Fizika attestatsiya №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №9

TOSHKENT 2022-MART   ATTESTATSIYA da aynan tushgan testlar
Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping.

2 / 40

Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14)

3 / 40

25,2 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan 600 kg massali avtomobil motor o‘chirilgach yana 50 m yo‘l yurib to‘xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)?

4 / 40

Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m³ bo’lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m³ bo’lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielelektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping.

5 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

6 / 40

72 km/h tezlik bilan harakatlanganda 40 kN qarshilik kuchini yengadigan avtobus divigatelining quvvatini (kW) toping?

7 / 40

Avtomobil tekis harakat qilib 1 minutda 900m yo`lni bosib o`tdi. U qanday tezlik bilan harakat qilgan.

8 / 40

Q nuqtaviy zaryaddan birinchi nuqta r, ikkinchi nuqta 2r masofada joylashgan. Bu ikki nuqtadagi elektr maydon kuchlanganliklarining nisbati qanday?

9 / 40

Agar F=20 cm bo‘lsa, S buyumning tasviri S1 bo‘lsa, x*y ni toping (m2)?

10 / 40

Rasmda protonni qaysi nuqtaga joylashtirilsa, u eng katta energiyaga ega bo'ladi?

11 / 40

K va L nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 40V. 2µF sig‘imli kondensatordagi kuchlanishni toping (V).

12 / 40

Elektronlar o‘ngga harakat qilayotgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi qanday yo‘nalgan?

13 / 40

Og‘irligi 20N bo‘lgan richakka 2 ta yuk osilgan. P1=10N bo‘lsa, P2 necha N bo‘ladi?

14 / 40

Ipga osilgan musbat zaryadlangan sharcha vertikaldan 45o ga og‘ib turib qoldi. Agar musbat zaryadli sharcha massasi 160 mg bo‘lsa, sharchalar zaryad miqdori qancha (nC)?  d=3cm

15 / 40

X jism suyuqliklar solingan idishlarga tushurilganda, idishlardagi suyuqliklar balandliklari h bo‘lib muvozanatda qolmoqda. Bunga asosan, K, L, M nuqtalardagi suyuqlikning bosimlari PK, PL, PM orasidagi munosabat qanday?

16 / 40

Gaz adiabatik ravishda kengayganda harorati qanday o‘zgaradi?

17 / 40

Induksiyasi 1T, yuzasi 250cm2, o‘ramlar soni 100 ta bo‘lgan simli ramka magnit maydonda 60o burchak ostida joylashgan. Unga 500mN·m aylantiruvchi moment ta’sir qilmoqda. Ramkadagi tok kuchi (A) qanday?

18 / 40

C=4µF sig‘imli 3 ta kondensator berilgan. 6µF sig‘im hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak?

19 / 40

6Ω li 3 ta rezistor bor. Ulardan 4Ω li qarshilik hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak?

20 / 40

Elektronni qaysi nuqtaga joylashtirganda, u eng katta energiyaga ega bo‘ladi?

21 / 40

I=5A, ampermetr 4A ni ko‘rsatmoqda. Rezistor qarshiligi ampermetr qarshiligidan necha marta katta?

22 / 40

Magnit induksiya chiziqlari tik pastga yo‘nalgan. Bu maydonga perpendikulyar yo‘nalishda elektron uchib kirdi. Uning trayektoriyasi qanday?

23 / 40

Vodorod atomidagi elektron 7-sathdan 3-sathga o‘tganda E energiyali foton nurlaydi. Elektron 7-sathdan 2-sathga o‘tganda qanday energiyali foton nurlaydi?

24 / 40

Yutish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo‘lgan sirtga 900 W/m2 intensivlikli yorug‘lik nuri tushmoqda. Yorug‘lik bosimini aniqlang (µPa)?

25 / 40

Rasmdagi K mashina turgan joyni sanoq boshi va OX o‘qini mashinalarning harakat yo‘nalishida deb qabul qilib, K-mashina uchun koordinata tenglamasini yozing.

26 / 40

Rasmdagidek harakatlanayotgan jismni 20s dan keyingi koordinatasini toping.

27 / 40

Rasmda xonadon oldidan o‘tgan simyog‘och ko‘rsatilgan. Agar xonadonga kirayotgan 2 ta simdan birinchisi 3-liniyaga ulansa, ikkinchi simni qaysi liniyaga ulash kerak?

28 / 40

Og‘irligi P bo‘lgan blokka A va B jismlar osilgan. Richak muvozanatda bo‘lishi uchun qancha F kuch qo‘yish kerak? Richak vaznsiz.

29 / 40

q3>0 bo‘lsa, q1 va q2 zaryadlarning ishorasi qanday?

30 / 40

Gorizontal tekislikda tinch yotgan jismga nechta kuch ta’sir qiladi?

31 / 40

Suyuqlik radiusi 11 mm bo‘lgan naychada 0,5 mm ko‘tarildi. Suyuqlik zichligini toping (kg/m3). σ=22 mN/m

32 / 40

Quyidagi hodisalardan qay birida modda atomlari (molekulalari) orasida potensial energiya mavjudligi ko‘rinadi? 1) muz erishi  2) suv isishi  3) suv bug'lanishi

33 / 40

c=a+b bo‘lsa, c vektor modulini aniqlang.

34 / 40

Qaysi grafikda izotermik kengayotgan ideal gaz ifodalangan?

35 / 40

K va N nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 25V bo‘lsa, L va N nuqtalar orasidagi kuchlanish qancha (V)?

36 / 40

Rasmda K nuqtadan chiqqan ikkita bolaning daryodagi harakati ko‘rsatilgan. Daryoning ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tgan vaqtda bu bolalar orasidagi masofa qanday (m)?

37 / 40

Tushish burchagi kamaytirilsa, sinish burchagi qanday o‘zgaradi?

38 / 40

Massasi 16 µg bo‘lgan sharcha orasidagi masofa 5 cm bo‘lgan plastinkalar orasida rasmdagidek turib qoldi. Agar buchak 45o, zaryadi 32 µC bo‘lsa, plastinkalar orasidagi kuchlanish qanday (μV)? g=10m/s²

39 / 40

Rasmdagi blok F=20N kuch bilan tortilsa, prujina qanchaga uzayadi (cm)? Blok massasini hisobga olmang. k=200N/m

40 / 40

ν=3 mol ideal gazning hajmi 200 kPa o‘zgarmas bosim ostida 2 m3 dan 7 m3 gacha o‘zgardi. Ichki energiya o‘zgarishini aniqlang(J). Gaz ikki atomli

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

101 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0