Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 20-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 20-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 384 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 0 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Adabiyot 20-mavzu yuzasida testlar 20 –MAVZU : O’TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TAKRORLASH 1 / 39 .Hamzaning "Dardiga darmon istamas" she'rida qanday dard haqida so'z yuritilmoqda? A) O'sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik B) Poraxo'rlik, sudxo'rlik C) Ma'rifatsizlik, jaholat D) lchkilikbozlik va qimor 2 / 39 Saida Zunnunovaning pyesalarini toping. 1. «Sodiq va Anor» 2. «Xayrixon» 3. «Оnа» 4. «Surat bilan suhbat». 5. «Qo'shnilarim» 6. «Ko‘zlar» A) 3, 6 B) 3, 5, 6 C) 1,2, 4, 5 D) 1, 4, 6 3 / 39 Shuhratning vafoti sababli tugallanmay qolgan asarini belgilang. A) „ Guldursun " balladasi B) „ Mashrab " tarixiy romani C) „ Farzand " dostoni D) „ Oltin zanglamas " romani 4 / 39 Hamzatov necha yoshida avar elining taniqli shoiri edi? A) 22-yoshida B) 13-14yoshida C) 16- yoshida D) 9-yoshida 5 / 39 Asqad Muxtor asos solgan O‘zbekistondagi birinchi haftalik gazeta qaysi javobda to‘g‘ri ko'rsatilgan? A) “Sharq yulduzi” B) “Ma’rifat” C) “O'zbekiston adabiyoti va san’ati” D) “Tafakkur” 6 / 39 Mirmuhsinning "Shiroq" asari qaysi janrda yozilgan? A) hikoya B) roman C) qissa D) doston 7 / 39 Milliy ma'naviyatimizdagi bir kemtiklik - sarguzasht yo'sinida aks ettirilgan romanni toping. A) «Odam bo'lish qiyin» B) «Kimning tashvishi yo'q» C) «Fotima va Zuhra» D) «0'zgalar uchun» 8 / 39 Ch .Aytmatov “Oq kema “ asarida qahramon bola tabiat oshnosi qilib tasvirlangan . U qaysi o’simlikka “eng birinchi dushman “ sifatida qarar edi ? A) chaqirtikanak B) shiroljin C) supurgio’t D) pechakgul 9 / 39 Avazxon bilan Hasanxonni quda qilish kimning fikri edi? A) Aynoq B) Misqol C) Go’ro’g’li D) Yunus 10 / 39 "Saba’i sayyor" dostonida "Mehr va Suhayl" hikoyatini nechanchi iqlimdan kelgan musofir so’zlagan ? A) to’rtinchi B) oltinchi C) uchinchi D) beshinchi 11 / 39 Uvaysiy g'azallaridan tashqari yana qaysi she’riy janrda shuhrat qozongan? A) Ruboiy. B) Tuvuq. C) Muxammas. D) Chiston. 12 / 39 Zavqiyning qaysi she'rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va istaklari aks etgan? A) «Hajvi ahli rasta» B) «Ajab ermas» C) «Tanobchilar» D) «Muncha ко'р» 13 / 39 Qaysi qatorda Mahtumquli tug’ilgan qishloq nomi to’g’ri ko’rsatilgan ? A) Gavkush B) Hojigovshon C) Karbalo D) Sada 14 / 39 Mehrobdan chayon" romani bosh qahramoni Anvarning yoshligida o'tib ketgan ota-onasining ismi qaysi qatorda tog'ri bertlgan? A) Mirzakarim qutidor, Oftoboyim B) Salim bo'yoqchi, Anorbibi C) Solih mahdum ,Nigora oyim D) Ismlari aytilmagan 15 / 39 «Tabiatning o'tini yo'q o'tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar» misralari Cho'lponning qaysi she'ridan olingan? A) «Buzilgan o'lkaga» she’ridan B) «Binafsha» she’ridan C) «Yong'in» she’ridan D) «Xalq» she’ridan 16 / 39 «Qobil bobo yor-do`stlari bilan kengashdi: pristavga puldan boshqa nima borsa bo`ladi? Ma’lum bo`ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan» Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan. A) 30-yillar davri B) oktabr to`ntarishidan oldingi davr C) 20-yillar davri D) 50-yillar davri 17 / 39 Mirtemirning qaysi she'rida ona oldida farzandlik burchini o'tay olmagan kishining afsuslari o'z ifodasini topgan? A) «Onaginam» B) «Betobligimda» C) «Bu - men tug'ilgan tuproq» D) «Toshbu» 18 / 39 «Yulduzlar afsonasi» she'ridan olingan quyidagi tasvir qaysi obrazning suluv qizi haqida? Boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh, tun oy xumor, Koshki unga ko'zgu bo'lsam, deya hatto sho'x soy xumor. A) oyning B) Zuhro yulduzining C) Yeti qaroqchi yulduzining D) Hulkar yulduzining 19 / 39 Ernest Seton Tompson nomini olamga yoygan kitobi qaysi? A) " Shimoliy hayvonlar hayoti" B) “Jonivorlar haqida hikoyalar “ C) “Quvg’indilar taqdiri “ D) ”Yovvoyi yo’rg’a “ 20 / 39 «Наг parichehraki mahvash erur, Moviy o'lsa, libosi dilkash erur». Ushbu misralarda qaysi go'zalning libosi haqida so‘z borgan? A) «Sab’ayi sayyor»da Dilorom B) «Mehr va Suhayl»da Mehr C) «Layli va Majnun»da Layli D) «Farhod va Shirin»da Shirin 21 / 39 Mening holimni ko‘ringiz, domla, - dedi ... kulib, - qo'lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman ... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko'milgach, qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar... Nimadan bu? Bu - sizning kabi tubanlar solgan iz!.. Ushbu jumlalar qaysi asarning qahramoni tilidan aytilgan? A) «Qutlug4 qon» (Oybek) B) «Dahshat» (Abdulla Qahhor) C) «Kecha va kunduz» (Cho‘lpon) D) «Mehrobdan chayon» (Abdulla Qodiriy) 22 / 39 . Hasanning turfa ishi, Alining kirdikorlari ochib berilgan asar - ... A) «Buzilgan o'lkaga» (Cho‘lpon) B) «Tanobchilar» (Muqimiy) C) «Dardiga darmon istamas» (Hamza) D) «Ona tilim» (Rasul Hamzatov) 23 / 39 Birinchi bo’lib chet eldagi o’zbek hayotini aks ettirishga uringan adib kim ? A) Mirkarim Osim B) ) Mirtemir C) Shuhrat D) Maqsud Shayxzoda 24 / 39 Safar insonni tarbiyalaydi. Darhaqiqat, asarda badavlat xonadonning lo‘mbillagan o‘g‘li G‘avvos Muhammad safar davomida chidamsizligi, injiqligi, badfe’lligi bilan hamrohlariga ozor yetkazadi. Safar nihoyasida esa hammaga yordam beradi va unda yaxshi sifatlar shakllanadi. Ushbu parchada fikr yuritilgan G‘avvos Muhammad obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Me’mor» (Mirmuhsin) B) «Zulmat ichra nur» (Mirkarim Osim) C) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov) D) «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov) 25 / 39 «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishlagan, 0‘zbekistonda birinchi haftalik gazeta - «O’zbekiston adabiyoti va san’ati»ga asos solgan ijodkor kim? A) A.Muxtor. B) Shuhrat. C) M.Osim. D) A.Avloniy. 26 / 39 O’zagalarning Vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar obrazini yaratgan ijodkor kim ? A) ) Shavkat Rahmon B) Shukur Xolmirzayev C) Asqad Muxtor D) Shuhrat 27 / 39 Bodomqovoq va oq tomoq, yuzi lo‘ppi to'lgan suluv qiz obrazi qaysi asarda uchraydi? A) Mirtemir, «Toshbu» she’ri B) Xayriddin Saloh, «Yulduzlar afsonasi» she’ri C) Saida Zunnunova, «Surat bilan suhbat» dostoni D) Sergey Yesenin, «Shahinam, о mening Shahinam» she’ri 28 / 39 Qaysi javobda keltirilgan asarda o'z dovrug'li, shavkati olamni tutgan, ammo do'sti, na o‘rtog‘i bo’lmagan qahramon uchraydi? A) "Saddi Iskandariy" B) "Layli va Majnun" C) "Farhod va Shirin" D) "Sab'ayi sayyor" 29 / 39 U «Turkman binosi», «Adolat yaxshi» she’rlari muallifidir. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Avaz 0‘tar B) Mashrab C) Maxtumquli D) Fuzuliy 30 / 39 Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan ijodkorning ijodiy faoliyatida qahramonlik kolrsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohida o‘rin tutadi. Ayrim balladalarida o'zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. U «Jamila», «Ona va farzand» va «Raymonda» kabi balladalar muallifi sanaladi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Maqsud Shayxzoda B) Shuhrat C) Mirmuhsin D) Asqad Muxtor 31 / 39 0’zgalar bahtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi qaysi hikoyada berilgan? A) "Uloqda" B) "Dahshat" C) "Ko'ngil" D) ”O'gri" 32 / 39 Qaysi ijodkorning nazmini o'z davrida «falsafiy xarakterdagi she’riyat» deb baholashgan? A) Asqad Muxtorning B) Mirkarim Osimning C) Odil Yoqubovning D) Shavkat Rahmonning 33 / 39 "Berganga bitta ham ko'p,olganga o'nta ham oz." Ushbu maqol A.Qahhoming qaysi hikoyasida keltirilgan? A) "Ming bir jon “ B) "San'at'kor" C) "Bemor" D) ”O'g'ri” 34 / 39 Millatim nasli bashardur, Vatanim kurrayi arz, Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz. Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? A) Hamza B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Usmon Nosir 35 / 39 Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko'prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi... To'riq uzoq vaqtgacha bunga ko'nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo'lmadi. Qamchi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi? A) «Do‘nan» hikoyasi (T. To‘la) B) «Qiyomat qarz» hikoyasi (0‘. Umarbekov) C) «Asrga tatigulik kun» romani (Ch. Aytmatov) D) «Uloqda» hikoyasi (A. Qodiriy) 36 / 39 Bir kishi «...bitta qo'ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘ralari hali kutishar emish - yo‘q, hali kutishar emish - yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go'ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa, etagidan birov tortganday bo‘lgan-da...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) «Shum bola» (G‘afur G‘ulom) B) «Dahshat» (Abdulla Qahhor) C) «Urushning so‘nggi qurboni» (0‘tkir Hoshimov) D) «Mehrobdan chayon» (Abdulla Qodiriy) 37 / 39 . - kulol oilasida tavallud topgan; - ilk qissasi «Jamila»; - bir nom ostida ham hikoya, ham qissa yozgan. Berilgan ma’lumotlar qaysi ijodkor haqida? A) Chingiz; Aytmatov B) Mirtemir C) Maxtumquli D) Mirmuhsin 38 / 39 Qaysi dostonda onaning urush tufayli ota mehrdan benasib bo’lgan ,ne mashaqqatlar bilan o’stirgan o’g’lining nikoh kechasidagi ko’ngli iztirobli o’y xayollari tasvirlanadi ? A) Uyg’un “ Parvona” B) Mirtemir “Surat” C) S Zununova “Surat bilan suhbat “ D) S Ahmad “ Kuyov” 39 / 39 Ushbu satrlar muallifini toping: «Sensiz 0‘zbekiston - O'zbekistonmas, Sensiz keng jahon ham sira jahonmas: Toshbu A) Rasul Hamzatov B) Mirtemir C) Shavkat Rahmon D) Asqad Muxtor 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz