Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 20 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 2 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? B) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. C) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. D) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 2 / 10 2. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) ko’p, ancha, mo’l, xiyol B) chiroyli, go’zal, suluv, barno C) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq D) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna 3 / 10 3. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) strategiya B) menejer C) monitoring D) menejment 4 / 10 4. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. B) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. C) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. D) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. 5 / 10 5. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. B) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. C) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. D) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. 6 / 10 6. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. B) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. C) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. D) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. 7 / 10 7. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) agar, hamda, ammo B) uchun, singari, hamda C) xuddi, chunki, haqida D) faqat, hamda, chunki 8 / 10 8. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Ushbu she’riy parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlardan nechtasi ko’chma ma’noda qo’llangan? A) 5 B) 4 C) 3 D) 2 9 / 10 9. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) bezovta bo’lmoq B) og’riqni his etmoq C) shoshib qolmoq D) gumonsiramoq 10 / 10 10. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 23 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29