menglixondan ayrilishi munosabati bilan B) Vatanidan ayrilganligi munosabati bilan C) Onasining o’limi munosabati bilan D) O’g’illarining o’limi munosabati bilan 13 / 25 R.Hamzatovning «Ona tilim» she'rini o`zbek tiliga qaysi ijodkor tarjima qilgan? A) Erkin Vohidov B) Cho'lpon C) Shavkat Rahmon D) Muhammad Ali 14 / 25 Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xorodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan. A) Haqida, orqali. B) Uchun, bilan C) Qadar, singari. D) To'g'risida, kabi 15 / 25 Olmoshlarning qaysi turiga –day, -dek qo’shimchasi qo’shilganda bitta n tovushi orttiriladi? A) o’zlik B) belgilash C) ko’rsatish D) Kishilik 16 / 25 Qaysi qatorda Asqad Muxtorning romanlari berilgan? A) “Davr mening taqdirimda” “Kumush tola” B) “Amu” “Quyosh belanchagi” C) “Opa-singillar” “Karvon qo`ng`irog`i” D) “Tug`ilish” “Chinor” 17 / 25 Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating. A) sevgiga sadoqat, vafodorlik B) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik C) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik D) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat 18 / 25 Qaysi qatorda sof bog’lovchilar berilgan? A) ammo, balki B) Bilan, balki C) biroq, lekin D) bilan, lekin 19 / 25 “Me’mor” asari qahramonlari yo`l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishdi? A) zilziladan B) chaqmoqdan C) seldan D) girdiboddan 20 / 25 Uylarning mo`rilaridan pag`a-pag`a tutunlar chiqa boshladi. -Gapdagi sifat haqidagi izoh qaysi javobda to`g`ri berilgan? A) juft sifat B) takroriy sifat C) oddiy sifat D) yasama sifat 21 / 25 «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Tog`lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) mavhum bir makon B) yer sayyorasi C) shoirning vatani Dog'istonga D) ilohiy maskan 22 / 25 Uyushiq bo’laklarni va o’zaro teng munosabatdagi gaplarni bog’lab keluvchi bog’lovchilarga…… deyiladi? A) zidlov bog’lovchi B) inkor bog’lovchi C) ayiruv D) Teng bog’lovchi 23 / 25 Inkor bog’lovchi shaklini olgan gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi? A) so’roq shaklida B) buyruq C) tasdiq shaklida D) Inkor shaklida 24 / 25 Teng bog’lovchilar uyushiq bo’lak va gaplarni bog’lash bilan birga, ular o’rtasidagi … A) shakliy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. B) tasdiq munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. C) grammatik munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. D) mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. 25 / 25 Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda? A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor C) ma'rifatsizlik, jaholat D) mustamlakachilik va istilo 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2