Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 374 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 40- mavzu.TOSHBAQALAR VA TIMSOHLAR TURKUMLARI. 41- mavzu.KO’K KAPTARNING TASHQI TUZILISHI. 42- mavzu.KO’K KAPTARNING SKELETI VA MUSKULLARI. 1 / 50 Askarida odamga nima orqali yuqadi? A) tuxum holida B) lichinka holida C) tuxum ichidagi lichinka holida D) finna holatida 2 / 50 Molluskalar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A) halqali chuvalchanglardan B) to’garak chuvalchanglardan C) yassi chuvalchanglardan D) ignatrililar 3 / 50 Daryo qisqichbaqasi qaysi paytda orqa tomonga qarab suzadi A) xavf sezib qolsa B) charchab qolganda C) o’ljaga duch kelsa D) suvni oqimini yengish uchun 4 / 50 Keltirilgan o’rgimchaksimonlarni ko’zlarining soni bilan juftlab ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping.1) butli o’rgimchak; 2) falanga; 3) chayon; a) 8; b) 12; c) 2. A) 1-a; 2-b; 3-c B) 1-b; 2-c; 3-a C) 1-b; 2-a; 3-c D) 1-a; 2-c; 3-b 5 / 50 Keltirilgan hasharotlarning qaysi vakillarida voyaga yetgan organism va uning lichinkasi har xil og’iz apparatiga ega?1) podalariy; 2) temirchak; 3) ninachi;4) maxoan; 5) bronza qo’ng’izi. A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3 D) 1, 4 6 / 50 Terlama kasalligi qaysi hasharotlar orqali odamga yuqadi? A) chivin B) kana C) bit D) burga 7 / 50 ansetnikning ayirish organi qaysi hayvonlarnikiga o’xshash va qayerga ochiladi? A) hasharotlar, ichak bo’shlig’iga B) molluskalar, yurak oldi bo’lmachasiga C) halqali chuvalchanglar, jabra oldi bo’shlig’iga D) o’rgimchaksimonlar, tana bo’shlig’iga 8 / 50 Zog’ora baliqning nasliga g’amxo’rlik qilishi nimadan iborat? A) bolalarini himoya qilish B) tuxum qo’yish uchun qulay joy tanlash va uya qurish C) tuxum qo’yish uchun qulay joy tanlashdan D) uya qurish va bolalarini boqishdan 9 / 50 Baqaning tana tuzilishi uchun xos xususiyatlar ?1) gavdasi yapaloq 2) katta yassi boshi3) bo`yni yo`q 4) boshi tanasiga chegarasiz qo`shilib ketgan, boshi bilinmaydi 5) ko`zi qovoqsiz 6) ko`ziniyuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi 7) qovoqlarni tez-tez yopib turadi shu yo`l bilan ko`zlari namlanib turadi 8) 1 juft burun teshiklari bor A) 1,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,5,7 C) 1,2,4,6,7,8 D) 1,3,4,6,8 10 / 50 Zaharsiz ilonlarni ajrating.1) sariq ilon 2) ko'lvor ilon 3) kapcha ilon4) suvilon 5) bo'g'ma ilon A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4,5 D) 1, 5 11 / 50 Qushlarning uch juft chanoq suyagi qaysi suyaklar bilan qanday birikadi ? A) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatli B) bel, dumg‘aza umurtqalari bilan, harakatsiz C) dumg‘za suyagi bilan, harakatsiz D) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatsiz 12 / 50 Qushlar ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar kеlib tutashgan ? A) barmoq B) tovon C) boldir D) son 13 / 50 Qushlardagi ko`krak muskullarining asosiy vazifasini ko`rsating. A) qanotlarni ko`tarish B) qanotlarni tushirish C) ko`krak qafasini kengaytirish D) ko`krak qafasini toraytirish 14 / 50 Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog`onasining qaysi bo`limlari bilan qo`shilib o`sadi ?1) ko`krak 2) bel 3) bo`yin 4) dumg`aza5) dum umurtqalarining barchasi 6) 2 va 3 dum umurtqasi 7) 1 dum umurtqasi 8)ko`krak umurtqasining oxirgi qismi A) 1,2,3 B) 3,4,5 C) 6,8,7 D) 2,4,7 15 / 50 Qushdagi qanotlar kamari necha juft suyaklar va qaysi suyaklardan tashkil topgan ? A) ikki juft: kurak, o`mrov B) ikki juft: ko`krak tirgak, kurak C) uch juft: ko`krak tirgak, o`mrov, yelka D) uch juft: ko`krak tirgak, kurak, o`mrov 16 / 50 Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat ? A) bosh, bo'yin, tana, oyoq B) bosh, bo'yin, qanot, oyoq C) bosh, bo'yin, tana, qanot, oyoq D) bosh, tana, qanot, oyoq 17 / 50 Qushlarning ko`krak muskullarning bir uchi (a) qaysi suyakka, ikkinchi uchi(b) qaysi suyakka birikadi ? A) a-bilak, b-tirsak B) a-yelka, b-ko`krak toj C) a-panja, b-tirsak D) a-ko`krak, b-tirsak 18 / 50 Qushlarning qanotlarini tushirishga yordam beruvchi muskullar birikkan suyak qaysi ? A) ko`krak tirgak B) yelka,o`mrov C) to`sh,yelka D) to`sh,bilak 19 / 50 Quyida berilgan timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni juftlab belgilang.a)nil timsohi b) alligator c) gavial1)Amerika 2) Hindiston 3) Afrika A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-a, 3-c D) l-c,2-b,3-a 20 / 50 Qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.a)naysimon suyaklari havo bilan to‘lganb)tishlari yo‘q c) jag‘lari muguzlitumshuqqa aylangan d) ko‘krak-toj suyagi rivojlangan e) bel, dumg‘aza, dum suyaklari o‘zaro harakatsiz birikkan f)issiqqonli bo‘lishi j) yuragi 4 kamerali k)o‘pkada havo pufakcha (xalta)lari hosil bo‘lgan A) a, b, c, d, e, f, j, k B) d, e, f, j, k C) a, b, c, d, j, k D) a, b, c, d, e, k 21 / 50 Qush skeletining qaysi qismlari uch juft suyakdan tashkil topgan ?1) dumg`aza 2) orqa oyoqlari suyaklari3) oldingi oyoq kamari 4) bosh skeleti5) ko`krak tirgak suyagi 6) orqa oyoq kamari A) 3,6 B) 1,2 C) 5,4 D) 4,1 22 / 50 Qushning yer yuzidan ko`tarilishga, yerga qo`nayotganda urilishini kamaytirishga qaysi suyak yordam beradi ? A) qanot suyaklari B) ilik suyagi C) son suyagi D) kil suyagi 23 / 50 Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat ?1) son 2) boldir 3) bilak 4) tirsak 5) ilik 6) barmoq 7) chanoq 8) yelka 9) tovon A) 1,7,5,6 B) 1,2,3,6 C) 1,2,5,6 D) 1,3,4,9 24 / 50 Qushlarning qanotlarida qanday patlar joylashadi ? A) qoplag‘ich va momiq B) boshqarish C) qoqish D) dag‘al 25 / 50 Toshbaqalar kosasi qaysi suyaklar bilan bog`langan ? A) ost kosa ust kosa bilan harakatsiz birikkan B) teri orqali C) o`mrov suyaklari bilan D) qovurg`alar, umurtqalar, o`mrov suyaklari bilan 26 / 50 Qush uchganda, eng ko`p og`irlik qaysi suyakka tushadi ? A) panja B) to`sh toji C) to`sh D) o`mrov 27 / 50 Qushlardagi o‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli ... . A) ko‘krak qafasi kеngayadi B) qanotlar ko‘tariladi C) ko‘krak qafasi torayadi D) qanotlar tushadi 28 / 50 Qushlar shoxga qo`nganda, barmoqlari siqilib, shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bog`liq ? A) oyoq muskullarining qisqarishiga B) katta ko`krak muskullarining tortilishiga C) barmoq muskullarining qisqarishiga D) oyoqdagi paylarning tortilishiga 29 / 50 Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan ? A) 1 xilda B) qoziq va oziq tishlar C) tishlari rivojlanmagan shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan D) faqat oziq tishlardan iborat 30 / 50 Qushlar skeletidagi qaysi suyaklar bir nechta mayda suyaklarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ?1) ilik 2) panja 3) dum 4) bo‘yin A) 2 B) 1 C) 1,2 D) 3,4 31 / 50 Quyidagi hayvonlarning qaysi birlari tanasida aralash qon oqadi ?1) ko`l baqasi 2) cho`rtan baliq 3) itbaliq4) kvaksha 5) taroqli triton 6) bo`z echkiemar 7) kalxat 8) zubr 9) sayg`oq10) xumbosh 11) kapcha ilon12) cho`l toshbaqasi A) 1,4,5,6,11,12 B) 1,4,6,8,9,10 C) 3,4,6,7,8,11 D) 2,3,5,6,11,12 32 / 50 Qushlarning dumida qanday patlar joylashadi ? A) boshqarish B) qoqish C) dag‘al D) qoplag‘ich va momiq 33 / 50 Qushlarda o'mrov suyaklarining o'ziga xosligi nimadan iborat ? A) yuqori uchlari qo'shilib o'sgan B) uzun C) pastki uchlari qo'shilib o'sib, ayri hosil qilgan D) kalta va yo'g'on 34 / 50 Qushlarning panja suyagining mustahkam bo`lishini sababi ?1)barmoqlar sonining kamayishi2)qo`nayotganda zarbani yumshatadi3)havo bilan to`lganligi 4) mayda suyaklarning qo`shilishi A) 1,4. B) 2,4. C) 1,2. D) 1,3. 35 / 50 Embrionning tuxumda uzoqroq rivojlanishiga sabab nima ? A) po'choqning mavjudligi B) nafas yo'llarining mavjudligi C) qalin qobiq D) sariqlikning ko'p bo'lishi 36 / 50 Timsohlar qaysi mamlakatlarda alohida hovuzlarda ko`paytiriladi ? A) Kubada B) Germaniyada C) uzoq Sharqda D) Angliyada 37 / 50 Tili yo'g'on, go'shtdor, tishlari yo'q, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Qaysi hayvonga xos belgilar keltirilgan ? A) timsoh B) qushlar C) gekkon D) toshbaqalar 38 / 50 Toshbaqalarning qaysi umurtqalari o`zaro harakatsiz birikkan ? A) ko`krak, bel, dumg`aza umurtqalari orqa kosasi bilan birikkan B) bo`yin C) dum va bo`yin D) bel, bo`yin 39 / 50 Suyak kosasi bo`lmaydigan toshbaqa qayerlarda yashaydi ? A) Tinch okeani dengizlarida B) Janubiy Yevropa dengizlarida C) Atlantika okeani dengizlarida D) uzoq Sharq yerlarida 40 / 50 Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo`lib, u hosil bo`lgan. A) kichik boldir suyagining o`garishidan B) bir necha mayda suyakning birikishidan C) beshinchi barmoq suyagining o`zgarishidan D) tovon suyagining o`zgarishidan 41 / 50 Qushlarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik belgilarini ajrating.1) miyachasi kuchli rivojlangan 2) qon aylanishi murakkab 3) terisida bezlari deyarli bo‘lmaydi 4) patlari, terisi muguzli5) tuxumida sariqligi ko‘p 6) tana harorati doimiy 7) embrionining tuzilishi8) bir marta olgan havosi bilan ikki marta nafas oladi A) 3,4,5,7 B) 1,2,6,8 C) 2,4,5,6 D) 3,5,7,8 42 / 50 Pastka va yuqori jag`lari paylar yordamida harakatchan birikmagan hayvonlar ?1) kapcha (kobra) 2) sariq ilon3) qalqontumshuq 4) bo`g`ma qum ilon5) gekkon 6) urchuqsimon kaltakesak7) chipor ilon 8) echkiemar A) 1,2,4,5 B) 3,6,7,8 C) 1,3,4,7 D) 2,5,6,8 43 / 50 Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilardan qanday farqlanadi ? A) yuragining tuzilishi B) tuzilishi C) yirikligi D) o`pkasi 44 / 50 Chuchuk suvda yashovchi toshbaqaning dengiz toshbaqasidan farqi ? A) tili yo`g`on va go`shtdor B) tishlari bo`lmaydi C) barmoqlar orasida suzgich parda mavjud D) bo`yin va dum umurtqalari harakatchan birikkan 45 / 50 Timsohlar terisi nima bilan qoplangan ? A) tangachalar bilan B) juda qalin qalqonlar bilan C) xitin bilan D) tog`ay to`qima bilan 46 / 50 Qushlarda muguzdan nima hosil bo‘ladi ? A) tumshuq, tirnoqlar, pat qoplami B) tumshuq, tirnoqlar C) faqat tumshuq va muguz qoplamlar D) muguz qoplamlar, pat qoplami 47 / 50 Timsohlarning ko`zi va burni boshining qaysi qismida joylashgan ? A) boshining 2 yonida B) boshining ustida maxsus bo`rtmachalarda C) boshining ustida D) yuqori jag`ida 48 / 50 Cho'l va adirlarda (1), Yevropaning janubida (2), Uzoq Sharq suv havzalarida (3), tropik dengizlarda (4) uchraydigan toshbaqalarni belgilanga) O'rta Osiyo toshbaqasi b) botqoq toshbaqasi c) terili toshbaqa d) dengiz toshbaqasi A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 100 C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 49 / 50 Qushning qaysi umurtqalari o`zaro qo`shilib o`sgan ? A) ko`krak B) bel, dumg`aza, dum C) bo`yin, ko`krak D) bo`yin 50 / 50 Qushlarning tana yuzasida qanday patlar joylashadi ? A) boshqarish B) qoplag‘ich va momiq C) dag‘al D) qoqish 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar