Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 69 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. B) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” C) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” D) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” 2 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) ega B) kesim C) to’ldiruvchi D) hol 3 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir B) «Ukam оldi»- dedi Sоbir C) Yoqimli kuy yangradi. D) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi 4 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) ega ifodalanmaydi B) egadan keyin tire qo’yiladi C) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi D) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi 5 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. C) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. D) Izlaganga tole yor. 6 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? B) Ketsang, yana … kelasan? C) Bobo, … odobli? D) … xalq ertaklarini o’qigansiz? 7 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) G’. G’ulom C) Shukrullo D) A. Qodiriy 8 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Hamid Olimjon B) Abdulla Qahhor C) Oybek D) G’afur G’ulom 9 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) so’roq gap B) istak gap C) his-hayajon gap D) buyruq gap 10 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Yangi B) Qurilgan C) Maktab D) Binosi 11 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) nuqtalardan iborat chiziq B) bir to’g’ri chiziq C) to’lqinli chiziq D) uzuq chiziq 12 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Bolalik” B) “Nur qidirib” C) “Ulug` yo`l” D) “Turmush yo`lida” 13 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol B) undalma,hol kesim, hol C) undalma, olmosh, ot, fe`l D) undalma, ega, hol, kesim, hol 14 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) qaratqich aniqlovchi B) vositasiz to’ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi, ega 15 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Qushlar – bizning do’stimiz B) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan C) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz D) Ona tabiatni asraylik 16 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Bo`ri bilan Laylak” B) ”Eshak bilan baqalar C) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” D) ”Kiyik bilan tokzor” 17 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 29 B) 25 C) 26 D) 24 18 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. B) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. 19 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari B) ohang C) so’roq olmoshlari va ohang D) so’roq yuklamalari 20 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) ona, uka B) baxt, o`qish C) kitob, daftar D) yurak, qishloq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2